Kirish Xalqaro savdoni amalga oshlrishda to`qnash bitimlar


Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish


Download 105.29 Kb.
bet6/12
Sana17.06.2023
Hajmi105.29 Kb.
#1552007
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
RIVOJLANISHDA XALQARO SAVDONING ROLI

Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish. Loyiha tashabbuskori tomonidan tijorat bankiga (lizing kompaniyasiga) kredit ta'minoti bo’yicha to’la hujjatlar to’plami o’rnatilgan talablarga muvofiq taqdim qilinganda, tijorat banki (lizing kompaniyasi) 10 kunlik muddat ichida loyihani amalga oshirishni ta'minlovchi qator xarajatlar bo’yicha moliyalashtirishni amalga oshiradi. Loyiha tashabbuskorida sug’urtalash va TIAni ishlab chiqish bo’yicha xizmatini to’lash uchun yetarli mablag’ mavjud bo’lmaganda, ushbu xizmatlarga bo’ladigan xarajatlarning 50 foizidan oshmagan qismini kredit summasiga kiritish mumkin. Loyiha tashabbuskori, qarzga olingan mablag’larning maqsadli ishlatilishi, ishlab chiqarish quvvatini o`zlashtirish va kreditning o’rnatilgan muddatlarda qaytarilishi uchun amaldagi qonunlarga asosan javobgar hisoblanadi.
Tijorat banki (lizing kompaniyasi) ajratilgan mablag’larning maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat o’rnatadi. Bank amaliyotida qabul qilingan qoidalarga mos holda, kreditning o’z vaqtida qaytarilishi monitoringini amalga oshiradi. Ajratilgan kredit mablag’lari maqsadli ishlatilmaganda hamda kredit o’z vaqtida qaytarilmagan hollarda tijorat banki (lizing kompaniyasi) quyidagi choralarni ko’radi:
- loyiha tashabbuskori hisobvaragida mablag’ mavjud bo’lsa, undagi har qanday valyutadagi mablag’larni ogoxlantirishsiz olish;
- loyiha tashabbuskori hisobvaragida yetarli miqdordagi mablag’ mavjud bo’lmaganda, e'tibomi garovga qo’yilgan mulk va loyiha tashabbuskori tomonidan taqdim qilingan boshqa ta'minotni undirishga qaratadi;
- loyiha tashabbuskori mansabdor shaxslari lavozimini suiste'mol qilganda va qonunda kuzda tutilgan boshqa shunga o’xshash xoUarda, ushbu mansabdor shaxslami jazolash yuzasidan amalga oshiriladigan javobgarlikka tortish.
O’zbekiston Respublikasida barcha kredit munosabatlari mavjud qonunlar va hukumat hamda O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining me'yoriy hujjatlari bilan tartibga solinadi.
3. O’ZBEKISTON XALQARO SAVDO VA XALQARO KREDIT MUNOSABATLARI MUHITIDA
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, respublika oldida xalqaro integratsiya jaryoniga jalb qilingan iqtisodiyot, milliy davlatchilikni shakllantirish bilan bog’liq bir qator masalalar paydo bo’ldi. Shu munosabat bilan respublikaga xalqaro moliya munosabatlarning to’la ishtirokchisi bo’lishga imkon beruvchi qator maqsadlar belgilab qo’yildi. Bularning ichida eng muhimi sifatida, bozor iqtisodiyotini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni ko’rsatish mumkin.
O’zbekistonda chet el investorlariga yaratilayotgan investitsiya imkoniyatlari, respublika hukumati siyosatining xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalaridagi muhim yo’nalishini belgilaydi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlatchiligini kulga kiritganiga ko’p bo’lmaganligini, shuningdek, kapital, investitsiyaga talab butun dunyoda usayotganini hisobga olgan holda, mamlakatda xorijiy investorlarga yaratilayotgan investitsiya imkoniyatlarini xalqaro ishbilarmonlar doirasida yoyish bo’yicha faol ishlar olib borilmoqda. Xususan, 1994 yilning martida Toshkentda BMT vakolatxonasi bilan hamkorlikda «O’zbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo’yicha ochiq mulokot» xalqaro konferentsiya o’tkazildi.
Londonda 1994 yildan beri o’tkazilayotgan «Doing business in O’zbekiston)) konferentsiyasi endi an'anaviy bo’lib qoldi. 1995 yilning oktyabrida O’zbekiston hukumati BMT institutlari bilan hamkorlikda Jenevaning Millatlar Saroyida xususiylashtirish jarayonida investitsiyalarni jalb qilish muammolariga bag’ishlangan konferentsiya o’tkazildi. 1996 yilda Frankfurt-Maynda O’zbekistonning investitsiya imkoniyatlari to’g’risida vakillik konferentsiyasi o’tkazildi va u yig’ilgan nemis biznesining 300 dan ortiq vakiliga katta kizikish uygotdi. O’zbekiston iqtisodiyotining tog-kon sanoati, neft va gaz sohalarining AQSHdagi taqdimoti ham muvaffakiyatli utdi.

Download 105.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling