Kirish. “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” yo’nalishining umumiy tavsifi-2 soat reja


Download 200.5 Kb.
bet1/10
Sana16.06.2023
Hajmi200.5 Kb.
#1497102
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-mavzu (2)


Kirish. “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” yo’nalishining umumiy tavsifi-2 soat
REJA:

  1. Sohaga kirish” fanining maqsadi va vazifalari

2. 5310600-“Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” (avtomobil transporti) ta’lim yo’nalishining umumiy tavfsifi.
3. Bakalavr akademik darajasi, yo’nalish bakalavriga qo’yiladigan talablar



  1. Sohaga kirish” fanining maqsadi va vazifalari.

Sohaga kirish” fanining maqsadi - avtotransport tarmog’i korxonalarining umumiy tuzilmasi va tutgan o’rni bilan tanishtirish, transport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha kompleks xizmatlar hamda avtomobil transporti me’yoriy xujjatlari, Davlat qonunlari to’g’risida talabalar tomonidan birlamchi tushunchalarni berish. Avtotransport vositalarini ekspluatatsiyasi va ularga texnik xizmat ko’rsatish jarayonlari korxonalar, xizmatlar, loyiha - texnologik va ilmiy tashkilotlar va boshqalarning tuzilmasi bilan tanishtirishdan iborat.
Fanning vazifasi:

  • transport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish tizimini o’rganish;

  • transport vositalarining texnik holati va uning o’zgarish qonuniyatlarini o’rganish;

  • avtotransport korxonalarida qo’llaniladigan texnologik jihozlar vazifalarini o’rganish;

  • avtomobillarda tashish logistik jarayonlar haqida tushunchalar berishni ko’zda tutadi.
O’zbekiston uzluksiz ta’limining Davlat ta’lim standartlari
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti

5310600 - Erusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (avtomobil transporti) ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo’yiladigan
TALABLAR
I Qo’llanish sohasi
1.1. Oliy ta’limning mazkur davlat ta’lim standarti (OT DTS) 5310600 - Erusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (avtomobil transporti) ta’lim yo’nalishi bo’yicha oliy ma’lumotli bakalavrlar tayyorlashning asosiy ta’lim dasturlari o’zlashtirilishini amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi hududidagi barcha oliy ta’lim muassasalari uchun talablar majmuini ifodalaydi.
1.2. Oliy ta’lim muassasasi mazkur ta’lim yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlash vakolatiga ega bo’lganda DTS asosida ta’lim dasturlarini amalga oshirish huquqiga ega deb xisoblanadi.

Download 200.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling