Ta’lim dasturini o’zlash-tirishning me’yoriy muddati
Bakalavriat ta’lim dasturi
|
Bakalavr
|
4 yil
|
4. 5310600 - Erusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (avtomobil transporti) ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining tavsifi
4.1 Bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohasi
5310600 - Erusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (avtomobil transporti) - fan va texnika jabhasidagi ta’lim yo’nalishi bo’lib, u erusti transport vositalarini ekspluatatsiyasi, ularga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashning samarali jarayonlarini ta’minlashga yo’naltirilgan metodlar va vositalar majmuini qamrab oladi.
Bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:
-Loyihalash, jumladan avtomatlashtirilgan loyihalash, metodlarini tadqiqot qilish;
erusti transport vositalari va ularning agregat, mexanizmlaridagi ishchi jarayonlarni o’zlashtirish va tadqiqot qilish;
Loyihalash jarayonlarini tahlil qilish, sintezlash va optimallashtirish, mahsulot sifatini ta’minlash va sertifikatsiya (shu jumlada xalqaro) metodlarini qo’llash;
erusti transport vositalari va ularning agregat, mexanizmlarda kechadigan ishchi jarayonlari bo’yicha matematik modellarini qo’llash;
erusti transport vositalari muhandislik hisoblari, algoritmlari va matematik ta’minotini ishlab chiqish;
Kompyuter texnologiyalari va dasturlanishi;
erusti transport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash strategiyasini belgilash va qo’llash;
erusti transport vositalari texnik ekspluatatsiyasi va printsiplarini tuzish xamda loyixalash;
Bilimlar injeneriyasi;
Tizimli yondoshuv mexanizmlarini tadbiq etish;
Dasturiy ta’minot, axborot-kommunikatsiya texnologiyasi va injeneriyasi;
Kasbiy ta’lim didaktikasi;
Kasbiy ta’lim pedagogikasi va tashxis texnologiyasi;
O’qitishning didaktik vositalari;
Ta’limning elektron vositalari;
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimidagi o’rni va roli.
Do'stlaringiz bilan baham: |