Kirish Tezk


Download 66.66 Kb.
bet1/6
Sana27.06.2023
Hajmi66.66 Kb.
#1657174
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BASKETBOL O‘YINIDA HARAKATLANISH (YURISH, YUGURISH, SAKRASH, TO‘XTASH, BURILISH) TEXNIKASINI O‘RGATISHNI TAKOMILLASHTIRISH VA MAHORATINI OSHIRISH


MAVZU: BASKETBOL O‘YINIDA HARAKATLANISH (YURISH, YUGURISH, SAKRASH, TO‘XTASH, BURILISH) TEXNIKASINI O‘RGATISHNI TAKOMILLASHTIRISH VA MAHORATINI OSHIRISH
Reja:


KIRISh
1. Tezkor kuch sifatlari va yurish o`rgatish samaradorligi.
2. Tezkor kuch sifatlarini rivojlantirishda harakatli o`yinlarning o`rni.
3. Yosh basketbolchini tayyorlashda tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirish tajribasini o`rganish.
4. 11-12 yoshli basketbolchilarda yurish, yugurish, sakrash, to‘xtash, burilish pedagogik tajriba yordamida o`stirish samaradorligi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
KIRISh
Mavzuning dolbzarbligi. Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportga davlat siyosati miqyosida e`tibor qaratilishi, ayniqsa bolalar sportiga tamomila yangicha yondashish, ilmiy asoslangan texnologiyalar asosida iste`dodli sport zahiralarini tayyorlash maktablarini yaratish masalalari kengn miqyosda hal etilmoqda. Yosh avlodni har tomonlama, aqliy, axloqiy va jismoniy jihatdan rivojlanishida jismoniy tarbiya asosiy o`rinlarni birini egallaydi.
Shuning uchun O`zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to`ғrisida”gi qonunida “Maktabgacha yoshdagi bolalar, o`quvchilar va talabalar salomatligini asrash va mustahkamlash, ularda jismoniy barkamollik extiyojini shakllantirish, maktabgacha tarbiya muassasalari va o`quv yurtlarining asosiy vazifasi hisoblanadi” deyiladi.
O`zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to`g`risida”gi qonunini hayotga joriy etib, jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish konstepstiyasi ishlab chiqildi.
Bunda bolalar va o`smirlar jismoniy tarbiyasiga konsteptual yondoshib, uzluksiz ta`lim tizimida Respublika aholisining ko`p millatliligiga tayangan holda, har bir mamlakatning madaniy-ma`rifiy, ijtimoiy- iqtisodiy talablari hisobga olingan.
Mamlakatimizda ta`lim tizimini takomillashtirish, Vatan ravnaqini ta`minlaydigan, yosh avlodni tarbiyalab voyaga etkazish masalalariga jiddiy e`tibor berilmoqda. Bu borada muhim qadamlardan biri O`zbekistonda ilk bor “Kadrlar tayyorlash bo`yicha milliy dastur” hamda “Ta`lim to`g`risida”gi qonunning qabul qilinishi katta ahamiyatga ega.
Respublikada “Sog`lom avlod uchun” dasturining amalga oshirilishi, “Sog`lom avlod uchun” ordeni ta`sis etilishi jismoniy tarbiya o`qituvchilari zimmasiga katta ma`suliyat yuklaydi.
Ma`lumki, “katta” sportning porloq kelajagi sport zahiralari doirasining kengligi va sifatiga bevosita bog`liqdir. Binobarin, o`zbek sportini jahon maydoniga olib chiqish, uni raqobatbardosh pog`onaga ko`tarish balalar sportini ilmiy asosda tashkil qilish va bu borada samarali pedagogik texnologiyalar joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. Faqatgina maqsadga muvofiq tashkiliy va uslubiy tadbirlarni ilmiy asosda amalga oshirilishi talab qilinadi. Afsuski kuzatuvlar shuni ko`rsatadiki, amalda joriy etilgan dastlabki o`rgatish texnalogiyalari, o`zining tub mohiyati va mazmunidan uzoqlashishi hollari ko`zga tashlanadi. Ma`lumki, sportchining sport mahoratini izchillik bilan o`sishi va katta sportning “shoh supasiga” ko`tarilishi, ayniqsa shu “supada” uzoq muddatga saqlanib qolishi va yanada shakllanishi faqatgana yuksak jismoniy va funkstional potenstialga bog`liqdir. Lekin, bunday sifatlarga erishish nihoyatda ehtiyotkorlik, mashg`ulot yuklamalarini asta-sekinlik bilan, “to`lqinsimon” yo`nalishda oshira borish evaziga amalga oshirilishi mumkin. Albatda, bu jarayon uzluksiz va muntazamlik hamda mashg`ulot yuklamalarini shug`ullunuvchi “ob`ekt”ning funkstional imkoniyatlariga mos tarzda qo`llash tamoyillari asosida yanada samarali va jadalroq kechadi.



Download 66.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling