Kirish Tijorat banklari faoliyatida daromatlarning tutgan o’rni va ahamyati …


Xorijiy davlatlarda bank daromadlarini oshirishning tahlili


Download 246.01 Kb.
bet5/6
Sana07.03.2023
Hajmi246.01 Kb.
#1244044
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Daromadlarn oshirish

Xorijiy davlatlarda bank daromadlarini oshirishning tahlili

Hozirgi kunda jahon bank amaliyotida qo’llanib kelayotgan NAU
hisobraqamlaridagi va SUPER-NAU hisobraqamlaridagi pul mablag’larini jalb
qilishdan keng foydalanishadi. Bu esa, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan
tijorat banklari faoliyatiga joriy qilish lozim. NAU va SUPER-NAU
hisobraqamlaridagi pul mablag’lariga e’tibor beradigan bo’lsak, bu mijozning
hisobraqamidagi doimiy qoldik chegarasida bank va mijoz o’rtasida shartnoma
tuziladi. Bunga muvofiq, bank mijozning harakatsiz turgan pul mablag’lari
doirasida foiz to’lash to’g’risida shartnoma tuzadi. Mijoz esa, ma’lum bir muddat
davomida bankdagi hisobvaraq qoldig’idagi kelishilgan summadan foydalanmaydi.
Bank resurs jalb qilishnning bu usuli nafaqat bank uchun, balki mijoz uchun
ham juda qulay xisoblanadi. Chunki, katta pul kirim chiqimiga ega bo’lgan yirik
korxonalarning hisobvarag’idagi pul mablag’iga foiz to’lanadi. Ikkinchi tomondan
esa, banklarning resurs bazasini kengaytirish imkoniyatini keltirib chiqaradi.
Shuningdek, bu usul orqali mijozlarning pul mablag’ini jalb qilish orqali tijorat
banklarining daromad olish imkoniyati kengayadi, hamda to’satdan yuzaga keladigan
likvidlilik muammosini oldini olish imkoniyati tug’iladi. Chunki, mijozga pul kerak
bo’lgan paytda u o’zining bankini oldindan xabardor qilishi lozim va shartnoma
muddatidan oldin o’z pul mablag’larini talab qilishi to'lanayotgan foiz stavkaning
kamayishiga hamda ma’lum bir muddat davomida resurs qidirib topish imkoniyatini
beradi.
Shuni ta’kidlab o’tish joizki, resurslarni bu usul orqali jalb qilish bankning
boshqa aktiv operatsiyalarini rivojlantirish imkoniyatini beradi. Tijorat banklari
qisqa muddatga resurs jalb qilishlari banklarning maxsus ssuda hisobraqamlari
hisobidan qisqa muddatli kreditlash operatsiyalarini rivojlantiradi. Ya’ni, tijorat
banklarining overdraft va kontokorrent hisobraqamlari orqali kreditlash uchun talab
tug’iladi. Chunki, tijorat banklari qisqa muddatga pul mablag’larini joylashtirish
uchun manba qidirishadi. Kreditning bu usulini amaliyotga qo’llash nafaqat bank
tizimi uchun, balki umum iqtisod uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Respublikamiz tijorat banklarining resurslar bilan ta’minlanish darajasini
oshirishning yo’llari bo’lib, ulardan samarali foydalanishga erishish banklarning
iqtisodiy jihatdan barqarorligini mustahkamlashga va milliy iqtisodiyotni
modernizatsiyalash jarayonlarida faol ishtirok etishga imkoniyat beradi.
Xalqaro bank amaliyotida passiv operatsiyalarning quyidagi to’rtga shaklidan
keng foydalaniladi:
a) banklarning foydasidan fondlarni shakllantirish va ularni ko’paytirishga
ajratmalar;
b) depozit operatsiyalar;
c) yuridik shaxslardan olingan kredit resurslar;
d) qimmatli qog’ozlar, pul biletlar va tangalarni muomalaga chiqarish
(emissiya) orqali resurslarni yig’ish kiradi.
Banklarning foydasidan fondlarni shakllantirish va ularniko’paytirishga ajratmalar.
Tijorat banklarning foydasidan ustav kapitaliga, zaxira fondiga, imtiyozli
kreditlash fondiga, moddiy rag’batlantirish fonda va boshqa fondlarga ajratmalar
amalga oshiriladi. Banklarning ushbu fondlariga ajratmalarning miqdori va muddati
bank aksiyadorlari umumiy yig’ilishining qaroriga asosan, belgilanadi.
Bankning fondlari ichida asosiy o’rinni ustav kapitali egallaydi. Tijorat
banklarining ustav kapitali bank asosiy kapitali tarkibidagi xususiy zaxiralar,
taqsimlanmagan foyda va emission daromad yuzaga kelganda muddati va manbai
jihatidan barqaror hisoblanadi. Tijorat banklari ustav kapitalining minimal mikdori
bankning dastlabki faoliyatini boshlagan davridayoq shakllantiriladi.
Tijorat banklari kapitalining minimal miqdori bank aktivoperatsiyalari
hajmining ortishi va iqtisodiyotda yuz berayotgan inflyatsiyaning salbiy ta’siri tufayli
oshib boradi.
Depozit mablag’larni biz moliyaviy jihatdan nisbatan barqaror vanobarqaror
mablag’lar ga hamda to’lovliligi jihatdan nisbatan qimmat va nisbatan arzon depozit
mablag’larga ajratdik.
Moliyaviy jihatdan barqaror mablag’lar tijorat banklarining asosini foyda
manbasini tashkil etish bilan birga, ularni kutilmaganda vujudga keladigan zararlardan
himoya qilish imkoniyatini ham beradi. Ushbu mablag’larga, yuqorida
ta’kidlaganimizdek, banklarning ustav kapitalini, joriy yil va o’tgan yillarning
taqsimlanmagan foydasini, joriy yilning sof foydasi hamda muddatli va jamg’arma
(sertifikat) depozitlarini kiritishimiz mumkin. Muddatli va jamg’arma (sertifikat)
depozitlar banklar uchun muddati jihatidan ham barqaror moliyaviy manba
hisoblanadi. Zero banklar, ushbu mablag’larni nolikvidka tushib qolish muammosini
o’ylamasdan ma’lum muddatga kredit resurslari sifatida ishlatish imkoniyati ga ega
bo’ladi.
Moliyaviy jihatdan nobarqaror mablag’lar turkumiga tijorat banklarining asosiy
kapitali tarkibidagi devalivatsiyasiya zaxirasini ko’rishimiz lozim. Bu ko’rsatkich
2011 yilda Asaka bankda jami passivini 1%ini, Agrobankda 1,63%ini.TIF Milliy
bankda 2,34%ini tashkil qilmoqda9. Chunki ushbu mablag’lar milliy valyutaning kursi
xorijiy valyutaga nisbatan o’zgarishi natijasida vujudga keladi.
Tijorat banklari resurslarining muddati jihatidan nobarqaror mabag’lari qatoriga
talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisob varaqalardagi mablag’larni kiritdik.
Banklar mazkur turkumga kiruvchi mablag’lardan kredit resursi sifatida
foydalanganda ularning nolikvid holatiga tushib qolish ehtimoli yuqori bo’ladi.
Chunki mijoz ushbu hisobvaraqalardagi mablag’larni bank kutmagan paytda qisman
yoki to’lig’icha ko’chirish haqida bankka topshirik berishi yoki naqd pul shaklda
berishni talab qilish huquqiga ega. Shu jixatdan, ushbu hisobvaraqlarda saqlanadigan
mablag’lar muddat jihatidan nisbatan nobarqaror resurslar turkumiga kiritiladi. Bank
tomonidan mazkur mablag’lar kredit resurslari sifatida ishlatilishi uni kutilmagan
paytda nolikvid holatiga olib kelishiga sabab bo’ladi.
Mablag’larni tashkil topish manbalari jihatidan qimmatli yoki arzon mablag’lar
guruhiga ajratish mumkin. Bu yerda asosiy e’tibor depozit operatsiyalari natijasida
vujudga keladigan mablag’larga qarata bo’lib, yuqorida qayd etilgan nisbatan
barqaror mablag’lar tijorat banklari uchun qimmat resurs manbalarini tashkil etadi.
Arzon resurs mablag’lari turkumiga esa o’z o’zidan aniqki nisbatan nobarkaror
mablag’lar kiradi.
Tijorat banklarining talab qilib olinguncha saqlanadigan hisob varaqlardagi
depozitlarga korxona, tashkilot, muassasa va boshqa xo’jalik yurituvchi
subyektlarning hisob-kitob va joriy xisobvaraqalarida saqlanadigan pul mablag’lari
kiradi. Talab qilib olinguncha saqlanadigan hisob varaqlardagi depozitlarga bank
nisbatan kichik , miqdorda, ayrim hollarda esa umuman foiz to’lovlarini to’lamaydi.
Xalqaro bank amaliyotida ushbu depozit tranzaksion va chekli depozit deb ham
yuritiladi.
Muddatli depozitlarga qo’yiladigan mablag’larni qaytarib olish muddatidan
oldindan kelishiladi. Ushbu depozit turining nomidan ham ma’lumki, depozit
mablag’lar nisbatan uzoqroq muddatga qo’yilib ularning muddati kamida bir necha
oyni tashkil etishi lozim. O’z navbatida banklar, ushbu depozit turi buyicha nisbatan
yuqori foiz to’lovlarini to’laydi. Bank mazkur depozitga muddati tugaguncha saqlash
uсhun va oldindan ogohlantirish yo’li bilan muddati tugamasdan qaytarib berish
haqiida omonatchi bilan depozit shartnomasini tuzishi mumkin. Birinchi holatdagi
depozit turida, bank depozit shartnomasida kelishilgan muddat tugaguncha
omonatchining mablag’idan erkin foydalanish huquqiga ega bo’ladi.
Odatda, ushbu depozitlar bo’yicha muddatlar har-xil bo’lib, mablag’lar qancha
ko’p saqlansa, ularning foiz to’lovlari shunchalik yuqori bo’ladi. Albatta, bu yerda
depozit va pul bozoridagi resurslarning taklifi, Markaziy bankning qayta
moliyalashtirish hisob stavkasi miqdori asosiy rol o’ynaydi. Shunga asosan, tijorat
banklari depozit siyosatini o’rnatadi.
Jismoniy shaxslar o’rtasida omonatlarning eng rivojlangan turi — bu
jamg’arma depozitlar hisoblanadi. Jamg’armaning ushbu turida bank omonatchiga
uning mablag’ining harakati, qoldig’i va unga hisoblangan foizlar haqidagi
ma’lumotni aks ettiruvchi jamg’arma daftarchasini beradi. Jamg’arma depozitlarining
asosiy turi sifatida rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida keng qo’llanilayotgan
depozit sertifikatlarini ko’rsatish mumkin.
Tijorat banklarining qo’shimcha moliyaviy resurslarga bo’lgan
ehtiyojiMarkaziy bankning krediti orqali qondirishida qayta moliyalash stavkasining
miqdori bevosita ta’sir etadi. Chunki Markaziy bankning qaytamoliyalash stavkasi
uning pul-kredit siyosatini yuritishning asosiy usullaridan biri bo’lib, uning
darajasining past yoki yuqori bo’lishimuomaladagi tovar massasi va pul massasi
o’rtasidagi mutanosiblikka bog’liq. Agar muomalada pul massasining miqdori tovar
massasiga nisbatanmo’ljaldagidan oshadigan bo’lsa, unday holda Markaziy bank
qayta moliyalash stavkasini oshirish orqali tijorat banklarining markazlashgan kredit
resurslari olishga bo’lgan manfaatini cheklab qo’yadi va aksincha.
Demak, tijorat banklari doimo ham Markaziy bankning kreditlarini olishdan
iqtisodiy manfaat ko’rmaydi. Chunki Markaziy bank hisob stavkasini depozit va
banklararo pul resurslari bozorining ishtirokchilari kabi resurslarni foyda olish yoki
vaqtinchalik bo’sh bo’lgani uchun tijorat banklariga taklif etmaydi, Uning tijorat
banklariga kredit resurslarni taklif qilish yoki qayta moliyalash stavkasining past yoki
yuqori darajada o'rnatishidan asosiy maqsad milliy valyutaning barqarorligini
ta’minlashga qaratilgandir. Lekin, shuni alohida ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda
Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati milliy valyutaning barqarorligini
oshirishdagi ahamiyati juda muhim bo’lib qolmoqda.
Depozit va banklararo pul resurslari bozori moliya bozorining asosiy
segmentlaridan biri hisoblanib, tijorat banklariga vaqtincha bo’sh mablag’laridan
samarali foydalanish va qo’shimcha moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyojini zudlik
bilan qondirishga imkoniyat yaratadi. Banklararo pul resurslari bozorida qisqa
muddatli kredit resurslar sifatida ishtirok etayotgan mablag’lar butun bank tizimidagi
mavjud bo’sh mablag’lar hajmiga ta’sir ko’rsatmaydi, chunki tijorat banklarining
vakillik hisobvaraqlaridagi mablag’lar birinchisidan ikkinchisiga o’tish orqali ularning
Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’ining umumiy hajmi o’zgarishsiz qoladi.
Bizningcha, banklararo depozit va pul resurslari bozorini rivojlantirish bilan
bog’lik bo’lgan quyidagi asosiy muammolar ushbu bozorni to’liq quvvat bilan
ishlashiga iqtisodiy sharoit tugdirmasligi mumkin:
– depozit bozorini shakllantirish bilan bog’lik omonat turlari bo’ycha alohida
baholar siyosati ishlab chiqish;
–depozit mablag’larini jalb qilish va joylashtirish bo’yicha ma’lumotlarni
shaffofligini ta’minlash;
– omonat summalarini sir saqlash bo’yicha “bank siri” to’g’risidagi qonunning
ijrosini ta’minlashga qaratilgan chora tadbirlar belgilash;
– jamg’arma va omonat turlarini keng joriy etish, omonatni sir saqlash bo’yicha
joylarda keng tushuntirish ishlarini olib borish;
– banklarga jamg’arma va depozit omonatlarini qaytimini to’xtovsizligini
ta’minlashga qaratilgan chora tadbirlarni davlat ahamiyati darajasiga yanada ko’tarish;
– tijorat banklari bozorlarda erkin ravishda qatnashib, moliya bozorining erkin
foiz stavkalariga bevosita ta’sir etmoqdalar.
Tijorat banklarining ushbu bozorlarda qatnashishiga qo’yilgan talablar banklararo pul resurslari bozori haqidagi tartibda belgilab qo’yilishi lozim.
– tijorat banklarining qo’shimcha resurslarga bo’lgan ehtiyojini depozit va
banklararo pul resurslari bozoridan mablag’larni zudlik bilan ta’minlanmaslik.
Chunki, banklarning depozit va banklararo pul resurslari bozoridan mablag’larni olish jarayoni juda murakkab. Mazkur jarayon bilan bog’lik mexanizmni ish faoliyatlarni jonlantirish lozim.
Fikrimizcha, depozit va banklararo pul resurslari bozorini rivojlantirish uchun
banklararo kreditning o’rtacha foiz stavkasining doimiy ishlaydigan mexanizmini
shakllantirish, banklararo kredit operatsiyalarni tartibga soladigan hujjatlar to’plamini
ishlab chikish, banklararo kredit operatsiyalariga qatnashuvchi banklarni istagan
paytda bozorga kirishini ta’minlaydigan texnik sharoitini va dasturiy ta’minotini
tashkil etish, banklarni depozit va banklararo pul resurslari bozori haqida ma’lumot
olishini ta’minlash zarur.
Umuman olganda, bank faoliyatidagi risklarni aniqlash valikvidlikning
muvozanatlashmaganligini aniqlash, o’zgarishlarga ta’sir qiluvchi omillar tahlilini har
kunlik nazorat qilish uchun maxsus tizim tuzish lozim. Ma’lumotlar bazasini
shakllantirishda manba sifatida kredit va depozit shartnomalar bo’yicha xulosalar,
kreditga rejali bo’lgan ehtiyoj haqida ma’lumotlar, hisobraqamlar bo’yicha
ma’lumotlar» kreditlarning aylanishi tug’risida ma’lumotlar ishlatilishi mumkin.
Ma’lumotlar bazasiga asosan bank tomonidan kar kunlik likvidlilik va to’lovga
layoqatlilik haqida ma’lumotlar olinishi mumkin va bank operatsiyalarini kelajakdagi
istiqbollarini taxlil qilish kerak. Bu esa bank mablag’larini joylashtirish, resurslarni
jalb qilish, o’z mablag’larini oshirish, bankning boshqa muassasalarga ulush
qo’yishini ko’paytirish, yangi daromad topish yo’llarini ishlab chiqish va yangi
operatsiyalarni rivojlantirish masalalarini bog’lab bitta yechim topishga yordam
beradi.
Banklarining resurslarini optimal darajada ushlab turishga qaratilgan siyosatni
amalga oshirish uchun banklar o’zlarining likvidlilik va to’lovga layoqatlilik
ko’rsatkichlariga rioya qilgan holda, ushbu normativ ko’rsatkichlarni ta’minlab turishi
uchun xizmat qiladigan mablag’lardan ham unumli foydalanishni talab etadi. Shuning
uchun ham» bank uchun likvidlilikning umumiy asosi bo’lib, faoliyatining
foydaliligini ta’minlash hisoblanadi. Shunday qilib, agar asosiy normativ
koeffitsientning haqiqiy qiymati o’rnatilgan minimal normadan yuqori bo’lsa, foyda
olish uchun ishlatilmagan imkoniyat nuqtai nazaridan bank faoliyati salbiy
baholanadi. Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, balans likvidligining tahlili daromadlilik
bilan amalga oshirilishi kerak. Jahon Banklari tajribasi, banklar likvidligining
minimal normada bo’lishi maksimal daromad olishi mumkin bo’lishi yana bir bor
isbotladi.
Banklarining resurs mablag’larining muddatlari katta ahamiyat kasb etadi,
chunki, banklar uzoq muddatga resurslarni jalb qiladigan bo’lsa ushbu mablag’larni
yuqoriroq foiz stavkada joylashtira olish imkoniyata katta u esa, banklar daromadining
oshishiga olib keladi, Shuni ham e’tiborga olish lozimki, tijorat banklari qisqa
muddatga resurs jalb qiladigan bo’lsa, bu resurslarga to’lanadigan foiz stavka
xarajatlarini kamaytirshada, ammo bu resurslarni jalb qilish bilan joylashtirish
o’rtasidagi muddatnnng qisqargani bank resurslarga to’layotgan xarajatlarni
oqlamasligi mumkin.
Bank resurslari optimal darajada saqlab turish uchun ularning jalb qilayotgan
foiz stavkasining katta ta’siri bor, Ma’lum bir muddatga jalb qilinayotgan
depozitlarning foiz stavkasini bank aniq bilishi, ushbu depozitlarni o’ziga qulay foiz
stavkada joylashtirish imkoniyatlarini keltirib chiqaradi.
Shuni ta’kidlab o’tish joizki, resurslarni bu usul orqali jalb qilish bankning
boshqa aktiv operatsiyalarini rivojlantirish imkoniyatini beradi. Banklari qisqa
muddatga resurs jalb qilishlari banklarning maxsus ssuda hisobraqamlari hisobidan
qisqa muddatli kreditlash operatsiyalarini rivojlantiradi. Ya’ni, banklarida mijozlarni
overdraft va kontokorent hisobraqamlari orqali kreditlash imkoniyati paydo bo’ldi,
chunki, banklar qisqa muddatga pul mablag’larini joylashtirish uchun manba
qidirishadi. Kreditning bu usulini amaliyotga qo’llash nafaqat bank tizimi uchun,
balki umuman iqtisodiyot uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Umuman olganda, banklarning resurslari optimallashtirish uchun banklar resurs
jalb qilishning jahon amaliyotada foydalayotgan manbalarni o’z faoliyatiga kiritish
hamda resurslardan yuqori samara olish uchun mijozlarga turli-tuman bank
xizmatlarini taklif etish kerak. Shuningdek, banklar mijozlarning talablaridan kelib
chiqib o’zining depozit siyosati va rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishsa, albatta
bank resurslarining optimallashuviga erishiladi. Chunki, bank mijozlar talabining
doimiy qondirishga qodir bo’lsa, bu bankka bo’lgan ishonchni oshishiga hamda
bankning oladigan daromadi va raqobatbardoshligining oshishiga sabab bo’ladi.
O’z navbatida barqaror va uzoq muddatli likvid mablag’larni jalb qilish orqali
ular investitsion imkoniyatlarini kelgusida oshiradi, bu mamlakat iqtisodiyotini
oshirishga, investitsion jozibadorligini ta’minlashga va nihoyat ish bandlikni
ta’minlashga xizmat qiladi. Chunki tijorat banklarini resurslarini 80 va 90 %i uzoq
muddatli aktivlarga va real ishlab chiqarishni oshirishga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, zamonaviy bosqichda bank resurslarining manbalari
juda ko’p qirrali bo’lib, mamlakatda moliya bozorlarining keng ko’lamda ishlashining
ta’minlanishi ulardan samarali foydalanish imkoniyatini beradi.




  1. Download 246.01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling