Kirish Tijorat banklari faoliyatida daromatlarning tutgan o’rni va ahamyati …
Download 246.01 Kb.
|
Daromadlarn oshirish
Foizsiz daromadlar:
Vositachilik operatsiyalari bo’yicha foizsiz daromadlar; Xorijiy valyutalardagi foyda; Tijorat operatsiyalaridan foyda; Qaramxo’jalikjamiyatlariga, qo’shma korxonalarga va sho`ba xo’jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar bo’yicha; Investitsiyalardan olingan foyda va dividendlar; Boshqa foizsiz daromadlar. O‘z navbvtida foizsiz daromadlarni o‘zi ham quyidagilarga bo‘linadi: Vositachilik operatsiyalari bo`yicha foizsiz daromadlar; Markaziy Bankka ko`rsatilgan xizmatlar va vositachilik bo`yicha; Boshqa banklarga ko`rsatilgan xizmatlar va vositachilik bo`yicha; Qimmatli qog`ozlar bilan bog`liq vositachilik operatsiyalar bo`yicha Bankning qimmatbaho metallar, toshlar, va tangalar bilan amalga oshirgan operatsiyalari bo`yicha Faktoring bo`yicha Trast operatsiyalari bo`yicha Kreditlar bo`yicha vositachilik daromadlari Menejment xizmati bo`yicha Mahalliy to`lovlar bo`yicha vositachilik haqlari Kafolatlar va kafilliklar bo`yicha Boshqa vositachilik operatsiyalari bo`yicha Xorijiy valyutalardagi foyda “SPOT” bitimi bo`yicha Muddatli operatsiyalar bo`yicha Valyuta transaksiyalari bo`yicha Tijorat operatsiyalaridan foyda Qimmatli qog`ozlar bo`yicha Qimmatbaho toshlar, metallar va tangalar bo`yicha Sotishga olingan qimmatli qog`ozlar haqiqiy qiymatining o`zgarishi hisobiga olingan foyda. Qaram xo`jalik jamiatlariga, qo`shma korxonalarga va sho`ba xo`jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar bo`yicha Investitsiyalardan olingan foyda va dividendlar Boshqa foizsiz daromadlar Bankning asosiy vositalaridan ijarasidan Boshqa ko`chmas mulklarga qilingan investitsiyalar bo`yicha Hisobdan chiqarilgan mablag`larning qaytarilishi Bank asosiy vositalari va ko`chmas mulklarini sotish bo`yicha Boshqa foizsiz daromadlar. Agar biz asosiy e’tiborni tijorat banklarining daromadiga qaratadigan bo‘lsak, u holda shuni alohida ta’kidlash lozimki, ularning daromadlari olingan barcha foizlar, komission yig‘imlar va dividendlardan tashkil topadi. Tijorat banklarining daromadlari va ularning iqtisodiy mazmuni to‘g‘risida fikr bildirilayotgan paytda bank faoliyatining va shu joydagi mehnatning xarakterli xususiyatlari ham nazardan chetda qolmasligi kerak. Tijorat banklari o‘zlarining faoliyatlari davomida xizmatlar ko‘rinishidagi mahsulot yaratadilar va shu mahsulotni yaratuvchi xizmatlar juda ham xilma-xil xarakterga egadir. Birinchidan, ana shunday xizmatlardan biri vositachilik xizmatlari deb ataladiki, ular huquqiy va jismoniy shaxslarning mablag‘larini saqlash, hisob-kitoblarni amalga oshirish, kredit berish va hokazolar bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlardir. Ikkinchidan, ma’lum darajada daromadli (samarali) xizmatlarni tijorat banklari ko‘rsatib, ularga lizing operatsiyalari, shartnoma asosida qtisodiy ekspertiza, xo‘jalik faoliyatining tahlili, maslahatlar berish va boshqalar kiradiki, ularni, bizning fikrimizcha, ilmiy-texnikaviy mahsulotlarga tenglashtirish mumkin. Rivojlangan xorijiy bank amaliyotiga nazar solsak, u holda hozirgi sharoitda ularning daromadlari ko‘pincha kreditlarni berish orqali olinadigan foizlar hisobidan shakllanayotganligining guvohi bo‘lamiz. Xuddi shu holatdan bo‘lsa kerak, juda ko‘p iqtisodiy adabiyotlarda olingan foizlar tijorat banklarining daromadlari sifatida talqin qilinayotir. Bizning fikrimizcha, bank daromadlarini bu tarzda talqin etish o‘zining etarli asosiga ega emasdir, chunki, berilgan kreditlar uchun olingan foizlar kreditlar bo‘yicha daromad hisoblanadi va foiz berilgan kreditning daromadliligini aniqlab beradi. Bank aktiv operatsiyalarining eng asosiysi bo‘lgan bu faoliyatdan olingan - «daromad jalb qilingan resurslar hisobidan berilgan kreditlar bo‘yicha olingan foizlar bilan jalb qilingan resurslar bo‘yicha bank tomonidan to‘langan foizlar o‘rtasidagi farqdan iborat»dir. SHu bilan birgalikda, aslida bu erda mana shu operatsiyalar hissasiga to‘g‘ri keladigan, bank tomonidan amalga oshiriladigan moddiy xarajatlarni ham hisobga olish kerakdir. Tijorat banklarining faoliyatiga diqqat bilan nazar soladigan bo‘lsak, «bank pul mablag‘larini mijozlarga joylashtirishdan olingan foizlar bank faoliyatidan olingan daromadlar»ga mos tushishini aniqlashimiz mumkin. Shu bilan birgalikda «barcha operatsiyalar bo‘yicha "tijorat bankining daromadi pul mablag‘lari tushumi bilan o‘sha operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan moddiy xarajatlar o‘rtasidagi farqdan iborat» ekanligi ham esdan chiqmasligi lozim. Ma’lumki, «tijorat banklari hisob-kitob operatsiyalarini, hisob-kassa xizmatini ko‘rsatish va fond operatsiyalari bo‘yicha ham ma’lum daromadga ega bo‘ladi»lar. Bizning nazarimizda, ushbu operatsiyalar bo‘yicha tijorat banklarining daromadlari komission mukofotlari (yirimlar, to‘lovlar) va moddiy xarajatlar o‘rtasidagi farqdan iborat bo‘lishi, shubhasiz. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari o‘z mablag‘larini qimmatli qog‘ozlarga joylashtirishdan olingan dividentlar ko‘rinishida ham daromadga ega bo‘lishlari mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, tijorat banklarining daromadi ular foydasidan farqli qlaroq murakkab tabiatga egadir. Aslida esa tijorat banklarining daromadi bank ixtiyoriga kelgan tushum bilan moddiy xarajatlar o‘rtasidagi farqdan iboratdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromad ko‘rsatkichining moliyaviy adabiyotlarda va kundalik amaliyotda mustahkam o‘rin olishi boshqa bir tomondan xujalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini baholash va ragbatlantirishda daromad kursatkichi imkoniyatlarining yo‘q bo‘lib qolganligi yoki pasayganligidan dalolat bermaydi. Aksincha, bunday sharoitning vujudga kelganligi, bizning fikrimizcha, daromadning roli va funksiyalari yanada kuchayganligini ko‘rsatadi. Xuddi shuning uchun ham, bizning nazarimizda, shu kecha-kunduzning eng muhim vazifalaridan biri daromadning hajmiga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha omillarni bilish, uni shakllantirish jarayonini oqilona boshqarishni bilish yoki uddasidan chiqishdan iboratdir. Agar bular tijorat banklari faoliyatida o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi inobatga olinadigan bo‘lsa, uning alohida ahamiyatga ega ekanligi yanada yaqqolroq ko‘zga tashlanadi. Avvalo, tijorat banklari daromadlarining iqtisodiy mazmuni to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak, ular yuqorida qayd etib o‘tganimizdek, tijorat banklarining turli xil vazifalari zamirida vujudga keladi. Tijorat banklarining daromadi ssuda va investitsiya operatsiyalari bo‘yicha, foyda normasiga, kursatilgan xizmatlar uchun undiriladigan to‘lovlar miqdoriga, shuningdek aktivlarning miqdori va tarkibiga bog‘liqdir. Shuni alohida qayd etib o‘tishimiz lozimki, tijorat banklarining faoliyati nihoyatda keng qamrovli va xilma-xildir. YAgona bir xolding kompaniyalari ko‘rinishida, tijorat banklari va uning joylardagi filiallari ko‘rsatadigan xizmatlarning xilma-xilligiga, mumkin qadar o‘z mijozlariga xizmat ko‘rsatishning qulay hamda arzon turli ko‘rsatmalar, buyruqlar sonini bir qadar cheklangan tartibda qullash imkoniyatlari rivojlanmoqda. So‘nggi vaqtlarda bank ishiga kiritilayotgan muhim yangiliklardan biri kredit kartochkalarini qo‘llash, ishbilarmonlar firmalarga zamonaviy xalqaro andozalar asosidagi hisob varaqalari asosida buxgalteriya xizmatlarini ko‘rsatish, faktoring operatsiyalari, ijarani moliyalashtirish, evrodollar bozoridagi operatsiyalarda ishtirok etish favqulodda holatlarda pul hujjatlarini inkassatsiyalash uchun abonent yashiklari tizimidan foydalanish va boshqalar. Dunyo miqyosida tan olinayotgan eng ilg‘or va zamonaviy bank texnologiyalarini O‘zbekiston bank tizimiga qo‘llash bu o‘z-o‘zidan banklarking daromadlarining ko‘lamini kengaytirib bormoqda. Tijorat banklari daromadining mohiyati va boshqa moliyaviy institutlaridan farqlanib turuvchi xususiyati - bank pul resurslarini tashkil etib va ularni yuqori daromadli bank portfellarini yaratish layoqati bilan xususiyatlanadi. Tijorat banklari resurslarini tashkil qilish imkoniyatlari iqtisodiyot uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ular moslashuvchan kredit tizimini amalga oshirmoqda, qaysiki iqtisodiyotni barqaror rivojlanishiga zarur shart-sharoitlarni yaratib bermoqda. Bank kreditlari iqtisodiyot uchun nihoyatda muhimdir, chunki ular qishloq xo‘jaligini, savdo va sanoatni moliyalashtirishni ta’minlaydi. Kreditlar, boshqacha qilib aytganda «bilvosita» yoki ko‘p bosqichli bevosita ishlab chiqarish jarayonidan farqli ravishda (ishlab chiqarish tizimida)dagi erga ishlov berib iste’mol mollari oladigan yoki tabiiy resurslardan foydalaniladigan tarmoqlarni rivojlantirish imkoniyatiga ega. Bank kreditlaridan foydalanish natijasida fermerlar, qishloq xo‘jaligi korxonalari urug‘likni, em mahsulotlarini, o‘g‘itlarni va boshqa mahsulotlarni, ya’ni qishloq xo‘jaligi uchun eng zarur xom-ashyo va mahsulotlarni sotib olishga imkoniyat yaratiladi. Bank kreditlari ishbilarmonlarni xom-ashyo va ishlab chiqarish mashinalari sotib olishligini ta’minlaydi, bu esa o‘sha mahsulot iste’molchilari, sanoat va hukumat uchun nihoyatda zarur hisoblanadi. Ulgurji va chakana savdo firmalari bank kreditlari shakllaridan unumli foydalanib o‘z omborlarini to‘ldiradi va iste’molchilarga yo‘naltiradi. Tijorat banklarining transport kompaniyalariga ko‘rsatadigan moliyaviy yordamlari natijasida qulayliklar yuzaga kelishi hamda ishlab chiqaruvchilardan so‘nggi iste’molchilarga mahsulotlarni yuklab jo‘natishda ham qulayliklar yuzaga keladi. Bundan tashqari ular qishloq xo‘jaligini, savdoni hamda sanoatni moliyalashtiradi va ssudalar berish bilan iste’molchilar talab-ehtiyojini qondirishni qulaylashtiradi. Tijorat banklari daromadi iqtisodiy mazmunining yana bir muhim xususiyati – to‘lov mexanizmini ta’minlash yoki mablag‘larni ko‘chirishdir va bu vazifaning ahamiyati ishonchli cheklarga va kredit kartochkalariga qaraganda muhimlikni ta’minlaydi, to‘lov manbalaridan yuqori samara bilan foydalanish yalpi milliy mahsulotga nisbatan moliyaviy operatsiyalar o‘sishiga qaramasdan pul jamg‘armasining asta-sekin kamayishidan dalolat beradi. Pul ko‘chirish operatsiyalarida sezilarli o‘rinni talab qilungunga qadar depozitlar shaklidagi pul mablag‘lari egallaydi, ayniqsa ulardan foydalanish samaradorligi tobora oshib bormoqda. Bu hisob-kitoblarni ishlash texnologiyasining juda talab darajasida ekanligidan dalolat beradi, bu esa ishbilarmon kompaniyalar va xususiy shaxslarni o‘z mablag‘laridan juda samarali foydalanishga intiltiradi, hamda jamg‘armachilarga mablag‘larni tushish o‘rtasidagi farqni qisqartiradi va to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga imkon beradi. Plastik kartochkalarini qo‘llash tizimini yaratish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar ularning kredit kartochkalarini qo‘llash tizimiga aynan o‘xshashligini tasdiqladi. Bu bir-biriga mos banklarni kompyuterlariga kiritiladi va xarid qiluvchi hisob varag‘idan mablag‘larni sotuvchi hisob varag‘iga ko‘chiriladi. Bu tizimlar bank kassasi avtomatlarini ko‘plab banklarga o‘rnatishdan dalolat beradi. Mijozni bu apparatlardan foydalanishi bank kredit kartochkalariga bankdagi o‘z schyotidan mablag‘larini olishi va sarflashi mumkin, schyotga pullarni kiritish, qarzlarni qaytarish, joriy schyotda o‘z jamg‘arma schyotidagi mablag‘larni o‘tkazishni amalga oshiradi. Tijorat banklarining muhim vazifalaridan biri — iqtisodiyotning barcha tarmoqlari uchun, jamg‘armalarni to‘planishini ta’minlash, ularning sotsial ehtiyojlari va iqtisodiyotning turli xil tarmoqlarida foydalanilishini ta’minlashdan iborat. Tijorat banklarida jamg‘armalar joylashtirilganda tula xavfsiz va yuqori likvid shaklda bo‘ladi, chunki jamg‘arma egasi foiz ko‘rinishida o‘z jamg‘armasi uchun ma’lum bir summada haq oladi. Jamg‘armalarning to‘planishi bilan tijorat banklari ular hisobidan mablag‘larni ishbilarmonlarga ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish uchun va iste’mol mollari va uy-joy sotib oluvchi iste’molchilarga kreditga berishi mumkin. Bizning jamiyatimizda etarli darajada yuksak daromadlilikka erishish uchun, jamgarish alohida ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan xorijiy davlatlarda bank daromadlarining sezilarli qismi tashqi savdo operatsiyalarini moliyalashtirishdan olinadi. Masalan, jismoniy shaxslar Fransiyadan vino, Germaniyadan avtomobil, Italiyadan poyafzal yoki Angliyadan Ekonomist jurnaliga obuna bo‘lish bo‘yicha buyurtma beradilar, ayrim holatlarda xorijiy sotuvchining Amerika dollarida to‘lovni olishni istamasligi kabi holatlarga duch kelib qolishi mumkin. Binobarin, chet el valyutasi (masalan, evro, funt sterling, ien)da to‘lovlarni utkazish uchun chet el valyutasiga ega bo‘lishi zapyp. Buning uchun sotib oluvchi tijorat bankiga murojaat qiladi va chet el valyutasida zarur mablag‘ni oladi. Ehtimol, sotib oluvchi tomonlarning qat’iy bo‘lmagan majburiyatlari asosida shunday shartnoma variantini tuzmasa va u ko‘proq savdo kelishuviga ishbilarmonlik jihatidan yondoshishni afzal ko‘radi. Muammolarni echimida tovar akkreditivlarini sotib oluvchilarga ko‘rsatish maqsadga muvofiq bo‘ladi, chunki u bankning xususiy shaxs yoki firmaga ma’lum summani, ya’ni akkreditiv xatida ko‘rsatilgan shartlarni bajarish uchun to‘lov kafolatini (tratta) qabul qilish va to‘lash bo‘yicha yozma ravishdagi majburiyatnomasini taqdim etadi. Qachontovarbo‘yichaakkreditivko‘rsatilsa, sotuvchivasotib oluvchi huquqlari himoyalangan: bir tomondan tovarning turi va uni jo‘natish shartlari ko‘rsatilgan, boshqa tomondan bank majburiyati tovarni to‘lash uchun sotuvchiga kompensatsiya qilish, sotib oluvchining moliyaviy ahvoli to‘g‘risida ma’lumot bilan ishtirok etish. Hisob-kitoblar akkreditivlar orqali ko‘pchilik tashqi savdo operatsiyalarida amalga oshiriladi. Chunonchi, har bir davlatning fuqarosi xorijiy davlatlarga sayohat qilishni istashadi, buning uchun tijorat banklarining alohida xizmatlariga ehtiyoj sezadi. Bundan tashqari, ular o‘zlari bir qancha summadagi milliy valyutalarini xorijiy valyutalarga almashtirishni xohlaganda, turistlar, pulli akkreditivlar yoki turistik cheklarni sotib olishi mumkin. Tashqi savdoga va xorijiy turizmga tijorat banklari moliyaviy xizmat ko‘rsatadilar va ular davlatlar o‘rtasida tovar ayirboshlashni engillashtiradi va tovarlarni arzon olishga ko‘maklashadi. Xalqaro savdoning o‘sishiga qarab tijorat banklarini amalga oshirayotgan xalqaro hisob-kitoblari hajmi ham o‘sadi. Bundan shu narsani aytish lozimki, yuqorida qayd etilgan xalqaro savdo munosabatlari va xalqaro turizm bo‘yicha hisob-kitob xizmati ko‘rsatish, bu nafaqat, mamlakat uchun katta miqdorda xorijiy va milliy valyutalarni tushishini ta’minlaydi, balki tijorat banklari uchun ham daromadliligini ta’minladi. Tijorat banklarining daromadlarining o‘sishi yirik material qiymatliklarni to‘plashga olib keladi, qaysiki, o‘z navbatida tijorat banklarining ishonchli operatsiyalarini o‘sishiga etakchi xizmat qiladi. Jismoniy shaxslar hayoti davomida o‘z mol-mulklaridan kamtorona foydalanishni xohlashadi. Shuning uchun o‘z tasarrufidagi mol-mulklarini boshqarish uchun tijorat bankiga topshiradi, o‘z navbatida tijorat banklari trast bo‘limlari ushbu mol-mulklarni merosxo‘rlari va avlodlari qiziqishiga qarab o‘z qo‘lida tutib turadi va boshqaradi. Bir qancha mulkka egalik qiluvchi trast bo‘limlari, shuningdek kapitalni daromadli aktivlarga investitsiya qilish uchun ham fondlarni boshqarish va ishonchlilik shartlariga muvofiq daromadlarni taqsimlashga javob beradilar. Trast bo‘limlari korporatsiyalarga bir necha xizmat turlarini taqdim etadi. Ulardan biri pensiya fondlari mablag‘larini boshqarish va foydada o‘z dasturi bilan ishtirok etish, keyingi yillarda buning ahamiyati tez oshdi. Bu muhim vazifaga yana shuni qo‘shimcha qilish lozimki, trast-bo‘limlari obligatsiya zayomlari bo‘yicha agent vazifasini ko‘rsatadi, egasi yozilgan aksiyalarga egalik qilish huquqini berish bo‘yicha agent, korporatsiyalar uchun aksiyalarini ro‘yxatga olish kabi xizmatlarini ko‘rsatadi. Trast bo‘limlari amortizatsiya fondlarini boshqarish mumkin va aksiya, obligatsiyalarni chiqarish va sotish bilan bog‘liq boshqa ko‘plab operatsiyalarni amalga oshiradi. Tijorat banklari daromadning yana bir muhim xususiyati — bu foizsiz daromad olishdir. Bulardan biri qimmatliklarni saqlash operatsiyalarini mijozlarga taqdim etish hisoblanadi. Tijorat banklarining seyflarida qimmatliklarni saqlash bo‘yicha xizmatlarni taqdim etishi, bu qadimiy xizmat turlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Tijorat banklari ochilishi juda qiyin bo‘lgan, hatto eng mohir qulfbuzar o‘g‘rilar ham ocholmaydigan seyflardan foydalanib uzoq; vaqtlar katta e’tibor bilan qimmatli boyliklarni ishonchli saqlanishini tashkil qilmoqda. Qimmatliklarni banklarda saqlash ikki usulda amalga oshiriladi: 1. Qimmatliklarni saqlash uchun seyflarga taqdim etish; 2. Po‘lat sandiqlarda saqlash. Saqlash uchun seyflarni mijozlarga ijaraga ham berish mumkin. SHartnoma bo‘yicha mijoz o‘zining qimmatliklarini holatini xohlagan vaqtda ko‘zdan kechirishi mumkin. Tijorat banklari faqat seyf yoki yacheykani taqdim etadi va saqlash bilan bog‘liq xizmatlarni ta’minlaydi. Nihoyat bu juda muhim bank seyfga kirish yo‘lini nazorat qiladi. Bu ijaradagi seyf, nafaqat bank uchun kafolatni ifodalaydi, balki uning seyfga a’zolik qilishga ruxsat etadi. Uni amalga oshirish mijozning shaxsan tasdiqlashi bilan ta’minlanadi, ikki tabaqali qulf va xizmat ko‘rsatuvchi xodim tomonidan eng e’tiborlilik bilan nazorat qilinadi. Seyfda qimmatli qog‘ozlar quyilishi mumkin, muhrlangan hujjatlar, sug‘urta polislari va boshqa turli xil taqdim etilgan shaxsiy buyumlar, qaysiki uning egasi uchun faqat qimmatbaho bo‘lsa. Tijorat banklari seyflarida saqlanayotgan buyumlar qiymatini aniqlash mumkin emas. Hukumatning qimmatbaho medallari, oltin uzuk va taqinchoqlar. Tangalar, zulflar va xuddi shunga o‘xshash qimmatli buyumlar saqlanayotgan seyf ondasonda ochiladi va qaysiki mijozning o‘limidan so‘ng notarius ishtirokida ko‘rsatiladi. Po‘lat sandiqlarda saqlash seyflarini taqdim etishdan farq qiladi, chunki bu holda banklarni o‘zlari qimmatliklarni saqlash uchun qabul qiladi va agent rolini o‘ynaydi. Tijorat banklari nihoyatda xilma-xil qimmatliklarni saqlash xizmatlari hech bo‘lmaganda saqlashga qabul qilingan qimmatli qog‘ozlar: aksiya, obligatsiyalarni alohida tayinlangan po‘lat sandiqlarda saqlashni tashkil qiladi. Qimmatli kog‘ozlar. Bank ssudasi ta’minoti uchun berilgan kafolat xatlarini qabul qilishda qimmatli qog‘ozlarni boshqarish, trast bo‘limlari ishonchliligi bo‘yicha amalga oshiriladi hamda po‘lat sandiqlarda saqlanadi. Po‘lat saqlagichlariga ega bo‘lmagan kichik banklarga, o‘zining qimmatli qog‘ozlarini saqlash uchun yirik banklardagi xizmatlardan foydalanadi, po‘lat sandiqlarda qimmatli qog‘ozlarni saqlash korporatsiyalar uchun odatdagi moliyaviy va nomoliyaviy amaliyotdir. Ushbu turdagi bank xizmatlari ham bank daromadlari tarkibida kichik salmoqqa ega bo‘lsada, nafaqat, mijozlarning qimmatliklarini bexavotir saqlashga, ularni qimmatliklardan mahrum bo‘lib qolish xavfidan himoya qilishga, balki ushbu tur xizmatlardan ham daromad olib, bank daromad bazasini mustahkamlashga imkon yaratadi. Biz ushbularni bayon qilib, tijorat banklari daromadlarining iktisodiy mazmuni, ya’ni banklarning qaysi iqtisodiy jarayonlaridan daromadlar shakllanishi, ushbu daromadlarni yuzaga kelish mexanizmi, ya’ni banklar mijozlarga qanday vazifalarni bajarib, o‘z daromad bazasini shakllantirishga, tijorat banklarining asosiy daromad manbalarini iqtisodiy mazmuni, shaklshamoyilini yoritishga harakat qildik. Bundan shu narsani xulosa kilib aytish lozimki, tijorat banklari iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi sifatida xalq xo‘jaligi tarmoqlariga, ya’ni xo‘jalik yurituvchi jismoniy va huquqiy shaxslarga turli-tuman bank xizmatlarini ko‘rsatib, nafaqat iqtisodiyotni izchil rivojlantirib borishga, balki o‘z xizmat vazifalaridan kelib chiqib, moliyaviy imkoniyatlarini o‘shalardan kelayotgan daromadlar evaziga mustahkamlab borishga harakat qiladi. Aktiv operatsiyalarning daromadliligi bilan bir qatorda ularni riskka uchrash darajasi masalasi ham muhim ahamiyatga egadir. Agar resurslar kassa qoldig‘i, Markaziy bankdagi «Nostro» vakillik hisob varag‘i qoldig‘i, hukumatning qimmatli qog‘ozlariga joylashtirilsa bank aktiv operatsiyalarining risk darajasini keskin kamaytiradi, lekin ularning daromadliligiga zarar etishi mumkin. Boshqa tomondan, aktivlarni tijorat qimmatli qog‘ozlarga, kreditlarga va valyuta-almashuv operatsiyalariga yo‘naltirish yuqori risk darajasiga ega va yuqori daromad keltiradi, lekin bunday operatsiyalar ko‘lamining haddan ziyod kengayishi bank likvidliligiga jiddiy ziyon etkazib qo‘yishi mumkin. SHu boisdan ham bank aktivlari samaradorligini oshirishda risklarni minimallashtirish masalasini nazardan qochirmaslik birlamchi ahamiyatga ega bo‘lgan voqelikdir. Download 246.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling