Kirish Tijorat banklari faoliyatida daromatlarning tutgan o’rni va ahamyati …


Download 246.01 Kb.
bet3/6
Sana07.03.2023
Hajmi246.01 Kb.
#1244044
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Daromadlarn oshirish

Foizsiz daromadlar:
 Vositachilik operatsiyalari bo’yicha foizsiz daromadlar;
 Xorijiy valyutalardagi foyda;
 Tijorat operatsiyalaridan foyda;
 Qaramxo’jalikjamiyatlariga, qo’shma korxonalarga va sho`ba xo’jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar bo’yicha;
 Investitsiyalardan olingan foyda va dividendlar;
 Boshqa foizsiz daromadlar.
O‘z navbvtida foizsiz daromadlarni o‘zi ham quyidagilarga bo‘linadi:
 Vositachilik operatsiyalari bo`yicha foizsiz daromadlar;
 Markaziy Bankka ko`rsatilgan xizmatlar va vositachilik bo`yicha;
 Boshqa banklarga ko`rsatilgan xizmatlar va vositachilik bo`yicha;
 Qimmatli qog`ozlar bilan bog`liq vositachilik operatsiyalar bo`yicha
 Bankning qimmatbaho metallar, toshlar, va tangalar bilan amalga
oshirgan operatsiyalari bo`yicha
 Faktoring bo`yicha
 Trast operatsiyalari bo`yicha
 Kreditlar bo`yicha vositachilik daromadlari
 Menejment xizmati bo`yicha
 Mahalliy to`lovlar bo`yicha vositachilik haqlari
 Kafolatlar va kafilliklar bo`yicha
 Boshqa vositachilik operatsiyalari bo`yicha
Xorijiy valyutalardagi foyda
 “SPOT” bitimi bo`yicha
 Muddatli operatsiyalar bo`yicha
 Valyuta transaksiyalari bo`yicha
Tijorat operatsiyalaridan foyda
 Qimmatli qog`ozlar bo`yicha
 Qimmatbaho toshlar, metallar va tangalar bo`yicha
 Sotishga olingan qimmatli qog`ozlar haqiqiy qiymatining o`zgarishi hisobiga olingan foyda.
Qaram xo`jalik jamiatlariga, qo`shma korxonalarga va sho`ba xo`jalik
jamiyatlariga qilingan investitsiyalar bo`yicha
 Investitsiyalardan olingan foyda va dividendlar
 Boshqa foizsiz daromadlar
 Bankning asosiy vositalaridan ijarasidan
 Boshqa ko`chmas mulklarga qilingan investitsiyalar bo`yicha
 Hisobdan chiqarilgan mablag`larning qaytarilishi
 Bank asosiy vositalari va ko`chmas mulklarini sotish bo`yicha
 Boshqa foizsiz daromadlar.
Agar biz asosiy e’tiborni tijorat banklarining daromadiga qaratadigan
bo‘lsak, u holda shuni alohida ta’kidlash lozimki, ularning daromadlari olingan
barcha foizlar, komission yig‘imlar va dividendlardan tashkil topadi.
Tijorat banklarining daromadlari va ularning iqtisodiy mazmuni to‘g‘risida
fikr bildirilayotgan paytda bank faoliyatining va shu joydagi mehnatning xarakterli
xususiyatlari ham nazardan chetda qolmasligi kerak. Tijorat banklari o‘zlarining
faoliyatlari davomida xizmatlar ko‘rinishidagi mahsulot yaratadilar va shu
mahsulotni yaratuvchi xizmatlar juda ham xilma-xil xarakterga egadir.
Birinchidan, ana shunday xizmatlardan biri vositachilik xizmatlari deb ataladiki,
ular huquqiy va jismoniy shaxslarning mablag‘larini saqlash, hisob-kitoblarni
amalga oshirish, kredit berish va hokazolar bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlardir.
Ikkinchidan, ma’lum darajada daromadli (samarali) xizmatlarni tijorat banklari
ko‘rsatib, ularga lizing operatsiyalari, shartnoma asosida qtisodiy ekspertiza,
xo‘jalik faoliyatining tahlili, maslahatlar berish va boshqalar kiradiki, ularni,
bizning fikrimizcha, ilmiy-texnikaviy mahsulotlarga tenglashtirish mumkin.
Rivojlangan xorijiy bank amaliyotiga nazar solsak, u holda hozirgi sharoitda
ularning daromadlari ko‘pincha kreditlarni berish orqali olinadigan foizlar
hisobidan shakllanayotganligining guvohi bo‘lamiz. Xuddi shu holatdan bo‘lsa
kerak, juda ko‘p iqtisodiy adabiyotlarda olingan foizlar tijorat banklarining
daromadlari sifatida talqin qilinayotir. Bizning fikrimizcha, bank daromadlarini bu
tarzda talqin etish o‘zining etarli asosiga ega emasdir, chunki, berilgan kreditlar
uchun olingan foizlar kreditlar bo‘yicha daromad hisoblanadi va foiz berilgan
kreditning daromadliligini aniqlab beradi.
Bank aktiv operatsiyalarining eng asosiysi bo‘lgan bu faoliyatdan olingan -
«daromad jalb qilingan resurslar hisobidan berilgan kreditlar bo‘yicha olingan
foizlar bilan jalb qilingan resurslar bo‘yicha bank tomonidan to‘langan foizlar
o‘rtasidagi farqdan iborat»dir. SHu bilan birgalikda, aslida bu erda mana shu
operatsiyalar hissasiga to‘g‘ri keladigan, bank tomonidan amalga oshiriladigan
moddiy xarajatlarni ham hisobga olish kerakdir.
Tijorat banklarining faoliyatiga diqqat bilan nazar soladigan bo‘lsak, «bank
pul mablag‘larini mijozlarga joylashtirishdan olingan foizlar bank faoliyatidan
olingan daromadlar»ga mos tushishini aniqlashimiz mumkin. Shu bilan birgalikda
«barcha operatsiyalar bo‘yicha "tijorat bankining daromadi pul mablag‘lari
tushumi bilan o‘sha operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan moddiy
xarajatlar o‘rtasidagi farqdan iborat» ekanligi ham esdan chiqmasligi lozim.
Ma’lumki, «tijorat banklari hisob-kitob operatsiyalarini, hisob-kassa xizmatini
ko‘rsatish va fond operatsiyalari bo‘yicha ham ma’lum daromadga ega bo‘ladi»lar.
Bizning nazarimizda, ushbu operatsiyalar bo‘yicha tijorat banklarining daromadlari
komission mukofotlari (yirimlar, to‘lovlar) va moddiy xarajatlar o‘rtasidagi
farqdan iborat bo‘lishi, shubhasiz.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari o‘z mablag‘larini qimmatli
qog‘ozlarga joylashtirishdan olingan dividentlar ko‘rinishida ham daromadga ega
bo‘lishlari mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, tijorat banklarining daromadi ular
foydasidan farqli qlaroq murakkab tabiatga egadir. Aslida esa tijorat banklarining
daromadi bank ixtiyoriga kelgan tushum bilan moddiy xarajatlar o‘rtasidagi
farqdan iboratdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromad ko‘rsatkichining moliyaviy
adabiyotlarda va kundalik amaliyotda mustahkam o‘rin olishi boshqa bir tomondan
xujalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini baholash va ragbatlantirishda daromad
kursatkichi imkoniyatlarining yo‘q bo‘lib qolganligi yoki pasayganligidan dalolat
bermaydi. Aksincha, bunday sharoitning vujudga kelganligi, bizning fikrimizcha,
daromadning roli va funksiyalari yanada kuchayganligini ko‘rsatadi. Xuddi
shuning uchun ham, bizning nazarimizda, shu kecha-kunduzning eng muhim
vazifalaridan biri daromadning hajmiga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha omillarni bilish,
uni shakllantirish jarayonini oqilona boshqarishni bilish yoki uddasidan chiqishdan
iboratdir. Agar bular tijorat banklari faoliyatida o‘ziga xos xususiyatlarga ega
ekanligi inobatga olinadigan bo‘lsa, uning alohida ahamiyatga ega ekanligi yanada
yaqqolroq ko‘zga tashlanadi.
Avvalo, tijorat banklari daromadlarining iqtisodiy mazmuni to‘g‘risida
gapiradigan bo‘lsak, ular yuqorida qayd etib o‘tganimizdek, tijorat banklarining
turli xil vazifalari zamirida vujudga keladi. Tijorat banklarining daromadi ssuda va
investitsiya operatsiyalari bo‘yicha, foyda normasiga, kursatilgan xizmatlar uchun
undiriladigan to‘lovlar miqdoriga, shuningdek aktivlarning miqdori va tarkibiga
bog‘liqdir.
Shuni alohida qayd etib o‘tishimiz lozimki, tijorat banklarining faoliyati
nihoyatda keng qamrovli va xilma-xildir. YAgona bir xolding kompaniyalari
ko‘rinishida, tijorat banklari va uning joylardagi filiallari ko‘rsatadigan
xizmatlarning xilma-xilligiga, mumkin qadar o‘z mijozlariga xizmat ko‘rsatishning
qulay hamda arzon turli ko‘rsatmalar, buyruqlar sonini bir qadar cheklangan
tartibda qullash imkoniyatlari rivojlanmoqda.
So‘nggi vaqtlarda bank ishiga kiritilayotgan muhim yangiliklardan biri
kredit kartochkalarini qo‘llash, ishbilarmonlar firmalarga zamonaviy xalqaro
andozalar asosidagi hisob varaqalari asosida buxgalteriya xizmatlarini ko‘rsatish,
faktoring operatsiyalari, ijarani moliyalashtirish, evrodollar bozoridagi
operatsiyalarda ishtirok etish favqulodda holatlarda pul hujjatlarini inkassatsiyalash
uchun abonent yashiklari tizimidan foydalanish va boshqalar.
Dunyo miqyosida tan olinayotgan eng ilg‘or va zamonaviy bank
texnologiyalarini O‘zbekiston bank tizimiga qo‘llash bu o‘z-o‘zidan banklarking
daromadlarining ko‘lamini kengaytirib bormoqda.
Tijorat banklari daromadining mohiyati va boshqa moliyaviy institutlaridan
farqlanib turuvchi xususiyati - bank pul resurslarini tashkil etib va ularni yuqori
daromadli bank portfellarini yaratish layoqati bilan xususiyatlanadi.
Tijorat banklari resurslarini tashkil qilish imkoniyatlari iqtisodiyot uchun
muhim ahamiyat kasb etadi. Ular moslashuvchan kredit tizimini amalga
oshirmoqda, qaysiki iqtisodiyotni barqaror rivojlanishiga zarur shart-sharoitlarni
yaratib bermoqda.
Bank kreditlari iqtisodiyot uchun nihoyatda muhimdir, chunki ular qishloq
xo‘jaligini, savdo va sanoatni moliyalashtirishni ta’minlaydi. Kreditlar, boshqacha
qilib aytganda «bilvosita» yoki ko‘p bosqichli bevosita ishlab chiqarish
jarayonidan farqli ravishda (ishlab chiqarish tizimida)dagi erga ishlov berib
iste’mol mollari oladigan yoki tabiiy resurslardan foydalaniladigan tarmoqlarni
rivojlantirish imkoniyatiga ega.
Bank kreditlaridan foydalanish natijasida fermerlar, qishloq xo‘jaligi
korxonalari urug‘likni, em mahsulotlarini, o‘g‘itlarni va boshqa mahsulotlarni,
ya’ni qishloq xo‘jaligi uchun eng zarur xom-ashyo va mahsulotlarni sotib olishga
imkoniyat yaratiladi. Bank kreditlari ishbilarmonlarni xom-ashyo va ishlab
chiqarish mashinalari sotib olishligini ta’minlaydi, bu esa o‘sha mahsulot
iste’molchilari, sanoat va hukumat uchun nihoyatda zarur hisoblanadi. Ulgurji va
chakana savdo firmalari bank kreditlari shakllaridan unumli foydalanib o‘z
omborlarini to‘ldiradi va iste’molchilarga yo‘naltiradi.
Tijorat banklarining transport kompaniyalariga ko‘rsatadigan moliyaviy
yordamlari natijasida qulayliklar yuzaga kelishi hamda ishlab chiqaruvchilardan
so‘nggi iste’molchilarga mahsulotlarni yuklab jo‘natishda ham qulayliklar yuzaga
keladi. Bundan tashqari ular qishloq xo‘jaligini, savdoni hamda sanoatni
moliyalashtiradi va ssudalar berish bilan iste’molchilar talab-ehtiyojini qondirishni
qulaylashtiradi.
Tijorat banklari daromadi iqtisodiy mazmunining yana bir muhim xususiyati –
to‘lov mexanizmini ta’minlash yoki mablag‘larni ko‘chirishdir va bu vazifaning
ahamiyati ishonchli cheklarga va kredit kartochkalariga qaraganda muhimlikni
ta’minlaydi, to‘lov manbalaridan yuqori samara bilan foydalanish yalpi milliy
mahsulotga nisbatan moliyaviy operatsiyalar o‘sishiga qaramasdan pul
jamg‘armasining asta-sekin kamayishidan dalolat beradi.
Pul ko‘chirish operatsiyalarida sezilarli o‘rinni talab qilungunga qadar
depozitlar shaklidagi pul mablag‘lari egallaydi, ayniqsa ulardan foydalanish
samaradorligi tobora oshib bormoqda. Bu hisob-kitoblarni ishlash
texnologiyasining juda talab darajasida ekanligidan dalolat beradi, bu esa
ishbilarmon kompaniyalar va xususiy shaxslarni o‘z mablag‘laridan juda samarali
foydalanishga intiltiradi, hamda jamg‘armachilarga mablag‘larni tushish
o‘rtasidagi farqni qisqartiradi va to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga imkon
beradi.
Plastik kartochkalarini qo‘llash tizimini yaratish bo‘yicha o‘tkazilgan
tajribalar ularning kredit kartochkalarini qo‘llash tizimiga aynan o‘xshashligini
tasdiqladi. Bu bir-biriga mos banklarni kompyuterlariga kiritiladi va xarid qiluvchi
hisob varag‘idan mablag‘larni sotuvchi hisob varag‘iga ko‘chiriladi. Bu tizimlar
bank kassasi avtomatlarini ko‘plab banklarga o‘rnatishdan dalolat beradi. Mijozni
bu apparatlardan foydalanishi bank kredit kartochkalariga bankdagi o‘z schyotidan
mablag‘larini olishi va sarflashi mumkin, schyotga pullarni kiritish, qarzlarni
qaytarish, joriy schyotda o‘z jamg‘arma schyotidagi mablag‘larni o‘tkazishni
amalga oshiradi.
Tijorat banklarining muhim vazifalaridan biri — iqtisodiyotning barcha
tarmoqlari uchun, jamg‘armalarni to‘planishini ta’minlash, ularning sotsial
ehtiyojlari va iqtisodiyotning turli xil tarmoqlarida foydalanilishini ta’minlashdan
iborat.
Tijorat banklarida jamg‘armalar joylashtirilganda tula xavfsiz va yuqori
likvid shaklda bo‘ladi, chunki jamg‘arma egasi foiz ko‘rinishida o‘z jamg‘armasi
uchun ma’lum bir summada haq oladi. Jamg‘armalarning to‘planishi bilan tijorat
banklari ular hisobidan mablag‘larni ishbilarmonlarga ishlab chiqarish quvvatini
kengaytirish uchun va iste’mol mollari va uy-joy sotib oluvchi iste’molchilarga
kreditga berishi mumkin. Bizning jamiyatimizda etarli darajada yuksak
daromadlilikka erishish uchun, jamgarish alohida ahamiyat kasb etadi.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda bank daromadlarining sezilarli qismi tashqi
savdo operatsiyalarini moliyalashtirishdan olinadi. Masalan, jismoniy shaxslar
Fransiyadan vino, Germaniyadan avtomobil, Italiyadan poyafzal yoki Angliyadan
Ekonomist jurnaliga obuna bo‘lish bo‘yicha buyurtma beradilar, ayrim holatlarda
xorijiy sotuvchining Amerika dollarida to‘lovni olishni istamasligi kabi holatlarga
duch kelib qolishi mumkin. Binobarin, chet el valyutasi (masalan, evro, funt
sterling, ien)da to‘lovlarni utkazish uchun chet el valyutasiga ega bo‘lishi zapyp.
Buning uchun sotib oluvchi tijorat bankiga murojaat qiladi va chet el valyutasida
zarur mablag‘ni oladi.
Ehtimol, sotib oluvchi tomonlarning qat’iy bo‘lmagan majburiyatlari asosida
shunday shartnoma variantini tuzmasa va u ko‘proq savdo kelishuviga
ishbilarmonlik jihatidan yondoshishni afzal ko‘radi. Muammolarni echimida tovar
akkreditivlarini sotib oluvchilarga ko‘rsatish maqsadga muvofiq bo‘ladi, chunki u
bankning xususiy shaxs yoki firmaga ma’lum summani, ya’ni akkreditiv xatida
ko‘rsatilgan shartlarni bajarish uchun to‘lov kafolatini (tratta) qabul qilish va
to‘lash bo‘yicha yozma ravishdagi majburiyatnomasini taqdim etadi.
Qachontovarbo‘yichaakkreditivko‘rsatilsa, sotuvchivasotib oluvchi huquqlari
himoyalangan: bir tomondan tovarning turi va uni jo‘natish shartlari ko‘rsatilgan,
boshqa tomondan bank majburiyati tovarni to‘lash uchun sotuvchiga
kompensatsiya qilish, sotib oluvchining moliyaviy ahvoli to‘g‘risida ma’lumot
bilan ishtirok etish. Hisob-kitoblar akkreditivlar orqali ko‘pchilik tashqi savdo
operatsiyalarida amalga oshiriladi.
Chunonchi, har bir davlatning fuqarosi xorijiy davlatlarga sayohat qilishni
istashadi, buning uchun tijorat banklarining alohida xizmatlariga ehtiyoj sezadi.
Bundan tashqari, ular o‘zlari bir qancha summadagi milliy valyutalarini xorijiy
valyutalarga almashtirishni xohlaganda, turistlar, pulli akkreditivlar yoki turistik
cheklarni sotib olishi mumkin. Tashqi savdoga va xorijiy turizmga tijorat banklari
moliyaviy xizmat ko‘rsatadilar va ular davlatlar o‘rtasida tovar ayirboshlashni
engillashtiradi va tovarlarni arzon olishga ko‘maklashadi. Xalqaro savdoning
o‘sishiga qarab tijorat banklarini amalga oshirayotgan xalqaro hisob-kitoblari
hajmi ham o‘sadi.
Bundan shu narsani aytish lozimki, yuqorida qayd etilgan xalqaro savdo
munosabatlari va xalqaro turizm bo‘yicha hisob-kitob xizmati ko‘rsatish, bu
nafaqat, mamlakat uchun katta miqdorda xorijiy va milliy valyutalarni tushishini
ta’minlaydi, balki tijorat banklari uchun ham daromadliligini ta’minladi.
Tijorat banklarining daromadlarining o‘sishi yirik material qiymatliklarni
to‘plashga olib keladi, qaysiki, o‘z navbatida tijorat banklarining ishonchli
operatsiyalarini o‘sishiga etakchi xizmat qiladi.
Jismoniy shaxslar hayoti davomida o‘z mol-mulklaridan kamtorona
foydalanishni xohlashadi. Shuning uchun o‘z tasarrufidagi mol-mulklarini
boshqarish uchun tijorat bankiga topshiradi, o‘z navbatida tijorat banklari trast
bo‘limlari ushbu mol-mulklarni merosxo‘rlari va avlodlari qiziqishiga qarab o‘z
qo‘lida tutib turadi va boshqaradi. Bir qancha mulkka egalik qiluvchi trast
bo‘limlari, shuningdek kapitalni daromadli aktivlarga investitsiya qilish uchun ham
fondlarni boshqarish va ishonchlilik shartlariga muvofiq daromadlarni
taqsimlashga javob beradilar.
Trast bo‘limlari korporatsiyalarga bir necha xizmat turlarini taqdim etadi.
Ulardan biri pensiya fondlari mablag‘larini boshqarish va foydada o‘z dasturi bilan
ishtirok etish, keyingi yillarda buning ahamiyati tez oshdi. Bu muhim vazifaga
yana shuni qo‘shimcha qilish lozimki, trast-bo‘limlari obligatsiya zayomlari
bo‘yicha agent vazifasini ko‘rsatadi, egasi yozilgan aksiyalarga egalik qilish
huquqini berish bo‘yicha agent, korporatsiyalar uchun aksiyalarini ro‘yxatga olish
kabi xizmatlarini ko‘rsatadi.
Trast bo‘limlari amortizatsiya fondlarini boshqarish mumkin va aksiya,
obligatsiyalarni chiqarish va sotish bilan bog‘liq boshqa ko‘plab operatsiyalarni
amalga oshiradi.
Tijorat banklari daromadning yana bir muhim xususiyati — bu foizsiz
daromad olishdir. Bulardan biri qimmatliklarni saqlash operatsiyalarini mijozlarga
taqdim etish hisoblanadi.
Tijorat banklarining seyflarida qimmatliklarni saqlash bo‘yicha xizmatlarni
taqdim etishi, bu qadimiy xizmat turlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Tijorat banklari
ochilishi juda qiyin bo‘lgan, hatto eng mohir qulfbuzar o‘g‘rilar ham
ocholmaydigan seyflardan foydalanib uzoq; vaqtlar katta e’tibor bilan qimmatli
boyliklarni ishonchli saqlanishini tashkil qilmoqda.
Qimmatliklarni banklarda saqlash ikki usulda amalga oshiriladi:
1. Qimmatliklarni saqlash uchun seyflarga taqdim etish;
2. Po‘lat sandiqlarda saqlash.
Saqlash uchun seyflarni mijozlarga ijaraga ham berish mumkin. SHartnoma
bo‘yicha mijoz o‘zining qimmatliklarini holatini xohlagan vaqtda ko‘zdan
kechirishi mumkin. Tijorat banklari faqat seyf yoki yacheykani taqdim etadi va
saqlash bilan bog‘liq xizmatlarni ta’minlaydi. Nihoyat bu juda muhim bank seyfga
kirish yo‘lini nazorat qiladi. Bu ijaradagi seyf, nafaqat bank uchun kafolatni
ifodalaydi, balki uning seyfga a’zolik qilishga ruxsat etadi.
Uni amalga oshirish mijozning shaxsan tasdiqlashi bilan ta’minlanadi, ikki
tabaqali qulf va xizmat ko‘rsatuvchi xodim tomonidan eng e’tiborlilik bilan
nazorat qilinadi.
Seyfda qimmatli qog‘ozlar quyilishi mumkin, muhrlangan hujjatlar, sug‘urta
polislari va boshqa turli xil taqdim etilgan shaxsiy buyumlar, qaysiki uning egasi
uchun faqat qimmatbaho bo‘lsa. Tijorat banklari seyflarida saqlanayotgan
buyumlar qiymatini aniqlash mumkin emas.
Hukumatning qimmatbaho medallari, oltin uzuk va taqinchoqlar. Tangalar,
zulflar va xuddi shunga o‘xshash qimmatli buyumlar saqlanayotgan seyf ondasonda ochiladi va qaysiki mijozning o‘limidan so‘ng notarius ishtirokida
ko‘rsatiladi.
Po‘lat sandiqlarda saqlash seyflarini taqdim etishdan farq qiladi, chunki bu
holda banklarni o‘zlari qimmatliklarni saqlash uchun qabul qiladi va agent rolini
o‘ynaydi. Tijorat banklari nihoyatda xilma-xil qimmatliklarni saqlash xizmatlari
hech bo‘lmaganda saqlashga qabul qilingan qimmatli qog‘ozlar: aksiya,
obligatsiyalarni alohida tayinlangan po‘lat sandiqlarda saqlashni tashkil qiladi.
Qimmatli kog‘ozlar. Bank ssudasi ta’minoti uchun berilgan kafolat xatlarini
qabul qilishda qimmatli qog‘ozlarni boshqarish, trast bo‘limlari ishonchliligi
bo‘yicha amalga oshiriladi hamda po‘lat sandiqlarda saqlanadi. Po‘lat
saqlagichlariga ega bo‘lmagan kichik banklarga, o‘zining qimmatli qog‘ozlarini
saqlash uchun yirik banklardagi xizmatlardan foydalanadi, po‘lat sandiqlarda
qimmatli qog‘ozlarni saqlash korporatsiyalar uchun odatdagi moliyaviy va
nomoliyaviy amaliyotdir.
Ushbu turdagi bank xizmatlari ham bank daromadlari tarkibida kichik
salmoqqa ega bo‘lsada, nafaqat, mijozlarning qimmatliklarini bexavotir saqlashga,
ularni qimmatliklardan mahrum bo‘lib qolish xavfidan himoya qilishga, balki
ushbu tur xizmatlardan ham daromad olib, bank daromad bazasini
mustahkamlashga imkon yaratadi.
Biz ushbularni bayon qilib, tijorat banklari daromadlarining iktisodiy
mazmuni, ya’ni banklarning qaysi iqtisodiy jarayonlaridan daromadlar
shakllanishi, ushbu daromadlarni yuzaga kelish mexanizmi, ya’ni banklar
mijozlarga qanday vazifalarni bajarib, o‘z daromad bazasini shakllantirishga,
tijorat banklarining asosiy daromad manbalarini iqtisodiy mazmuni, shaklshamoyilini yoritishga harakat qildik. Bundan shu narsani xulosa kilib aytish lozimki, tijorat banklari iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi sifatida xalq xo‘jaligi tarmoqlariga, ya’ni xo‘jalik yurituvchi jismoniy va huquqiy shaxslarga turli-tuman bank xizmatlarini ko‘rsatib, nafaqat iqtisodiyotni izchil rivojlantirib borishga, balki o‘z xizmat vazifalaridan kelib chiqib, moliyaviy imkoniyatlarini o‘shalardan kelayotgan daromadlar evaziga mustahkamlab borishga harakat qiladi.
Aktiv operatsiyalarning daromadliligi bilan bir qatorda ularni riskka uchrash
darajasi masalasi ham muhim ahamiyatga egadir. Agar resurslar kassa qoldig‘i,
Markaziy bankdagi «Nostro» vakillik hisob varag‘i qoldig‘i, hukumatning
qimmatli qog‘ozlariga joylashtirilsa bank aktiv operatsiyalarining risk darajasini
keskin kamaytiradi, lekin ularning daromadliligiga zarar etishi mumkin. Boshqa
tomondan, aktivlarni tijorat qimmatli qog‘ozlarga, kreditlarga va valyuta-almashuv
operatsiyalariga yo‘naltirish yuqori risk darajasiga ega va yuqori daromad
keltiradi, lekin bunday operatsiyalar ko‘lamining haddan ziyod kengayishi bank
likvidliligiga jiddiy ziyon etkazib qo‘yishi mumkin. SHu boisdan ham bank
aktivlari samaradorligini oshirishda risklarni minimallashtirish masalasini nazardan
qochirmaslik birlamchi ahamiyatga ega bo‘lgan voqelikdir.


  1. Download 246.01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling