Kirish texnika xavfsizligi korxona bilan tanishuv
Download 1.6 Mb.
|
09.02 Mohinuraga
ROT tizimi - bir-biriga bog’liq bo’lgan nizom va tartib qoidalar majmuasi, uskunani saqlash va ishga yaroqli holatdaligi ta’minlash maqsadida uni ta’mirlash va unga texnik xizmat ko’rsatish ishlarini o’tkazishni tashkil etish va uni tartibini aniqlab beradi. ROT tizimi uskunalar umumiy holatlarda quyidagi tadbirlardan iborat bo’ladi:
Ta’mirlararo texnik xizmat ko’rsatish- har oyda, har kechayu-kunduzda, har dekadada, oyda, mavsumda amalga oshiraladi; Rejali ta’mirlash - joriy, kapital, taftish va sozlashdan keyin yarim yilda va yilida bir martda amalga oshiriladi. Ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha ish hajmining xarakteri va hajmi har bir aniq holatda uskunani tayyorlagan zavodning yo’riqnomasi asosida aniqlanadi. Umumiy holatlarda texnik xizmat ko’rsatish ishlari tarkibiga : tozalash, yuvish, ko’rikdan o’tkazish, yig’ma birliklarning texnik holatini nazorat qilish, agregatlar,asboblar, po’lot arqonlar, pnevmatika va gidravlika tizimi, smenalik ish uskunalari; mexanizmlarni sozlash; yoqilg’i qo’yish; bahorgi-yozgi va kuzgi-qishki mavsumga o’tish vaqtida moyni va ekspluatatsion suyuqlikni almashtirish va boshqalar kiradi. Uskunaning texnologik ishlamaslik davrida yoki smenalar oralig’ida va smenalar davomida har oylik texnik xizmat ko’rsatish amalga oshirilib boriladi. Har kunlik texnik xizmat ko’rsatish esa ish kuni davomida yoki ta’mirlash smenalarida amalga oshiriladi. SHu bilan birga kon uskunalarining har bir guruh uchun ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish ishlari uchun o’zlarining tadbirlari borligi bilan xarakterlanadi. SHunday qilib ko’mir va slanets shaxtalaridagi uskunalari uchun qo’yidagi texnik xizmat ko’rsatish turlari amalga oshiriladi: Har bir smenada (TO-1) xizmati ishlab chiqarish jarayonlari bilan band bo’lganlar, ishchilar va uskunalar mashinistlari hamda navbatchi elektrochilangarlarning kuchi bilan bajariladi. Har kechayu-kunduzda (TO-2) xizmati ishlab chiqarish jarayonlari bilan band bo’lganlar, ishchilar va uskunalar mashinistlari hamda doimiy ana shu turdagi uskunalarga xizmat ko’rsatuvchi ta’mirlovchi elektrochilangarlarning kuchi bilan bajariladi. Haftalik (TO-3) xizmati ishlab chiqarish jarayonlari bilan band bo’lganlar, ishchilar va uskunalar mashinistlari, EMS shahtasi elektrchilangarlari hamda doimiy ana shu turdagi uskunalarga xizmat ko’rsatuvchi ta’mirlovchi elektrochilangarlarning kuchi bilan bajariladi.Asosiy qism Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling