Kirish. Yevropaliklar Uyg’onish davridan boshlab, besh yuz yil mobaynida Qadimgi Yunoniston tarixini «insoniyatning oltin asri»


Download 14.66 Kb.
bet1/3
Sana24.03.2023
Hajmi14.66 Kb.
#1293768
  1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ish falssafa


Yunonistondagi falsafiy ta’limotlar.Platon falsafasi.
Reja:
1 . Kirish
2 . Yunonistondagi falsafiy ta’limotlar.
3 . Platon falsafasi.
4 . Xulosa.
5 .Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish.
Yevropaliklar Uyg’onish davridan boshlab, besh yuz yil mobaynida Qadimgi Yunoniston tarixini «insoniyatning oltin asri», deb atab kelmoqdalar. Chindan ham, antik madaniyatda hozirgi zamon kishilarini ham rom etayotgan ko’plab jozibali jihatlar bor. Bular jamiyatning oqilona tuzilganligi, inson va tabiat uyg’unligi, kuchli diniy hissiyotdir. Yunonlar g’oyat dindor bolishgan. Ularda xudolar ko’p sonli bo’lib, bu xudolarga, misrliklardan farqli olaroq, insoniy xususiyatlar baxsh etilgandi. Bu xudolar mag’rur va hasadgo’y, sadoqatli va do’stparvar bolishgan. Bir so’z bilan aytganda, ular o’zlarini o’ylab topgan odamlarga o’xshash bolishgan. Yunonlar ilmiy bilimlarni g’oyat qadrlashgan, bu holat hatto ularning avlodlarini ham hayratga solgan. Yunonlar, ayniqsa, astronomiya bilan qattiq qiziqishgan. Eng mashhur yunon olimlaridan biri Arximed bo’lgan. U jismlarning suzish qonunini kashf etdi va bu qonun keyinchalik uning nomi bilan «Arximed qonuni» deb yuritila boshlagan. Pifagor (sharqda Fisogurs) eng yirik matematik, yoki o’sha davr tili bilan aytganda, geometr bo’lgandi. 
Eramizdan avvalgi butun beshinchi asr davomida yunonlar orasida bilimga chinakam intilish mavjud bolgan. Geometriya va perspektiva qonunlaridan ibodatxonalar qurilishida foydalanilgan. Shuning uchun ham keyinchalik yashab otgan memorlar ularning ishlarini klassik, yani namunali ish deb e’tirof etishgan. Qadimgi yozuvchilar Esxil, Sofokl va Yevripidlarning ham asarlari mashhurdir. Ular oz pyesalari bilan shuhrat topishgan. Buyuk yunonlar orasida tarixchi Gerodot ham bor edi. Avlodlar unga «tarix fanining otasi» deb nom berishgan. Qadimgi yunon faylasufi Suqrot (Sokrat) insoniyatga oz- ozini anglab yetishni tavsiya etgandi. Uning tadqiqotlarini shogirdi Aflotun (Platon) davom ettirgan. Arastu (Aristotel) ham qadimgi davrning Buyuk faylasufi bo’lgan.

Download 14.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling