Qarshi davlat univyersiteti geografiya kafedrasi biogeografiya
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Mamatov A. Biogeografiya
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI B I O G E O G R A F I Y A (ma’ruzalar matni) Qarshi-2010 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVYERSITETI GEOGRAFIYA KAFEDRASI BIOGEOGRAFIYA ( MA’RUZALAR MATNI ) Tuzuvchi: geografiya fanlari nomzodi , dotsent Abdulla Mamatov Taqrizchilar: geografiya fanlari nomzodlari, dotsentlar S.I. Abdullayev, B.X. Kalonov (Ma’ruzalar matni Qarshi Davlat universitetining ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan nashrga tavsiya qilingan) Qarshi-2010 K I R I S H Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining amalga oshirilishi munosabati bilan mamakatimiz olimlari oldiga jahon andozalari talablariga javob beradigan darslik va o’quv qo’llanmalari yaratishdek mashuliyatli talab quyilmoqda. Tabiiy fanlarni uqitishda umumbashariy ta’limotlarni milliy uzlikni anglash talabi bilan birga olib borish uchun o’quv darsliklaridagi bu umum milliy g’oya va atamalarni ona tilimizda talqin etish-eng dolzarb masalalardan biri. Geografiya bakalavriyati mutaxassisligi o’quv rejasida "Biogeografiya" fanidan o’ttiz soat hajmida ma’ruza belgilanganki, bunda tabiatshunoslikning tabiiy geografiya bilan biologiya fanlarining asosiy g’oya va tushunchalari yaxlit bir qamrovda berilishi lozim. Hozirgi zamon tabiatshunosligining geografik qobiq va uning uzgaruvchan biosfera qobig’’i xaqidagi ta’limotini biogeografiyada ekologik va biogeografiya mazmunga o’grilgan holda o’qitilish talab etiladi. Biogeografiya, biologiyaning asosini geografik, geoekologik yo’nalishda olib boriladi. Har qaysi organizm va ularni jamoa holida mavjud bo’lishi muayyan hudud va shu hududning geologik taraqqiyoti tarixi hamda hozirgi tabiiy sharoiti bilan bog’liq, bo’lishi geoekologik yo’nalishning mohiyatini tashkil etadi. Demak, biogeografiya tirik organizmlarning biologiyasi bilan birgalikda ularning hududiy tarqalish qonuniyatlarini ham izozhlab beradi. Shuning uchun juda ko’plab biologik, geografik, ekologik ilmiy tushuncha va atamalarni o’zbek tilida uning asl mazmunini ifoda etadigan omilini topib qullash talab etiladi. Bu mazmuni jihat ushbu matnda bir darajada o’z ifodasini topdi deyish mumkin. Milliy o’z-o’zini anglash va milliy ma’naviyatga chuqur zulmat va iftihor tuyg’usini shakllantirish zaruratidan kelib chiqib, biogeografiyadan ma’ruzalar matnini tuzdik bu yerda o’tmish allomalarimizning me’rosidan foydalanishga harakat qilindi va aniq tushuncha va g’oyalarni izozlashda mahalliy hududiy misollarga murojat qilindi. Matnni tuzishda asosan A.G. Voronovning 1987 yilda rus tilida chop etilgan "Biogeografiya" darsligi manba bo’lib xizmat qilgan bo’lsa-da, O’rta Osiyo, O’zbekiston va Qashqadaryo biologiyasi, geografiyasi, ekologiyasiga oid adabiyotlardan keng foydalanildi. O’zbek olimlari, shuningdek mahalliy tadqiqotchilarning ma’lumotlaridan bugungi fan taraqqiyoti talabiga muvofiq talqinda izohlashga harakat qilindi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling