Ta’lim dasturining mazmuni va komponentlari
6.1 5310600 – Erusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (avtomobil transporti) ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarni tayyorlashning ta’lim dasturi ta’limning kunduzgi shakli bo’yicha 4 yil o’qishga mo’ljallangan bo’lib, quyidagi vaqt taqsimotiga ega:
-
Nazariy va amaliy ta’lim
|
136 hafta
|
Malakaviy amaliyotlar
|
16 hafta
|
Bitiruv malakaviy ish
|
5 hafta
|
Joriy va davlat attestatsiyalari
|
19 hafta
|
Ta’tillar
|
28 hafta
|
Jami
|
204 hafta
|
6.2 Talaba haftalik o’quv yuklamasining maksimal hajmi 54 soat, shundan auditoriyadagi o’quv yuklamasi – 32 soat, qolgan soatlar hajmi mustaqil ta’lim uchun ajratiladi.
6.3 Joriy, oraliq va yakuniy attestatsiyalarni hisobga olgan holda ta’lim dasturining umumiy hajmi 4 yillik o’quv davri uchun xaftalik o’quv yuklamalardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
6.4 Ta’lim dasturini o’zlashtirishda bir qator masalalar yoki integrallashtirilgan kurslar muammolari bo’yicha talabalarning mustaqil ta’limi ko’zda tutiladi.
Malakaviy amaliyot
Amaliyotlar bakalavriat asosiy ta’lim dasturining majburiy bo’lagi hisoblanadi. Amaliyotlar o’quv yoki o’quv-ishlab chiqarish mashg’ulotlari ko’rinishida bo’lib, talabalarning kasbiy-amaliy tayyorgarlanganligiga bevosita yo’nalgan bo’ladi. Bakalavrlarni tayyorlashning ta’lim dasturi o’qiyotganlar uchta amaliyotni – o’quv-tanishuv, ishlab chiqarish va ekspluatatsion-texnologik amaliyotlarini o’tishni o’z ichiga oladi.
O’quv-tanishuv amaliyoti:
Tanishuv amaliyoti ikki qismdan iborat:
O’quv ustaxonasida amaliy ko’nikma olish: turli hildagi tokarlik stanoklari va dastgohlarining tuzilishi va ishlashini hamda ularda xilma xil detallar yasashni o’rganish.
Erusti transport vositalarining tuzilishi bo’yicha ko’nikma olish: transport vositasi va uning agregat, mexanizm, tizimlarining tuzilishi, xillari konstruktsiyasi, ishlash tartibi bilan tanishtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |