Kirish. Uchma-uch kontaktli payvandlash tarixi. Diskaning konstruksiyasi va maretialiga xarakteristika


Diskaning konstruksiyasi va maretialiga xarakteristika


Download 42.24 Kb.
bet2/3
Sana06.04.2023
Hajmi42.24 Kb.
#1333987
1   2   3
Bog'liq
kurs ishi 7 (2)

Diskaning konstruksiyasi va maretialiga xarakteristika.

Bugungi kunga kelib avtomobil disklarining keng assortimenti mavjud. Hozirgi kunda avto ulov foydalanuvchilari foydalanish shartiga ko’ra, qotishma yoki shtamplangan po’lat disklardan foydalanishlari mumkin. Doimiylikni va mashinaga qo’shimcha mablag’ sarflashni istamaganlar uchun har doim shtamplangan disklardan foydalanish imkoniyati mavjud.
Shtamplangan po’lat disklarning afzalligi va kamchiliklari qanday degan savol
tug’ulishi mumkin. Bu tog’risida quyidagicha izox berib o’tamiz:
aksariyat avtomobil foyadalanuvchilari uchun narxining hamyon bobliligi;
har qanday turdagi mashinalar uchun ishlab chiqarish imkoniyati mavjudliligi (yo’lovchi, yuk va maxsus texnikalar);
tashqi zarbalarga chidamliligi, metallning yaxshi elastikliligi. Bu xususiyatlar albatta ishlab chiqarish keng ko’lamda olib borilishini ta’minlaydi;
yuqori darajada ta’mirlash imkoniyati mavjudliligi, bu esa o’z navbatida og’ir shikastlangan diskni qayta tiklash imkonini beradi;
turg’un muvozanat;
disklarga turli hil ko’rinishga (dizaynga) ega bo’lgan qoppoqlarni joylash imkoniyati mavjud;

Shtamplangan po’lat butun dunyoda keng tarqalgan avtomobil disklari hisoblanadi. Kam xarajatli ishlab chiqarish texnologiyasi va po’lat yetishmovchiligining yo’qligi shtamplangan disklarni narxini past darajada ushlab turishga imkon beradi.


Shu bilan birga po’lat g’ildiraklar bir qator muhim kamchiliklarga ega:
Shtamplangan po’lat disklarning afzalligi va kamchiliklari qanday degan savol tug’ulishi mumkin. Bu tog’risida quyidagicha izox berib o’tamiz:
qattiq vazn, bosimsiz massani oshiradi. Natijada, ishlab chiqarish tezroq eskiradi, yoqilg’i sarfini oshiradi, mashina manevrada yo’qotadi;
avtomobil egalarini dekorativ qopqoqlarni sotib olish va o’rnatishga majbur qiladigan axloqiy bo’lmagan ko’rinish;
po’lat disklarning bir qancha muddatdan so’ng zang hoisl bo’lishi yana disk xarid qilish noqulaylik keltrib chiqaradi



  1. Diskaning detallarini tayorlash jarayoniga izox berish.

Barchamizga ma’lumki avtomobil va g’ildirak tushunchalari bir-biriga bog’liq hamda ajralmas tushuncha hisoblanadi. G’ildiraklarning asosini disklar tashkil qiladi. G’ildirak disklar bugungi kunga kelib ulkan masofani bosib o’ta olgan yuqori texnologiyali qurilma hisoblanib kelinmoqda. Albatta, zamonaviy disklar hozirgi kunga kelib yuqori sifatli dizaynga ega bo’libgina qolmasdan yuqori mustahkamlikka ega, ishonchli va yengil bo’lishliligi talab qilinmoqda. Hozirgi kunga kelib avtomobil disklarini kamchiliklarini hisobga olgan holda ideal holatdagi disk hali hamon ishlab chiqarilgan emas. Shuning uchun ishlab chiqaruvchilar doimiy ravishda avtomobil disklari uchun yangi materiallar yaratish, ishonchliligini oshirish, vaznini engillatish, tayyorlash texnologiyasini takomollashtirish ustida izlanishlar olib bormoqdalar.
Ma’lumki yengil avtomobil disklari ko’p xollarda ajralmaydigan qilib tayyorlanadi va ular birbiridan konstruktsiyasi, foydalaniladigan shina o’lchamlari, tayyorlangan materiali hamda ishlab chiqarish texnologiyasi bilan farq qiladi.
Hozirgi kunda eng ko’p tarqalgan disklar yuqorida takidlab o’tilganidek shtamplab tayyorlangan po’lat g’ildiraklar bo’lib hamda dunyo miqyosida ishlab chiqarilishi bo’yicha yetakchi o’rinda hisoblanadi. Oxirgi yillarda kam uglerodli kam legirlangan yuqori mustaxkamlikka ega po‘lat listdan shtamplab tayyorlangan g‘ildiraklarning vaz-ni yengil qotishmali quyma g‘ildiraklarga yaqinlashib bormoqda. Ammo bugungi kunda ishlab chiqarish korxonalarida g’ildirak disklarini tayyorlashda ishga yaroqsiz disklarning miqdori belgilangan 5% li meyordan ortiqni tashkil etmoqda.
Misol uchun: Andijon viloyatida joylashga "Uz Avto AUSTEM" qo’shma korxonasida ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobil disk obodalarini payvandlash liniyasida nuqsonlar 10 dan 13 % gachani tashkil etmoqda. Bu albatta ishlab chiqarish jarayoning jadal suratda rivojlanib borishiga, ortiqcha material sarfini ortishiga, bu esa albatta mahsulot tannarxini ortib ketishiga, iqtisodiy samaradorlikning pasayib

ketishiga sabab bo’layotganligi uni korxona oldidagi dolzarb muammolardan biri ekanligi hech kimga sir emas. Albatta bunday muammolarni kelib chiqish sababini o’rganish hamda ularga yechim topish har bir injener vazifasi hisoblanadi.


Hozirgi kunda "Uz Avto AUSTEM" qo’shma korxonasida “GSVEM”, “J 200”, “M-300”, “T 250” avtomobil modelleri uchun jami 7 ta turdagi disklar ishlab chiqariladi va buning uchun “ST-HR 420”, “SPFH590”, “SAPH440” kabi markali po’lat listlardan foydalaniladi.

Download 42.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling