Kirish. Texnologik ta’limning amaldagi joriy holati va mavjud muammolar Reja


Texnologik ta’lim fanlarini o‘qitishda o‘quv modullari zamonaviy ishlab chiqarishning quyidagi yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi


Download 208.19 Kb.
bet8/18
Sana08.02.2023
Hajmi208.19 Kb.
#1177640
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Mutaxasisslik faniga kirish

Texnologik ta’lim fanlarini o‘qitishda o‘quv modullari zamonaviy ishlab chiqarishning quyidagi yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi:

  • agrotexnologik;

  • injenerlik-texnologik;

  • servis-texnologik

  • robototexnika, zamonaviy energetika, transport tizimlari va texnika.

Texnologik ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
Texnologik ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini harakatlantiruvchi kuch, O‘zbekiston iqtisodiyotining tayanchi hisoblanadi. Iqtisodiyot sohasidagi globallashuv, ijtimoiy madaniy o‘zgarishlar kadrlar tayyorlashda sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, texnologik ta’lim maqomi va nufuzini oshirish, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida ijodkorlik muhitini shakllantirish, “Iqtidorli o‘quvchi-yoshlarni aniqlash”, tuman, viloyat, respublika miqyosida intellektual yetuk o‘quvchi-yoshlar seleksiyasini tashkil etish tizimini shakllantirish orqali amalga oshiriladi.

  • Mazkur tizim:

  • ta’lim muassasasi axborot muhitida o‘quvchi-yoshlar tomonidan bajarilgan loyihalar, ularning natijalarini qayd etish uchun sharoit yaratish;

  • ochiq taqdimotlar (jumladan, ixtisoslashgan portal va ijtimoiy tarmoqlar), musobaqalar, konkurslar orqali o‘quvchi-yoshlarga innovatsion loyihalarni taqdim etish;

  • texnologik ta’limni ommalashtirish uchun mashhur ixtirochilar, olimlar, biznesmenlar ishtirokida muntazam tanlovlar o‘tkazish;

  • ta’limning barcha bosqichlarida fan bo‘yicha respublika olimpiadalarini tashkil etish;

  • musobaqalarni mehnat taqsimoti asoslari, jamoa bo‘lib ishlash tamoyillari, shaxslararo munosabatlar va ish etikasi asoslarini o‘zlashtirishga imkon beruvchi shakllarda tashkil etish;

Kadrlarni tayyorlash va inson potensialidan samarali foydalanish
Kadrlarni tayyorlash va inson potensialidan samarali foydalanish bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
Texnologik ta’limning mazmun va metodlarini takomillashtirish uchun texnologik ta’lim bo‘yicha ishlab chiqilayotgan o‘quv me’yoriy hujjatlar hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalari va resurslarini, masofadan o‘qitish texnologiyasini qo‘llash va fannig rivojlanish haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilishni inobatga olgan holda, malakasini oshirish va qayta tayyorlash qo‘shimcha kasbiy ma’lumot berishni talab qiladi.
Bu jarayon quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi:
“Texnologik ta’limi” ta’lim yo‘nalishi bakalavriat darajasi uchun ta’lim dasturlarini maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim tizimlari davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturidan kelib chiqqan holda tubdan yangilash;
texnologik ta’lim doirasida o‘quv fanlaridan dars beruvchi o‘qituvchilarni masofadan va aralash usulda malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
maxsus kompetensiyalarga hamda texnologiya sohasida tajribaga ega kasb ustalarini tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish;
texnologiya sohasida tajribaga ega kasb ustalarini qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish;
tegishli lavozim, kasb va mutaxassislik bo‘yicha kvalifikatsiya ma’lumotnomalarida ko‘rsatilgan malaka talablarini hisobga olgan holda ta’lim sohasida zamonaviy texnologik jarayonlar bilan tanish, texnik qurilmalar bilan ishlash va loyiha ishlari tajribasiga ega shaxslarni kasbiy qayta tayyorlash;
maktabgacha, umumiy o‘rta, professional ta’lim tizimlari bitiruvchilarining zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha yuqori salohiyat darajalarini aniqlash, uni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish maqsadida milliy, xalqaro va hududiy ko‘rgazmalarida ishtirok etish uchun ta’lim muassasalarini grant asosida qo‘llab-quvvatlash dasturini ishlab chiqish;
“Ustoz-shogird maktabi”ini tashkil etish va rivojlantirish.

Download 208.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling