Kirish. Texnologik ta’limning amaldagi joriy holati va mavjud muammolar Reja


- ma’ruza. Adabiyotlar bilan ishlash


Download 208.19 Kb.
bet9/18
Sana08.02.2023
Hajmi208.19 Kb.
#1177640
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Mutaxasisslik faniga kirish

5- ma’ruza. Adabiyotlar bilan ishlash
Fanga doir adabiyotlarni topish, saralash, saqlash, qayta ishlash, havolalar va snoskalar berish, internet ma’lumotlaridan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganish
Reja:
1. Ilmiy ishga mavzu tanlash.
2. Mavzuning ilmiy-metodik adabiyotini o‘rganish.
3. Ilmiy-metodik adabiyotlar bilan ishlash.
4. Muammoga ijodiy yondashish.
Mavzu tanlashga ilmiy ishning barcha turlarida katta mas’uliyat bilan yondashish zarur, chunki bajariladigan ishning samarali yakunlanishi ko‘p jihatdan mavzuning to‘g‘ri tanlanganiga bog‘liq.
Mavzuni ko‘pincha o‘qituvchi-rahbar tavsiya qiladi. Bu – tabiiy, chunki o‘qituvchi, ayniqsa ko‘p yillik ilmiy-pedagogik tajribasi bor o‘qituvchi o‘zi ilmiy tadqiqot olib borayotgan sohaning yutuq-kamchiliklarini yaxshi biladi, shundan kelib chiqib, o‘z shogirdiga ijobiy natija bilan yakunlanadigan mavzu tavsiya qila oladi.
Mavzu tanlashda shogird ham tashabbus ko‘rsatishi mumkin. Auditoriyada tinglagan ma’ruzalari, bajargan amaliy mashg‘ulotlari, shu munosabat bilan o‘rgangan ilmiy-metodik adabiyotlari talabada ma’lum bir hodisaga alohida qiziqish uyg‘otgan bo‘lishi mumkin. Ana shunday talaba ma’lum bir mavzu bo‘yicha ilmiy ish bajarish istagini bildirsa, bu istakni albatta qo‘llab-quvvatlash darkor. Sharti shuki, mavzuni to‘g‘ri, o‘z imkoniyati darajasida tanlagan bo‘lishi lozim.
O‘qituvchi shogirdiga mavzu tavsiya qilishda ushbu mavzuning o‘rganilish darajasi haqida, qanday masalalar ozmi-­ko‘pmi hal etilgan-u, qanday masalalar o‘z yechimini kutayotgani, bu mavzuni bajarish jarayonida duch kelinadigan qiyinchiliklar haqida tushuncha beradi, shu bilan talaba­ning mavzuni to‘g‘ri tushunib tanlashiga ko‘maklashadi. Mavzuning ilmiy-metodik adabiyotini o‘rganish murakkab jarayon bo‘lib, qunt bilan mehnat qilishni talab qiladi.
Talaba o‘z mavzusining ilmiy-metodik adabiyotini mumkin qadar to‘liq qamrab olishga harakat qilishi kerak. Tanlangan mavzu bo‘yicha bunday adabiyot boy (ko‘p) bo‘lishi yoki kambag‘al (oz) bo‘lishi mumkin. Bulardan har birining o‘z ijobiy va salbiy tomonlari bor. Agar mavzuga doir adabiyot boy bo‘lsa, bu mavzu fanda ancha ishlangan, demak, yangi fikr aytish imkoniyati cheklangan bo‘ladi. Agar mavzuga doir adabiyot kambag‘al bo‘lsa, tayyor fikrlarga suyanish imkoniyati oz bo‘ladi, ko‘pincha mustaqil ish yuritishga to‘g‘ri keladi, bu esa tadqiqotchidan o‘quv va idrok bilan mehnat qilishni talab qiladi.
Talabaga mavzuning ayrim adabiyotini dastlab rahbari ko‘rsatadi. Boshqa adabiyotlarni talabaning o‘zi qidiradi. Bunda avvalo kutubxonaning predmet katalogidan foydalanadi. Bunday katalogda fanlar bo‘yicha bo‘limlar, har bir fanning ichki tarmoqlanishi bo‘yicha bo‘limchalar mavjud bo‘ladi. Predmet katalogidagi til(shunoslik) bo‘limi fonetika, leksika, morfologiya kabi bo‘limchalarga ajratilgan bo‘lsa, talabaning yuki yengillashadi. To‘g‘ridan to‘g‘ri o‘z mavzusiga doir bo‘limchaning o‘zi bilan tanishadi va kerakli adabiyotlarni yozib oladi.
Agar o‘rganilayotgan manba hajman katta bo‘lsa, talaba bu adabiyotdan o‘z mavzusiga doir qismini aniqlab, shu qismini ishlab chiqadi. Bunda qaysi sarlavhalarni, qaysi sahifalarni ishlab chiqqanligini manba ma’lumotlari bilan birgalikda yozib borishi kerak.
Ishlab chiqish lozim bo‘lgan adabiyotdan nusxa ko‘chirib olib, keyin unga qayta-qayta murojaat qilib turish – eng to‘g‘ri yo‘l, chunki talaba qayta-qayta o‘qish orqali hodisani chuqurroq anglaydi, avval sezmagan qirralarini kashf etadi.
Ko‘chirma olganda shu matndagi havolalarni ham yozib olish kerak.
Agar kitob o‘z shaxsiy kutubxonangizniki bo‘lsa, kerakli qismlarini kitob sahifasida hoshiyaga yumshoq qora qalam bilan turli belgilar qo‘yib ko‘rsatishingiz mumkin. Masalan, kerakli qismning boshlanishiga └ belgisini, oxiriga ┘ belgisini qo‘yish mumkin. Bu belgilarni sahifaning ho­shiyasiga ham chiqarish kerak, shunda zarur qismni tez to­pishga erishasiz Sizga zarur qism kichik hajmli bo‘lsa, uni o‘zingizcha bayon qilishdan tiyilib, aynan ko‘chirib olganingiz ma’qul. Chunki o‘z so‘zi bilan bayon qilishda matnni noto‘g‘ri tushu­nib, xato talqin qilib qo‘yish xavfi bor.
Bunday ko‘chirma­larni (umuman, barcha ko‘chirmalarni ham) alohida-alohida qog‘ozga yozgan ma’qul. Bu qog‘ozlar bir xil o‘lchamli bo‘lishi kerak; har xil o‘lchamli bo‘lsa, ularni tasniflashda, taxlashda turli noqulayliklar yuzaga keladi. Ko‘chirma bir qog‘ozga sig‘masa, davomini ikkinchi qog‘ozga yozing va bu qog‘ozlarni shu zahoti sahifalang. Ko‘chirmaning bir qog‘ozga sig‘masligi yana ko‘p marta voqe bo‘ladi; shu sababli bunday ikki-uch betli ko‘chirmalarni sahifalashda har xil usul qo‘llang: birida raqamni qog‘ozning yuqori chap burchagiga qo‘ysangiz, ikkinchi ko‘p qog‘ozli ko‘chirmada o‘ng burchagiga qo‘ying, birida raqamning o‘zini qo‘ysangiz, boshqasida nuqtali yoki qavsli raqamni qo‘ying
Ko‘chirmalarni alohida-alohida qog‘ozlarga yozishdan maqsad – keyinchalik turli adabiyotlardan olingan ko‘chirmalarni ularda bayon qilingan fikr asosida birlashtirishga imkoniyat yaratish. Shunda ma’lum bir fikr aks etadi, ko‘chirmalar bir yerga to‘planadi, ularni o‘zaro qiyosan o‘rganish mumkin bo‘ladi. Shu maqsadni nazarda tutib asli bir qog‘ozda bir fikrni aks ettirishga erishgan ma’qul. Ma’lum bir fikr aks ettirilgan qog‘ozlar oxirida manba ma’lumotlarini albatta yozish kerak (Manba ma’lumotlarini yozish ilmiy ish matnida manba ko‘rsatish tartibi haqida alohida gapiriladi).
Ilmiy-metodik adabiyot so‘zsiz o‘zaro qiyoslab o‘rganila­di. Tadqiqotchi o‘zi o‘rgangan adabiyotlardagi umumiy va farqli fikr-mulohazalarni, aytaylik, shulardan o‘zi to‘g‘ri deb bilgan fikr-mulohazalarga suyanib ish qiladi. Ayni bir hodisani har xil talqin etish, farqli baholash bilan duch kelinsa, ajablanmaslik, ranjimaslik lozim, chunki bunday talqinlar kishini fikrlashga majbur qiladi. Ilmiy-metodik adabiyotlarni ishlab chiqishda ularni nashr qilingan yiliga binoan (xronologiyani saqlab) o‘rganish tavsiya qilinadi.
Shunda tadqiqotchini qiziqtirayotgan mavzu bo‘yicha fikrlar qanday rivojlangani, nimalarga e’tibor berilgani, qanday fikrlar keyingi adabiyotlarda e’tiborsiz qoldirilgani, qanday yangi fikrlar o‘rtaga tashlangani aniq namoyon bo‘ladi.
Ba’zi adabiyotlarda oldin aytilgan biror fikr nimaga olinmagani yoki o‘zgartirilgani izohlanadi, bunda tadqiqotchiga hodisani tushunish yengil ko‘chadi. Afsuski, ko‘pchi­lik hollarda bunday izohlar berilmaydi. Ana shunday o‘rinlarda tadqiqotchi o‘zi mustaqil fikrlashi, biror fikrning olinmayotganining yoki o‘zgartirilganining sababini aniqlashga harakat qilishi, o‘zi tushunib yetmasa, rahbari bilan shu masala bo‘yicha maslahatlashishi lozim,
Ayni bir olim bir mavzu bo‘yicha har xil vaqtda boshqa-boshqa asar yozgan bo‘lishi mumkin. Bunday asarlarni albatta qiyoslab o‘rganish, nima o‘zgargan bo‘lsa, shunga e’tibor berib, hisobga olib qo‘yish kerak. Tadqiqotchi bunday olimning keyingi asariga asoslanib ish tutishi to‘g‘ri bo‘ladi. Agar bu olimning oldingi asaridagi fikrini to‘g‘riroq deb bilib, o‘sha asariga asoslanib ish tutilsa, bu­ni alohida ta’kidlash lozim

Download 208.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling