Kirish texnologik qism


Elektr yuritmani vektorli boshqarish


Download 2.87 Mb.
bet4/15
Sana14.09.2023
Hajmi2.87 Mb.
#1678245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
“NKMK GMZ-2 da maydalash tegirmoni TJA kursavoy

Elektr yuritmani vektorli boshqarish


Elektr yuritma deb mashinalarning ish organlarini harakatga keltiradigan hamda bu jarayonlarni maqsadga muvofiq boshqaradigan, hamda elektr Elektrodvigatel, kuchli o‘zgartgich, boshqarish, axborot hamda kuchli o‘zgartgich, boshqarish, axborot hamda uzatish qurilmalaridan tashkil topgan murakkab elektromexanik tizimga aytiladi.


Yuritmaning «chiqish» koordinatlariga ish mashinasi organlarining me’yorda ishlashi uchun zarur bo‘lgan elektromagnit moment M yoki kuch F va harakat koordinatlari: burchak tezlik w yoki chiziqli tezlik n hamda ularga mos harakat yo‘nalishi bo‘laklari kiradi.
Yuritma elementlari quyidagilardan iborat.
Uzatish qurilmasi harakat shakllarini o‘zgartirish va mexanik energiyani Elektrodvigatel qurilmasidan mashinaning ish organlariga uzatish uchun mo‘ljallangan.
Elektrodvigatel qurilmasi elektromexanik o‘zgartgich bo‘lib, elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantiradi va uzatish qurilmasi bilan birgalikda ish organining berilgan harakat turlarini shakllantiradi.
Kuchli o‘zgartgich qurilmasi elektr yuritma tizimini elektr manbayi bilan bog‘lash uchun (masalan, sanoat elektr tarmog‘i bilan) elektr energiyani bir turdan ikkinchi turga o‘zgartirish uchun (masalan, o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantirish) xizmat qiladi. Kuchli o‘zgartgich qurilmasining asosiy vazifasi jarayon davomida boshqariladigan energiya oqimini shakllantirishdan iborat. Elektr yuritma tizimlarida ish mashinalari, mexanizmlar va ish jarayonlarida «energiyani tejaydigan» texnologiyalarni qo‘llash, tiklanuvchi energiya manbalarini yaratish kuchli o‘zgartgich, Elektrodvigatel va uzatish qurilmalarining xususiyatlariga bog‘liq.
Boshqarish va axborot qurilmalari energiya oqimi W va mashinalarning ishchi organlari harakatlarini boshqarishning berilgan qonuniyatlar bo‘yicha shakllantirish uchun mo‘ljallangan.
Elektr mashinalari mexanik energiyani elektr energiyaga (elektr generatorlari) elektr energiyani mexanik energiyaga (elektr Elektrodvigatellari) o`zgartirish uchun ishlatiladi.
Tok turiga qarab elektr mashinalari o`zgaruvchan tok mashinalari va o`zgarmas tok mashinalari turlariga bo`linadi.
Elektr mashinalarini tuzilishi va ishlash prinspi elektromagnit induksiyani hodisasiga va magnit maydonlari o`zaro ta`siriga asoslangan.
Elektr mashinalari qo`zg`almas qism stator va harakatlanuvchi qism rotordan iborat. Elektr mashinasi ishlash prinspiga bog`liq holda bu qismlarni har biri indukator (nagbit maydin hosil qilish uchun) yoki yagor (EYUK induksiyalanadi) bo`lib ishlashi mumkin.
Masalan: 1 fazali o`zgaruvchan tok generatorida indukator vazifasini o`zgarmas magnit bajaradi, aylanuvchi qismli ramka yakor hisoblanadi.

O`zgaruvchan EYUK olishni tushuntiruvchi sxema.


a) magnit maydonda harakatlanuvchi ramka.


b) o`zgarmas magnitni aylanishi.
(3-Rasm b) da ko`rsatilgan generator sxemasida aylanuvchi magnit indukator hisoblanadi (rotor); cho`lg`am va yakor hisoblanadi (stator). Vaqt birligi ichida rotor tezligi elektr mashinasini aylanish chastotasi deb ataladi.
Agarda elektr mashinasini aylanish chastotasi magnit maydonni aylanish chastotasi bilan bir hil bo`lsa bunday elektr mashina sinxron deb ataladi.
Asinxron mashinalarda esa rotorni aylanish tezligi magnit maydonni aylanish chastotasidan oz.
Sinxron elektr mashinalari. Sinxron mashinalar asosan elektr generatori bo`lib ishlaydi. Rasmda uch fazali sinxron generator sxemasi ko`rsatilgan.

Uch fazali sinxron generatorda EYUK hosil qilish; 1-stator; 2-stator cho`lg`amlari; 3-o`zgarmas magnitli rotor.


Tashqi kuch ta`sirida aylangan magnit maydoni stator cho`lg`amlarini kesib ularda EYUK induksiyalaydi:


 

Elektr energiyasi asosan uch fazali turbo hamda gidrogeneratorlarda ishlab chiqariladi. Sinxron generatorlar nominal kuchlanish, quvvat, tok, chastota bilan tasniflanadi. Hozirgi kunda quvvati 500 dan 800000kVt gacha quvvatli turbo generatorlar ishlab chiqariladi.


Sinxron mashinalar Elektrodvigatel sifatida ham ishlatiladi. Sinxron mashina Elektrodvigatel sifatida ishlashi uchun uni stator cho`lg`amiga uch fazali o`zgaruvchan tok ulanadi, rotor cho`lg`amiga esa o`zgarmas tok beriladi. Sinxron Elektrodvigatellarni aylanish tezligi 100 dan 3000 ayl/min gacha.
Asinxron elektr mashinalari. Asinxron mashinalar asosan elektr Elektrodvigateli sifatida ishlatiladi.
Uch fazali asinxron Elektrodvigatelniishlash prinspini ko`rib chiqamiz.

Uch fazali asinxron Elektrodvigatelni elektr sxemasi. 1-uch fazali stator cho`lg`amlari. 2-rotor cho`lg`amlari.
Uch fazali asinxron Elektrodvigatelda aylanuvchi magnit maydon uch fazali tok orqali hosil bo`ladi. Stator cho`lg`amlari bir-birlariga nisbatan 120 gradus burchak ostida joylashgan bo`ladi. Stator cho`lg`amlarini boshlari C1, C2, C3. ohirlari C4, C5, C6 bilan belgilanadi.
Asinxron Elektrodvigatellar rotor tuzilishi bo`yicha qisqa tutashtirilgan rotorli hamda faza rotorli bo`ladi. Faza rotorli asinxron Elektrodvigatellarni rotor cho`lg`amlari stator cho`lg`amlari kabi ko`rinishida bo`lib ular rostlovchireostatlar orqali ulanadi. Rostlovchi reostatlar Elektrodvigatellarni ishga tushirish va ishchi xarakteristikalarini o`zgartirish uchun ishlatiladi.
Asinxron Elektrodvigatelni magnit maydonni aylanish tezligi quyidagi formuladan topiladi.
 
bunda  -magnit maydonni aylanish tezligi (ayl/min);
 -stator cho`lg`amidagi tok chastotasi;
 -stator cho`lg`amini juft qutblar soni.
Uch fazali asinxron Elektrodvigatellar ham nominal quvvat, nominal kuchlanish, nominal tok, FIK hamda quvvat koeffisienti  bilan xarakterlanadi.
O`zgarmas tok mashinalari. O`zgarmas tok mashinalari ham generator ham Elektrodvigatel bo`lib ishlay oladi.

O`zgarmas tok mashinalari tuzlishini tushuntiruvchi chizma.
1-induktor (stator); 2-yakor (rotor); 3-kollektor.
Tok yakordan tashqi zanjirga, yoki tashqi zanjirdan yakorga bir yo`nalishda oqishi uchun o`zgarmas tok mashinalarida kollektordan foydalaniladi. Elektr toki kollektorga va kollektordan shetkalar orqali oqadi.
Qo`zg`atish cho`lg`amini tok bilan ta`minlash bo`yicha o`zgarmas tok mashinalari quyidagilarga bo`linadi.

  1. – Mustaqil qo`zgatiluvchi, bunda qo`zg`atish cho`lg`ami tashqi tok manbaidan tok oladi;

  2. – Parallel qo`zg`atilish;

  3. – Ketma-ket qo`zg`atilish;

  4. – Aralash qo`zg`atilish.




Mustaqil (a), parallel (b), ketma-ket (v), aralash (g) qo`zg`atishli o`zgarmas tok mashinasi sxemalari.


O`zgarmas tok generatorlari mustaqil tok manbasi kerak bo`lgan hollarda ishlatiladi. Masalan, elektromagnitlarda, elektromagnit muftalarda, elektroElektrodvigatellarda, elektroliz vannalarda, payvandlash quvurlarida va shunga o`xshashlarda.




Download 2.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling