Kirish Tijorat banklari faoliyatida daromatlarning tutgan o’rni va ahamyati …


Tijorat banklari faoliyatida daromadlarni oshirishni amaldagi holati


Download 246.01 Kb.
bet6/6
Sana07.03.2023
Hajmi246.01 Kb.
#1244044
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Daromadlarn oshirish

Tijorat banklari faoliyatida daromadlarni oshirishni amaldagi holati

Moliyaviy inqiroz sharoitida hukumatimiz tomonidan amalga oshirilgan islohotlar natijasida tijorat banklarining kapitali va mijozlardan jalb qilingan depozitlar hajmining barqaror o‘sishi ta`minlandi. Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida tarkibiy o‘zgartirish, samarali investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, kichik biznes va tadbirkorlikni kreditlashni qo‘llab – quvvatlashda banklarning rolini oshirilmoqda.
Foizsiz daromadlarini boshqarish bank xizmatlarini, mijozlarni to’g’ri tanlash va bu xizmatlarning narxi va ta’riflarini belgilash bilan aniqlanadi.
Tijorat banklarining daromadi investitsiya operatsiyalari bo’yicha foyda miqdori,
vositachilik to’lovlarining hajmi, shuningdek aktivlar summasi va tarkibiga bog’liq.
Jami daromadlarning muhim manbalaridan biri - bu bank tomonidan beriladigan
kreditlardir. Operatsiya daromadlarining 100 % bo’lishiga intilish, o’sish sur’ati
esa bir me’yorda saqlanishi kerak.
Respublikamiz tijorat banklari aktivlarining daromadliligini oshirish bilan bog‘liq bir qator muammolar mavjud. Bizning fikrimizcha, ulardan asosiylari sifatida quyidagi muammolarni ko‘rsatish mumkin:
Respublikamiz tijorat banklarining aktivlari tarkibida daromad keltirmaydigan va daromadlilik darajasi past bo‘lgan aktivlarni, ya`ni kassali aktivlarni, bino va inshootlarni sezilarli darajada yuqori salmoqqa ega ekanligi muammosi.
Hozirgi davrda O‘zbekistonda bank nazorati bo‘yicha tijorat banklari moliyaviy holatini tahlil qilishning o‘ziga xos tizimi tashkil qilingan. Shuningdek, tijorat banklari Markaziy bankka har oy faoliyatining ko‘p sohalarini o‘z ichiga olgan ma’lumotlar, balans hisoboti, iqtisodiy normativlar hisob-kitobi, foyda va zararlar hisobotlarini taqdim etadilar. Ushbu jarayonda tijorat banklarining aktiv operatsiyalardan oladigan daromadlarini oshirishning samarali tizimini vujudga keltirish, pul muomalasi va kredit sohasida yuzaga keladigan holatlarning iqtisodiyot boshqa sohalariga nisbatan salbiy ta’sirini oldini olishchora-tadbirlarini ishlabchiqish katta ahamiyatga egadir. Chunki tijorat banklari xo‘jalik sub’ektlarining joriy va investitsiya xarajatlarini moliyalashtirishning asosiy, birlamchi manbalaridan biridir. Buning uchun esa, banklarning daromadlilik mohiyatini chuqur anglab etish va mahalliy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda undan foydalanish masalalarini atroflicha tahlil qilish zarurdir.
Bank faoliyatining u yoki bu sohalarini o‘rganishga oid maqolalari, chiqishlari ko‘p uchraydi. Bu, albatta, ijobiy hol. Lekin, shuni alohida ta’kidlash lozimki, tijorat banklari foizsiz daromadlar mustaqil tadqiq predmeti sifatida kompleks o‘rganilmagan. Bu holat tijorat banklari moliyasini boshqarishda zaif, nuqsonli jihatlarning hanuz talaygina qismi hozirgi kunda o‘z echimini kutayotganligini tasdiqlaydi. Tijorat banklari foizsiz daromadlarini oshirish, ularning barqarorligini ta’minlash imkoniyatlarini qidirib topish muammosining nazariy uslubiy asoslarini takomillashtirish nafaqat tijorat banklari faoliyatini tartibga solishga oid davlat dasturining ishlab chiqilishida, balki shu bilan birga bank amaliyoti uchun kundalik operativ harakat dasturlarini yaratishda ham muhim ahamiyatga egadir.
Hozirgi vaqtda respublikamiz tijorat banklari aktivlarining tarkibida salmog‘iga ko‘ra ikkinchi o‘rinni kassali aktivlar egallaydi, uchinchi o‘rinni esa, asosiy vositalarga qilingan quyilmalar egallaydi. Holbuki, asosiy vositalar daromad keltirmaydigan aktiv hisoblanadi, kassali aktivlarning daromadlilik darajasi esa, juda pastdir. Rivojlangan industrial mamlakatlarning bank amaliyotida esa, tijorat banklari aktivlarining tarkibida salmog‘iga ko‘ra birinchi o‘rinni kreditlar, ikkinchi o‘rinni qimmatli qog‘ozlar shaklidagi aktivlar, uchinchi o‘rinni esa, kassali aktivlar egallaydi. Qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar daromadlilik darajasiga ko‘ra kreditlardan keyingi aktiv hisoblanadi. Bundan tashqari, ular banklarning likvidliligini ta`minlashda muhim rol o‘ynaydi. SHu boisdan ham, ko‘plab xorijiy banklarda aktivlarning daromadlilik darajasini yuqori ekanligi kuzatiladi.
Respublikamiz tijorat banklari aktivlarining daromadlilik darajasiga salbiy
ta`sir qiluvchi majburiy zahira talablarining yuqoriligi. 2005 yilning oktyabr oyidan boshlab respublikamiz tijorat banklarining milliy valyutadagi barcha depozitlari (jismoniy shaxslarning omonatlari bundan mustasno)dan 15 foiz va xorijiy valyutadagi mablag‘lar bo‘yicha 8 foiz miqdorida majburiy zahira ajratmasi olish joriy qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan 2004 yil 31 dekabr №28|5-sonli Nizomiga asosan majburiy ajratma zaxirasi 15 foiz qilib belgilandi.2009 yilda esa yana tabaqalashtirish kiritilgan bo’lsada, Bu nisbatan yuqori stavka bo‘lib tijorat banklarining kreditlash imkoniyatiga va likvidliligiga sezilarli darajada salbiy ta`sir ko‘rsatadi. Masalan, Yaponiyada majburiy zahira stavkasi 0,1 foizdan 0,125 foizgacha qilib belgilangan. Bu ko‘rsatkich Buyuk Britaniyada -0,45 foizni, AQSHda -3-12 foizni, evroxududga kiruvchi Evropa mamlakatlarida esa, 2 foizni tashkil qiladi.
Rivojlangan xorijiy davlatlar bank amaliyotida majburiy zahira stavkalari depozitlarning muddati va summasiga bog‘liq ravishda tabaqalashtirilgan.
Depozitning summasi qanchalik katta bo‘lib muddati qanchalik qisqa bo‘lsa, majburiy zahira stavkasi shunchalik yuqori belgilanadi. Natijada muddatli va jamg‘arma depozitlariga nisbatan past stavkalar qo‘llaniladi. Bu esa, tijorat banklariga mazkur depozitlarga nisbatan qulay foiz stavkalari belgilash imkonini beradi, natijada banklarning muddatli va jamg‘arma depozitlari shaklidagi resurslari ko‘payadi.
Respublikamiz tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarini rivojlanmaganligi. Tahlil natijalaridan ma`lum bo‘ldiki, respublikamiz tijorat banklarining milliy va xalqaro fond birjalaridagi faoliyati sustligicha qolmoqda. Bu holat banklarning foizsiz daromalarini tahlil qilish jarayonida yaqqol namoyon bo‘ldi. Holbuki, rivojlangan xorijiy davlatlar bank amaliyotida qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalar banklarning ssudalardan keyingi ikkinchi asosiy faoliyat turi hisoblanadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan 2000 yil 25 martdagi 5/21-sonli Nizomga muvofiq banklar tomonidan muomalaga chiqariladigan qimmatli qog‘oz depozit sertifikatidan majburiy zaxiraga ajratma qilish bo‘yicha imtiyoz berilgan edi.Lekin Markaziy Banki tomonidan 2004 yil 31 dekabr №28/5-sonli Nizomiga asosan majburiy ajratma zaxirasi 15 foiz qilib belgilandi va tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqariladigan qimmatli qog‘oz depozit sertifikati bo‘yicha imtiyoz bekor qilindi.
Bu esa banklarni qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalarini keskin kamayishiga olib keldi va o‘z navbatida bu tijorat banklarining resurs bazasining
shakllanishiga ham salbiy ta`sir qildi.
Mamlakatimiz tijorat banklarining aktivlarni boshqarishda moliyaviy instrumentlarni qo‘llagan holda amalga oshiriladigan operatsiyalarining samaradorligini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolardan biri Respublikamiz bank amaliyotida bir qator aktivlarni boshqarishda moliyaviy instrumentlarning, shu jumladan, diskont, forfeyting operatsiyalari kabi operatsiyalarni mavjud emasligi hisoblanadi.
Mamlakatimiz bank amaliyotida diskont operatsiyalarining mavjud emasligi tijorat banklari aktivlarining daromadliligini oshirishga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki, diskont operatsiyalari banklarga sezilarli darajada yuqori bo‘lgan foizli daromadlar olish imkonini beradi. Bundan tashqari, diskont operatsiyalari tijorat banklari aktivlarining daromadliligiga ziyon etkazmagan holda, banklarning likvidliligini oshirish imkoniyatini yuzaga keltiradi. Bunday imkoniyat tijorat banklarining balansidagi trattalarni Markaziy bankda qayta hisobga olish yo‘li bilan yuzaga keltiriladi. Demak, Respublikamiz bank amaliyotida diskont operatsiyalarining mavjud emasligi tijorat banklarining likvidliligini ta’minlash va aktivlarining daromadliligini oshirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.Respublikamiz bank amaliyotida forfeyting operatsiyalarini rivojlanmaganligining birlamchi sababi — mamlakatda tijorat veksellari muomalasining to‘xtatib qo‘yilganligidir. CHunki, forfeytingda mol etkazib beruvchining banki tijorat veksellarini regress huquqisiz hisobga oladi. Buning ma’nosi shuki, emitent bankrot bo‘lib qolgan taqdirda bank mol etkazib beruvchiga to‘lov yuzasidan da’vo qilish huquqidan mahrum bo‘ladi. Tijorat banklari valyuta operatsiyalarining daromadlilik darajasining past ekanligi. Amalga oshirilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan amalga oshirilayotgan valyuta operatsiyalarining 99 foizi spot operatsiyalaridan iboratdir. Spot operatsiyalarining daromadlilik darajasini tahlil qilish natijalari shuni ko‘rsatdiki, ularning daromadlilik darajasi nisbatan sezilarli darajada pastligicha qolmoqda. Buning asosiy sabablari sifatida quyidagilarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin:
- milliy valyuta-so‘mning xalqaro va regional valyuta bozorlarida
baholovchi valyuta vazifasini o‘tay olmayotganligi spot operatsiyalari hajmini
oshirishga jiddiy to‘sqinlik qilmoqda;
- respublikamiz tijorat banklarining ochiq valyuta pozitsiyalari miqdorini
qisqartirish imkoniyatlarining cheklanganligi;
Foydalilik bankning o‘z mablag‘larini ko‘paytirishning eng ishonchli manbai bo‘lib, bu mablag‘lar bank faoliyatidan ko‘riladigan zararlarni qoplashg sarflanishi mumkin. Bundan tashqari bankning rentabellik darajasi asossiz ravishda ancha yuqori bo‘lmasligi lozim, chunki yuqori darajadagi rentabellik katta zararlar xatari bilan birga keladi. Eng yaxshi boshqariladigan bank o‘z xarajatlarini qat’iy nazorat qila olishi va kredit layoqatli qarz oluvchilarni to‘g‘ri tanlay olish evaziga o‘rtachadan yuqoriroq rentabellikka erisha oladi. YUqori foyda oluvchi bank odatda, ehtiyotkor bank allaqachon voz kechgan amaliyotlarni o‘tkazish orqali bunday foydaga erishgan bank bo‘lib, bunday bankni moliyaviy barqaror deb bo‘lmaydi. Tijorat banki moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi asosiy yo‘l bu bank amaliyotini xatarsiz va samarali o‘tkazishdir.
Har bir bank amaliyotini samarali amalga oshirish bilan birga likvidlikni, aktiv va passivlarni samarali boshqarish, ularning harakatini qaytarilish muddati va summasiga ko‘ra bir-biriga muvofiqlashtirish, shuningdek spred – ular o‘rtasidagi farqni boshqarishni yuqori darajaga ko‘tarishga ham bankning moliyaviy beqarorligining kelib chiqishini bartaraf etuvchi asosiy omil sifatida qarash lozim.
Xulosa
Bank amaliyotidan ma’lumki, bugungi kunda tijorat banklari o’z faoliyatlari
davomida 10-15% o’zlarining mablag’laridan foydalanishadi. Qolgani esa jalb
qilingan mablag’lar hisobiga amalga oshiriladi. Aynan mana shu jalb qilingan
mablag’lar hisobiga banklar daromadining yuqori qismi shakllanadi. Daromadlar
esa ikki turga bo’linadi. Ular quyidagilar:
1. foizli daromad
2. foizsiz daromad.
Bank daromadini oshirish esa asosan quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
1. bankning mavjud xarajatlarini maksimal darajada qisqartirish;
2. bankning yangi xizmat turlarini ko’paytirish;
3. Markaziy bankning majburiy zaxiralarini pasaytirishi;
4. Nisbatan arzon resurslarni jalb qilishva boshqalar.
Bank faoliyati daromadining oshishi uning kapitallashuviga ham katta ta’sir
o’tkazadi. Bank kapitalining ko’payishi esa bankning barqaror faoliyat yuritishiga
imkon yaratadi. Buni bank kapitali funksiyalarida namoyon bo’ladi.
Bank kapitalining uchta asosiy funksiyalarini ajratib ko'rsatishimiz mumkin.
Bular: himoya, operativlik va tartibga solish. Bank omonatchilari manfaatlarini
himoya qilish bank asosiy funksiyasi hisoblanadi. Chunki bank aktivlarining asosiy
qismi omonatchilar hisobiga tashkil topadi.
Himoya funksiyasi zarar ko’rish xavfi tug’ilganda aktiv zaxiralar
shakllantirish orqali bankning to’lov qobiliyatini saqlab qolish, mabodo bank
tugatiladigan bo'lsa, omonat imkoniyatini beradi. Bu esa, o'z navbatida, bankning
keyingi faoliyat ko'rsatishiga keng yo'1 ochib beradi. Lekin shuni e'tiborga
olishimiz kerakki, tijorat banklari ko'pgina korxonalardan farqli o'laroq ó'zlarining
to’lovga qobiliyatligini joriy bank daromadi hisobiga ta'minlaydilar va faqatgina
zararning bir qismi kapital hisobiga qoplanishi mumkin.
Kapital o’ziga xos himoya yostig'i rolini o'ynab, yirik, ko'zda tutilmagan
xarajatlar sharoitida bankka o’z operatsiyalarimi davom ettirish imkoniyatini
beradi. Shu kabi chiqimlarni moliyalashtirish uchun bankning o’z kapitali ichiga
kiruvchi turli xil zaxira fondlar mavjud. Lekin mijozlarning ssudalarni ommaviy
qaytarilmasligi yuz berganda zararni qoplash uchun aksionerlik kapitali bir
qisminigina ishlatish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bank o'z kapitalining mavjudligi
uning ishonchligi va likvidliligining birinchi shartidir.
Bank kapitalining himoya funksiyasiga qaraganda, operativlik funksiyasi
ikkinchi darajali bo'lib hisoblanadi. U bankning mablag’larini yer, bino, inshoot
jihozlarni qoplash uchun moliya zaxiralarni shakllantirishga ajratishni o'z ichiga
oladi. Bu moliyaviy resurslar manbayi bank ishi faoliyatining birinchi
bosqichlarida ta'sischilarning birinchi navbatdagi xarajatlarni amalga oshirishlarida
juda keraklidir. Bank rivojlanishining keyingi bosqichlarida bank kapitalining roli
muhim bo'lib, bu mablag’larning bir qismi to'g'ri zaxiralarni tashkil qilish uchun
uzoq muddatli aktivlarga sarflanadi.
Download 246.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling