Kirish Xalqaro moliyaning mohiyati
Download 37.04 Kb.
|
Xalqora moliya tashkilotlarining jahon xo
Xalqora moliya tashkilotlarining jahon xo'jaligini rivojlantirishdagi o'rni Reja:
Xalqaro moliyaning mohiyati Xalqaro tashkilotlar moliyasi va xalqaro moliyaviy institutlar 3 Jahon moliyaviy muhiti Xulosa Foydalangan adabiyot KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi kunda davlatlararo har tomonlama hamkorlikning bir ko’rinishi sifatida xalqaro tashkilotlar va fondlarning ahamiyati ortib bormoqda. Ular siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy sohalarda umumiy tusdagi maqsadlarga erishish uchun davlatlar, milliy institutlar, nodavlat assotsiatsiyalarini birlashtiradi. Xalqaro tashkilotlar o’z faoliyatini har tomonlama muvofiqlashtirish uchun o’z fondlarini tashkil etadilar. Bu fondlar orqali ma’lum bir davlat iqtisodiyoti yoki uning tarmoqlari moliyalashtiriladi. Mamlakatimiz ham qator xalqaro tashkilotlarning a’zo hisoblanib, har yili yurtimizda xalqaro nufuzli tadbirlar uyushtiriladi. Islom Karimov O’zbekistonning jahon xo’jaligidagi o’rni haqida shunday deganlar: “ Uzoq muddatli istiqbolga mo’ljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan navbatdagi muhim ustuvor yo’nalish-bu asosiy yetakchi sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan iborat. Dunyodagi mashhur va nufuzli kompaniyalar, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki, Janubiy Koreya, Yaponiya taraqqiyot banklari singari moliya institutlari, qator arab davlatlarining investitsiya fondlari va boshqa xorijiy tashkilotlar yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan, yuksak texnologiyalarga asoslangan mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda bizning yirik hamkorlarimiz bo’lmoqda” Tadqiqot maqsadi: Xalqaro moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlar faoliyatini o’rganish, ularning jahon xo’jaligida tutgan o’rnini aniqlash va kelgusida rivojlanish istiqbollarini ko’rib chiqadi. O`zbekiston Respublikasida xalqaro moliya munosabatlarini takomillashtirish masalalarini yechish bo`yicha amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat. Ishning maqsadidan kelib chiqqan holda ishga quyidagi vazifalar qo`yilgan: - milliy xo'jalikning rivojlanishlda xalqaro moliya munosabatlarining ahamiyatini o`rganish; - iqtisodiyotning rivojlanishlda tashqi iqtisodiy aloqalarning hamda xalqaro moliya munosabatlarining roli va ahamiyatini tahlil qilish; - xalqaro moliya tashkilotlari va ularning xalqaro moliya munosabatlarida tutgan o’rnini aniqlash; - xalqaro moliyaviy munosabatlari takomillashtirishda xalqaro kredit va xorijiy investitsiyalarni rivojlantirish yo`llarini tanlash; - O’zbekiston respublikasida xalqaro kafolatlarni qo’llash masalalarini aniqlash; - O`zbekistonda milliy xo`jalikning rivojlanishida xalqaro moliyaviy munosabatlarining roli va axamiyati tahlil qilish; Tadqiqot vazifalari: - Milliy iqtisodiyot rivojlanishida moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlarning rolini aniqlash; - Moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlarning jahon xo’jaligida tutgan o’rnini aniqlash; - Jahon taraqqiyot banki faoliyati bilan tanishish; - Moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlar, xususan, Xalqaro valyut-kredit tizimini yanada rivojlantirish. Download 37.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling