Kirish Tijorat banklari faoliyatida daromatlarning tutgan o’rni va ahamyati …
Tijorat banklari faoliyatida daromatlarning tutgan o’rni va ahamyati
Download 246.01 Kb.
|
Daromadlarn oshirish
Tijorat banklari faoliyatida daromatlarning tutgan o’rni va ahamyati
Bozor iqtisodiyoti sharoitida, barcha tijorat faoliyatining asosiy maqsadi maksimal darjada olinadigan daromadlari miqdorini oshirishdan iborat bo‘lgani kabi, tijorat banklari, xam doimiy olinishi mumkin mumkin bo‘lgan daromadlarini oshirib borishga harakat qilinadi. Banklarning klassik vazifalaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, banklarning asosiy daromadlari ularning aktiv operatsiyalari hamda vositachilik faoliyati natijasida vujudga keladi. Oxirgi yillarda rivojlangan davlatlarda katta ahamiyatga ega bo‘lib borayotgan nokredit xarakterdagi mijozlarga bank xizmatini ko‘rsatish daromad manbasining muhimligi bo‘yicha ikkinchi hisoblanadi. Odatda bu daromadlarni komission daromad deyiladi. Xizmatlarga to‘lov, komission mukofot ko‘rinishida olinadi. Komission mukofot hamma qilinadigan operatsiya yoki shartnoma summasidan foiz ko‘rinishida o‘rnatiladi. Bank xizmatlari juda ham xilma-xildir va doimo xar xil yangiliklar bilan to‘ldirib boriladi. Bankka komission daromad keltiruvchi asosiy xizmatlarga quyidagilarni kiritish mumkin: yuridik va jismoniy shaxslarning hisob-kitob kassa xizmatlari, plastik kartochkalar bilan operatsiyalar, bank kafolatlarini berish, mijozlarning valyuta shartnomalaridagi bank xizmatlari, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi brokerlik xizmatlar va boshqalar. Rossiyada, shuningdek ko‘pgina chet davlatlarda ko‘pchilik banklar hisobkitob, kassa va boshqa xizmatlarini mijozlarga tekinga ko‘rsatishardi. Foiz marjasining pasayishi natijasida, ya’ni, resurslarni jalb qilish va joylashtirishning o‘rtacha qiymatlari orasidagi farq tufayli banklar bunday amaliyotdan voz kechishlariga to‘g‘ri keldi. Hozirgi paytda banklar umumiy daromadlari hajmida komission daromadlarning o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu faqatgina foiz marjasi darajasining qisqargani va moliya bozoridagi daromadlaridan tashqari, komission daromadlarining foizli daromadlarga nisbatan barqarorligi bilan bog‘liq. Bundan tashqari bank chet el valyutasidagi vositalarni qayta baholash orqali ham daromad olishi mumkin. Agar chet el valyutasi kursining oshishi, shu valyutadagi nominallashtirilgan bank aktivlari passivlarni oshiradi va aksincha, chet el valyutasi kursining pasayishi, shu valyutada nominallashgan aktivlarning oshishiga olib keladi. Valyuta kursining katta tebranishi va bankning valyuta bozoridagi yuqori aktivligi sharoitida, bu daromadlar bankning operatsion daromadlari tarkibida muhim hissaga ega bo‘lishi mumkin. Qo‘shimcha faoliyatdan daromadlar bank daromadlari tarkibida unchalik katta ulushga ega emas. Ular o‘z ichiga nobank harakterdagi xizmatlar ko‘rsatishdan, korxona va tashqilotlar faoliyatida ishtirok etishdan, ijaraga berish va binoni realizatsiya qilishdan va boshqalardan daromadlar oladi. Bank yordamchi bo‘limlarning tijorat faoliyatidan qo‘shimcha daromad olishi mumkin. Masalan, agar bank shaxsiy reklama xizmatiga ega bo‘lsa, o‘z mijozlariga reklama xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, boshqa xizmatlar ham faqatgina bank faoliyatini ta’minlashga emas, balki mijozlarga pullik xizmat ko‘rsatishlari ham mumkin. Bular yuridik, informatsion, telekommunikatsiya, marketing, auditor, transport va boshqa xizmatlar bo‘lishi mumkin. Bank asosiy va qo‘shimcha faoliyat daromadlaridan tashqari, boshqa daromadlar kategoriyasiga kiruvchi boshqa daromadlar ham olishi mumkin. Ular: –jarima, penyalar, mijozlardan olinadigan jarimalar, –ortiqcha tushumlarning kassaga tushushi; –zahira summasini qayta tiklash; –hisobot yilida tushgan yoki aniqlangan o‘tgan yilgi daromadlar; –daromadga soliq ortiqcha to‘laganligi uchun byudjetdan mablag‘ qaytarish va boshqalar. Bu daromadlar mohiyatan tasodifiy yoki bankning hisobot davrida «Ishlab topilmagan» hisoblanadi. Ular odatda kelasi davrga daromad rejasi tuzilganda hisobga olinmaydi. Bank daromadlari ikki asosiy guruhga bo’linadi: Foizli daromadlar; Foizsiz daromadlar. Foizli daromadlar – oldindan shartnoma asosida belgilangan foiz stavka bo'yicha hisoblanadi. Bulardan asosiylari kredit bo'lib banklar o'z kapitalini tezroq ko'paytirish maqsadida, jalb qilingan mablag’lardan samarali foydalanish va ulardan foydalanib ko'proq foyda olish uchun qisqa muddatli kreditga ko'proq mablag’ yo'naltiradi. Banklar mijozlarning hisobidan ularning topshiriqlarini bajarish bilan bog’liq komission operatsiyalarni ham olib boradilar. Bunday komission operatsiyalar mamlakat ichida yoki bir mamlakatdan boshqa mamlakatga pul o'tkazishda, bank o'z mijozlariga ularning hisob-kitob, joriy, valyuta, qarz va boshqa hisobvaraqlarini ochish hamda yuritish bo'yicha ko'rsatadigan xizmatlar, naqd pul berish (olish) shuningdek axborot, maslahat, ekspertiza hamda boshqa xizmatlar ko'rsatishda yuzaga keladi va ulardan olinadigan haqlar ham bank daromadini tashkil etadi. Bundan tashqari banklar investitsiya bo'yicha, ya'ni qimmatli qog’ozlarni sotib olish orqali ham yuqori daromad oladilar. Tijorat banklari qimmatli qog’ozlar chiqarish va joylashtirish bilan ham shug’ullanishi mumkin. Ya'ni, bank qimmatli qog’ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga asosan qimmatli qog’ozlarni boshqarish, qimmatli qog’ozlar bilan boshqa operatsiyalarni bajarish orqali daromad ko'radi. Foizli daromadlar klassifikatsiyasi: a) O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi hisobvaraqlar bo’yicha foizli daromadlar; b) Boshqa banklardagi hisobvaraqlar bo’yicha foizli daromadlar; c) Oldi-sotdi qimmatli qog’ozlari bo’yicha foizli daromadlar; d) Kredit operatsiyalari bo’yicha foizli daromadlar; e) REPO operatsiyalari bo’yicha; k) Lizing bo’yicha. Download 246.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling