Kirish Xalqaro savdoni amalga oshlrishda to`qnash bitimlar


EKSPORT OPERATSIYALARINI DAVLAT TOMONIDAN KREDITLASH


Download 105.29 Kb.
bet8/12
Sana17.06.2023
Hajmi105.29 Kb.
#1552007
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
RIVOJLANISHDA XALQARO SAVDONING ROLI

4. EKSPORT OPERATSIYALARINI DAVLAT TOMONIDAN KREDITLASH
Xalqaro tajriba shuni ko’rsatadiki, davlat kreditlari nafaqat milliy eksport qiluvchilarga, balki import qiluvchilarga ham taqdim etilishi mumkin. Bunday holatda kreditlar bir davlat (odatda, rivojlangan) hukumati tomonidan boshqa (rivojlanayotgan) davlat hukumatiga eksport qiluvchilarga yaxshi muhit yaratish uchun ajratiladi. Mazkur kreditlar imtiyozli hisoblanadi. Kreditlarni berishning davlatlararo shartlari, qarzdor bilan kelishishning shartlarini ishlab chiqish manfaatdor mamlakatlarning Markaziy banklari zimmasiga yuklatiladi. Mazkur shartlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
• kreditning maqsadi;
uning miqdori va valyuta turi;
• kredit liniyasi tarkibiga kiruvchi tovar va xizmatlar turi;
• kreditlar bo’yicha foizlar, ularni to’lash muddati;
• qarzdor tomonidan kafolatlar.
Sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlarda eksport kreditlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash o’tgan asrning 50-yillaridanok keng rivojlandi.
Bugungi kunda beshta yetakchi davlat (AQSH, Frantsiya, Germaniya, Yaponiya, Angliya)dan beriladigan o’rta va uzoq muddatli kreditlar DCRT tomonidan beriladigan kreditlarning 75 foiziga to’g’ri keladi. Eksport kreditlarini o`zlashtirishning 70 foiziga yaqini rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga to’g’ri keladi.
O’tgan asrning 80-yillari o’rtalaridan boshlab butun dunyoda davlat kreditlarining salmogi pasayishi kuzatilmoqda. Mazkur jarayon «Sotslager» guruhiga kiruvchi mamlakatlarda butun tizimni qayta qurishga olib kelgan, aksilmarkazlashtirish harakatlarining natijasida yuz berdi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda eksport krediti salmogining qisqarishi bir-necha sabablar bilan bog’liq.
Birinchidansotsialistik mamlakatlar - asosiy rakiblarning siyosat maydonidan yo’qolishi yangi bozorlarni ochib berdi va ekspansiya siyosatini ancha «arzon» usullar bilan amalga oshirish imkonini berdi.
Ikkinchidan, ayrim sabablarga ko’ra, davlat kreditini joylashtirishning an'anaviy sohalari, bank va firma krediti orqali moliyalashtirilmoqda.

Download 105.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling