Kirish Tezk


Download 66.66 Kb.
bet3/6
Sana27.06.2023
Hajmi66.66 Kb.
#1657174
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BASKETBOL O‘YINIDA HARAKATLANISH (YURISH, YUGURISH, SAKRASH, TO‘XTASH, BURILISH) TEXNIKASINI O‘RGATISHNI TAKOMILLASHTIRISH VA MAHORATINI OSHIRISH

1-jadval
Yosh basketbolchilarni dastlabki o`rgatish bosqichida o`quv jarayoni, shug`ullanuvchilar yoshi, guruhlar soni, shug`ullanuvchilar soni, o`quv mashg`ulotlarning haftalik va yillik

O`quv yili

Shug`ulla- nuvchilar yoshi



Soni



O`quv soatlar hajmi

UJT, MJT va ST bo`yicha me`yoriy talablar





Guruh-
lar

Shug`ul-
lanuv-
chilar



Hafta-
lik



Yil-
lik

1

10

5

20

6

312

Qabul qilish va
ko`chirish me`yoriy talablarini topshirish

2

11

5

18

6

312

3

12

4

16

8

416

Jadvaldan ko`rinib turibdiki 1, 2 va 3 yillari shug`ullanuvchi bolalar yoshi muvofiq ravishda 10,11,12 yoshga teng bo`lishi kerak. 1 va 2 yil guruhlar soni 5 tadan, 3 yili esa - 4ta. Shug`ullanuvchilar soni muvofiq tarzda 20,18,16. Haftalik o`quv soatlari hajmi – 6 : 6 : 8, yillik - esa – 312 : 312 : 416. e`tiborli joyi shundaki, o`rgatish jarayoni chuqurlashgan sari guruhlarda shug`ullanuvchilar kamayib boradi, haftalik va yillik o`quv soatlarining hajmi borgan sari ortib boradi. Shu bilan bir qatorda mazkur soatlarning tayyorgarlik turlari bo`yicha taqsimlanishida yuqorida qayd etilgan charchash, zo`riqish holatlarini bartaraf etish, ish qobiliyatini tiklash masalalariga alohida urg`u berilmagan (2- jadval).
2-jadval
3 bosqichli dastlabki o`rgatish jarayonida tayyorgarlik turlarining o`quv soatlari bo`yicha taqsimlanishi





Tayyorgarlik turlari

O`quv soatlari

1yil

2yil

3yil

1

Nazariy tayyorgarlik

10

10

13

2

UJT

90

90

107

3

MJT

50

52

71

4

Texnik – taktik va psixologik
Tayyorgarlik



130



132



179

5

Musobaqa tayyorgarligi

16

16

24

6

Qabul qilish va ko`chirish sinovlari

16

8

10

7

Tibbiy ko`rik

-

8

12

JAMI:

312

312

416



Nagruzka (yuklama), organizmning shu nagruzkani ko`tara olish imkoniyati, charchash, zo`riqish, ish qobiliyati va uni tiklanish hususiyati kabi tushunchalar bir - biriga uzviy bog`liq bo`lgan atamalar, charchash va zo`riqish atamalarini vujudga kelish muddatini uzaytirish yoki tiklanish muddatini qisqartirish yo`llarini izlash va amalga joriy etish ish qobiliyatini shakllanishiga olib keladi. Albatta, buning uchun qo`llaniladigan jismoniy va texnik - taktik mashqlar hajmi hamda shiddati sportchi organizmi shu yuklamani ko`tara olish darajasidan hiyol yuqoriroq bo`lib, ko`p yillik trenirovka jarayonida yuklamani oshira borish to`lqinsimon prinstipga asoslanishi kerak. Qanday bo`lmasin ushbu jarayonni boshqarish muntazam nazorat qilishni va natijalarni ilmiy tahlil ostiga olishga taqazo etadi.
Ma`lumki uzoq davom etadigan harakat faoliyati sekin - asta ish qobiliyatini susayishiga olib keladi va charchash asoratlari vujudga keltiradi. Bioenergetik resurslar kamayadi, yurak - qon - tomir, nafas olish, mushaklar, MNS faoliyatlari passivlashadi. Lekin, mashqlar oralig`ida yoki mashg`ulotlardan so`ng dam olish natijasida organizmning funkstional faoliyati, shu bilan birga ish qobiliyati ham asta – sekin tiklana boshlaydi. Funkstional imkoniyat dairasida yoki navbatma – navbat biroz ko`p va biroz kam (hajm va shiddat jihatidan) beriladigan nagruzka, organizmning shu nagruzkaga moslasha borishiga olib keladi, ish qobiliyati dastlabki darajasidan orta boradi. Shu bilan bir qatorda katta hajmli va katta shiddatli mashg`ulotlarni me`yoridan ortiq qo`llash zo`riqish, chuqur charchash kabi salbiy oqibatlarga olib keladi.
Nagruzka (yoki yuklama) deganda muayyan harakat faoliyatining (yoki treniroka mashg`uloti) hajmi, shiddati, davom etishi va qaytarilish chastotasining organizmga bo`lgan ta`siri tushiniladi. Shu ta`sir natijasida organizmda yuz beradigan funkstional o`zgarishlar esa shu nagruzkaning ta`sir etish darajasini belgilab beradi. Demak nagruzkanig “tashqi” ko`rsatkichlari (hajmi, shiddati va hokozo) va “ichki” ko`satkichlari (MNS, yurak, qon - tomir, nafas olish va hokozo) mavjud bo`ladi.
Statik nagruzka o`zining hajmi va shiddati jihatidan organizmning funkstional faoliyatiga turlicha ta`sir ko`rsatadi. Kichik hajmli, katta shiddatga beriladigan statik nagruzka, masalan, yurak faoliyatiga keskin ta`sir kiladi. Yurakning ritmik faoliyatini buzadi, uning mushaklarini zo`riqtiradi, puls va nafas olish tezlashadi.
O`rtacha yoki katta hajmli va kichik shiddatda ijro etiladigan statik nagruzka esa yurak faoliyatini asta - sekin moslashishiga zamin yaratadi.
2. Tezkor kuch sifatlarini rivojlantirishda harakatli o`yinlarning o`rni.


O`quvchi bolalar sog`ligini mustahkamlash va yosh sportchilarni tarbiyalashda harakatli o`yinlarning o`rni beqiyosdir. Buning isboti shundan iboratki, dars yoki trenirovka mashg`ulotlari davomida qo`llaniladigan standart va me`yoriy (chegaralangan) jismoniy mashqlar (yurish, yugurish, osilib chiqish, tortilish, oyoq va qo`llarni bukish-yozish, egilish va hokazo) aksariyat hollarda bolalar qiziqishini so`ndiradi, kayfiyatini tushiradi. Ko`pincha bunday mashg`ulotlar unumli o`tmaydi. Ko`pchilik mutaxassis olimlarning fikriga ko`ra, aynan harakatli o`yinlar sog`liqni kuchaytirish, jismoniy sifatlarni rivojlantirishda o`ta samarali vosita deb tan olingan (Bril, A.I.Lisistina, T.U.Usmonxo`jaev, M.N.Jukov, I.M.Korotkov, M.A.Qurbonova).
Lekin, ushbu mutaxassislar sakrovchanlik sifatlari va umuman barcha jismoniy sifatlar hamda harakat ko`nikmalarini rivojlantirishda qo`llaniladigan harakatli o`yinlardan foydalanishdan avval shu o`yinlarni tashkil qilish, tartib-qoidalari, shart-sharoitlarir, pedagogik talablar haqida muayyan ma`lumotlarga ega bo`lishi zarurligini ta`kidlaydilar.
Azaldan ma`lumki, pedagog - trener va o`qituvchi - harakatli o`yinlar tashkilotchisi va boshqaruvchisi. Jismoniy tarbiya o`qituvchisi harakatli o`yinlarni tashkil qilish va o`tkazishda quyidagilarni nazarda tutish lozim:
1.O`quvchilarning jismoniy barkamolligiga, salomatligining yaxshilanishiga, chiniqishiga, tana a`zolari va umumiy ish qobiliyatining o`sishiga yordam berish;
2.O`quvchilarda har xil sharoitlarda erkin harakat qila olish imkonini beradigan bilimlar va kerakli harakat malakalarini hosil qilish;
3. O`quvchilarda hayotiy faoliyatda yordam beradigan aqliy va irodaviy sifatlarni tarkib toptirish;
4. O`quvchilarni turli o`yinlar va jismoniy mashqlarga qiziqtirish, rejimga rioya qilishga odatlantirish;
5. O`quvchilarda harakatli o`yinlarni mustaqil holda tashkil etish va o`tkazish uchun zarur bilim va malakalar hosil qilish.
Harakatli o`yinlarni o`tkazishda o`qituvchining tashkilotchi va tarbiyachi sifatidagi vazifasi juda mas`uliyatlidir (I.M.Korotkov, T.U.Usmonxo`jaev).
Darsda, shuningdek, turli o`yinlarni o`tkazish jarayonida o`rganiladigan materiallarning metodik jihatdan izchilligiga alohida e`tibor berish muhim ahamiyatga ega. Chunki izchillik birinchidan, darsning ta`limiy va tarbiyaviy vazifalarini to`g`ri hal qilish, ikkinchidan, dars materiallarini to`liq o`tishga erishish, uchinchidan, butun dars davomida har bir mashqni muayyan me`yorida amalga oshirish imkonini beradi.
Darsning boshida yoki o`rtasida zo`r e`tibor berishni va o`zaro muvofiq murakkab harakatlarni qilishni taqazo etadigan o`yin hamda mashqlar o`tkazilsa, dars oxirida o`quvchilarning tana a`zolarini birmuncha tinch holatga keltiradigan o`yin va mashqlarni o`tkazish kerak. Masalan, dars boshida bolalarning diqqatini to`plash uchun “O`ylab top”, “Hamma o`z joyiga”, “Man qilingan harakat” singari o`yinlar o`tkazilsa, darsning asosiy qismida “Quvnoq bolalar”, “Qoch bolam, kelxat keldi” kabi serharakat o`yinlarni o`tkazish tavsiya etiladi.
O`rta yoshdagi o`quvchilar bilan darsning asosiy qismida “Cho`pon, qo`y va bo`ri”, “Oq tosh”, “Oq ayiqlar” va boshqa o`yinlarni o`tkazish, darsning yakunlovchi qismida esa kam harakatli “Pat”, “Pr-r-r...” (qush uchishini ifodalovchi tovush) singari o`yinlarni o`tkazish maqsadga muvofiqdir (T.Usmonxo`jaev, F.Xo`jaev).
Agar butun dars faqat o`yinlardan iborat bo`lsa, serharakat o`yinlarni kam harakatli o`yinlar bilan bir xil yo`sindagi o`yinlarni ikkinchi xil yo`sindagi o`yinlar bilan navbatlashtirib o`tish kerak.
Agar o`qituvchi bir sport turi texnikasining ayrim qismini o`yin orqali bolalarga o`rgatishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ysa, avval o`yinning mazmuni va yo`nalishini puxta o`ylab olishi zarur.
Masalan, “To`pni oldirma” yoki “To`p ilish” o`yinlari yordamida bolalarga to`p uzatish va ilib olish harakatlarini o`rgatish belgilangan bo`lsa, bu ishni faqat mazkur o`yinlar orqali amalga oshirib bo`lmaydi. Chunki o`ynayotganlarning asosiy e`tibori to`pni tez uzatish va ilib olish bilan band bo`lib, o`yin texnikasi elementlarini bajarish e`tibordan chetda qoladi. Agar bu ish tegishli metodik ko`rsatmalarga amal qilib va ba`zi bir o`zgarishlar kiritib o`tkaziladigan o`yinlar yordamida bajarilsa, maqsadga erishish mumkin (M.A.Qurbonova).
O`ynovchilarni ortiq charchatib qo`ymaslik hayajonli va ermak o`yinlarni ko`p o`tkazavermay, ularni bolalarning jismoniy tayyorgarlik darajasi va organizmi imkoniyatini hisobga olgan holda boshqa xildagi o`yin va mashqlar bilan qo`shib olib borish kerak.
Xushyor o`qituvchi ayrim bolalarning charchash belgilarini (rang o`chishini, harakatlari sustligini va o`yinni davom ettirish istagi yo`qligini) darhol sezib oladi.
Jismoniy tarbiya darsining muhim xususiyatlaridan biri vaqtdan unumli foydalanishdir. Bu tadbir darsni samarali o`tish imkonini beradi. O`qituvchi o`quvchilarni darsda faol qatnashtirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishi, shuningdek, hamma o`quvchilarga beriladigan topshiriqlar bir me`yorda bo`lishiga erishish lozim.
Bunga esa har bir o`yin va har bir ishtirokchi uchun vaqtni aniq taqsimlash yo`li bilan erishish mumkin. Agar o`ynovchilar soni juda ko`p bo`lsa, bir necha guruh yoki komanda tuzish, topshiriqni bajarish uchun belgilanadigan vaqtni qisqartirish lozim.
O`yin paytida uning qoidalarini buzgan o`quvchilarni o`yindan chiqarib yuborish emas, balki ularga jarima ochkolari berish orqali jazolash” maqsadga muvofiqdir.
O`yin bo`linib qolishiga yo`l qo`ymaslik uchun unga yaxshi tayyorgarlik ko`rish, o`yin o`tkaziladigan joyni va kerakli asbob-uskunalarni oldindan taxt qilib qo`yish lozim.
O`qituvchi maktabning imkoniyatlari va qo`uvchilarning tayyorgarlik darajasini hisobga olib, o`quv dasturida tavsiya etilgan o`yinlarni o`zgartirishi va ularga qo`shimchalar kiritishi mumkin.
Harakatli o`yinlarni o`quv yilning choraklari bo`yicha rejalashtirishda ob-havo sharoitlarini hisobga olish kerak, albatta. Masalan, O`zbekistonda dekabr, yanvar, fevral oylaridan boshqa paytlarda mashg`ulotlarni ochiq havoda o`tkazish mumkin. Biroq ob-havo yaxshi vaqtga mo`ljallangan “Chillak”, “Oq tosh”, “Qoziq”, “Tegizsang-minasan”, “Bayroq uchun basketbol” singari o`yinlar rejalashtirilganida ehtiyoj uchun ularning o`rniga bino ichkarisida o`tkazsa bo`ladigan o`yinlarni ham belgilab qo`yish kerak (T.U.Usmonxo`jaev).
Har bir chorak oxirida o`tkaziladigan tekshirish mashg`ulotlari uchun turli jismoniy mashqlardan iborat o`yinlarni rejalashtirish lozim. Bunday o`yinlar o`quvchilarning tayyorgarligini, egallagan malakalarini, harakatlarining tezligi va o`zaro muvofiqligini sinab ko`rishda yordam beradi.
O`yin vaziyatida tez fikr yuritishni o`stirish maqsadi bilan o`yinnning ayrim usullarini o`rgatishda sharoitga muvofiq holda o`yinga “raqib” o`yinchini kiritish ham mumkin.

Download 66.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling