Kirish. Yevropaliklar Uyg’onish davridan boshlab, besh yuz yil mobaynida Qadimgi Yunoniston tarixini «insoniyatning oltin asri»
Download 14.66 Kb.
|
Mustaqil ish falssafa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Platon falsafasi. Suqrotning shogirdi Aflotun (asli — Platon) jahon falsafasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk allomadir. U nafaqat faylasuf olim, balki san’atkor, shoir va dramaturg bo‘lgan, o‘z g‘oyalarini dialoglar tarzida bayon qilgan. Aflotun 428 yil 21 mayda Delos orolida tug‘ilgan. O‘zidan keyin 35 dan ziyod dialog shaklidagi asarlar yozib qoldirgan. Arastuning u haqdagi ma’lumotlarini birdan-bir to‘g‘ri dalil deb qarash mumkin. Chunki Arastu Aflotunning eng yaqin do‘sti va shogirdi bo‘lgan. Aflotun «G’oyalar dunyosi va soyalar dunyosi» ta’limotining asoschisidir. Uningcha, g‘oya haqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo esa uning soyasidir. Haqiqiy o‘zgarish va taraqqiyot g‘oyalar dunyosiga xos, soyalar dunyosidagi harakat esa uning aksidir. G’oyalar dunyosining qonuniyatlarini hamma ham bilolmaydi. Ularni biladigan zotlar nihoyatda kam uchraydi, ular ulkan aql egasi bo‘ladi va tarixda chuqur nom qoldiradi. Aksariyat kishilar esa, soyalar dunyosi bilan kifoyalanadi. Aflotunning jamiyat va davlat to‘g‘risidagi ta’limoti uning dunyoqarashida markaziy o‘rinlardan birini tashkil etadi. U faqat antik davr falsafasi — ontologiya va gnoseologiyaning klassigi bo‘lib qolmay, mumtoz antik siyosiy nazariya va pedagogikaning bilimdoni ham bo‘lgan. Aflotun ijtimoiy-siyosiy masalalarga doir «Davlat», «Qonunlar», «Siyosat» va «Kritiy» nomli asarlar yozib qoldirgan. «Davlat» asarida jamiyat haqida, uning ideal siyosiy tuzumi to‘g‘risidagi qarashlarini markaziy ta’limoti — g‘oyalar nazariyasi bilan uzviy bog‘liq holda ilgari surgan. Uning fikricha, davlatning to‘rtta shakli mavjud:
teokratiya; oligarxiya; demokratiya; tiraniya. Aflotunning ideal davlat to‘g‘risidagi orzulari negizida adolat g‘oyasi yotadi. Aflotun aytganidek, jamiyat barcha a’zolarining odil jamiyatdagi qonunlarga bo‘ysunishi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy garovidir. Xulosa Mustaqil ishimning mavzusi “ Yunonistondagi falsafiy ta’limotlar.Platon falsafasi “ bo’lib, bu mavzu bo’yicha xulosam shundan iboratki. G`arb manaviy sivilizatsiyasi shaxsning borlig`iga, uning o`zlikni anglash tuyg`usiga va moddiy dunyodan uzoqlashish orqali o`zini o`zi kamol toptirishiga murojaat эtish ruhi bilan sug`orilgan bo`lib, bu G`arb xalqlarining turmush tarzida va madaniy qadriyatlarni o`zlashtirish usullarida o`z aksini topgan. G`arb manaviy sivilizatsiyasi o`zgarishlarga, haqiqatning tagiga yetish yo`lidagi izlanishlarga ochiq bo`lgan. Bu izlanishlar turli, shu jumladan ateistik, intellektual va amaliy yo`nalishlarda kechgan. Bu falsafalarni o`rganishda, Geraklit, Suqrot, Arastu va Pifagor qarashlari alohida muhim o`rin tutadi. Umuman olganda qadimgi dunyo falsafasi keyingi davrlardagi falsafiy tafakkur va madaniyatga, kishilik jamiyatining rivojlanishiga ulkan tasir ko`rsatgan. Foydalanilgan adabiyotlar:1 . Falsafa asoslari. Q.Nazarov tahriri ostida. –T.: «SHarq», 2005 y.2 . Falsafa. Axmedova M. Tahriri ostida. – T.: O’FMJ, 2006. 339 b.3 . Shyermuxamedova N.A. Falsafa. – T.: Noshir, 2012. 1214 b.Download 14.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling