Kirish. Yo‘l harakatini tashkil etishning maqsad va vazifalari


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDAGI AVTOMOBIL YO‘LLARIDA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH VA TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA


Download 1.43 Mb.
bet4/19
Sana21.09.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1683278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1-Mavzu

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDAGI AVTOMOBIL YO‘LLARIDA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH VA TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”, “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaharlarda yo‘l qurilishini tashkil etishni takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 26-apreldagi PQ-62-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yo‘llari mintaqasida xavfsizlikni ta’minlash va tashkil etish qoidalari 1-ilovaga muvofiq;

Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini ta’minlash qoidalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2012-yil 1-yanvardan boshlab joriy etilsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va “O‘zavtoyo‘l” DAK bir oy muddatda mazkur qaror bilan tasdiqlangan qoidalarda belgilangan talablar yuzasidan keng tushuntirish ishlari olib borish chora-tadbirlarini ko‘rsin.

3. Manfaatdor vazirliklar va idoralar bir oy muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsinlar.

3. Manfaatdor vazirliklar va idoralar bir oy muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsinlar.

4. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Avtomobil yo‘llaridan foydalanish qoidalari va ularni qo‘riqlash to‘g‘risida” 1974-yil 17-apreldagi 172-son qarori (Qarorlar to‘plami, 1974-y., 4-son, 16-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi 342-son qaroriga 1-ILOVA

avtomobil yo‘li — transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallangan, ularning belgilangan tezlikda, og‘irlikda, o‘lchamlarda muttasil va xavfsiz harakatlanishini ta’minlaydigan muhandislik inshootlari majmuasi, shuningdek ushbu majmuani joylashtirish uchun ajratilgan yer uchastkalari va majmua ustidagi belgilangan doiradagi bo‘shliq;


Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling