Kirish Tezk
Download 66.66 Kb.
|
BASKETBOL O‘YINIDA HARAKATLANISH (YURISH, YUGURISH, SAKRASH, TO‘XTASH, BURILISH) TEXNIKASINI O‘RGATISHNI TAKOMILLASHTIRISH VA MAHORATINI OSHIRISH
3. Yosh basketbolchini tayyorlashda tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirish tajribasini o`rganish
Iste`dodli basketbol zahiralarini tayyorlash mutaxassis-trenerlardan katta kasbiy mahorat va o`ta jiddiy mas`uliyat talab qiladi. Ko`p yillik sport trenirovkasining ayniqsa dastlabki tayyorgarlik jarayoni hal qiluvchi fundamental bosqich bo`lib, ushbu bosqichda mashg`ulotlarni to`g`ri tashkil qilish bo`lajak basketbolchilar istiqbolini ta`minlaydi. Shuning uchun ham sport turlari nazariyasi va uslubiyatida aynan shu bosqichga alohida e`tibor qaratiladi. Basketbolda dastlabki tayyorgarlik bosqichi asosan 9-10 yoshdan boshlanadi. Fiziologiya fanidan ma`lumki, mazkur yoshda bolalar organizmi o`ta nozik va “mo`rt” bo`ladi, organ va funkstional tizimlar endigina shakllana borayotgan bo`ladi va jismoniy yuklamalarni me`yorida qo`llash zarurligiga e`tibor qaratiladi. Trenerlar o`z faoliyatida bo`lajak basketbolchilar jismoniy sifatlarini tarbiyalash jarayonini tashkil qilsalarda, lekin ularni rivojlanish dinamikasini qanday testlar yordamida baholash kerakligini bilmasa, qo`llanilayotgan mashqlarni foydali yoki foydasiz ekanligini qanday bilishi mumkin? Bunday holat birinchi navbatda shu trenerlarning kasbiy malakasi zaif ekanligidan dalolat beradi. Boshqacha qilib aytganda “Dastlabki o`rgatish bosqichida tezkor-kuchlilikni og`irliklar bilan rivojlantirish tavsiya etiladimi?” degan savol organizmi ham jismoniy va funkstional jihatdan shakllanmagan bolalarda og`irliklar bilan bajariladigan sakrash mashqlarini qo`llash maqsadga muvofiqmi yoki yo`qmi degan masalani hal qilish kerak edi. Olingan javoblar esa shu savol-javoblariga jiddiy e`tibor qaratadi. Agar ushbu javoblar haqiqatan ham amalda o`z ifodasini topib kelayotgan bo`lsa, unda shug`ullanuvchi bolalarni zudlik bilan tibbiy ko`rikdan o`tkazish lozim bo`ladi. Chunki, bunday og`irliklar shu bolalarning nafaqat mushak tizimlariga, balki umurtqa pog`onasi, tizza va boldir-panja bo`g`imlariga ham salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Ma`lumki, jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlikni shakllantirishda, ayniqsa tayyorgarlikning dastlabki bosqichida an`anaviy mashqlarni nostandart o`yinsimon mashqlar ustunligida qo`llash ko`p olimlar tomonidan tavsiya etiladi. Aytish lozimki, mashg`ulotlar jarayonida jismoniy sifatlarni, ayniqsa sakrovchanlik sifatlarini rivojlantirishda faqat an`anaviy mashqlardan foydalanish nafaqat shu sifatlarning rivojlanishini zaiflashtirishi mumkin, balki bolalarni mashg`ulotlarga bo`lgan munosabatini susaytiradi, ularni qiziqishini so`ndiradi va pirovard natijada shug`ullanuvchilarni boshqa sport turlariga yoki o`zga trenerlarga o`tib ketishiga sababchi bo`ladi. Download 66.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling