Kirish. Yo‘l harakatini tashkil etishning maqsad va vazifalari


Download 1.43 Mb.
bet9/19
Sana21.09.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1683278
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
1-Mavzu

Harakatni tashkil etishni takomillashtirish, progressiv boshqarish (harakatni boshqarishning avtomatik tizimi; svetofor ob’ektlarini «Yashil to‘lqin», «Yashil ko‘cha» tizimi usulida ishlashi; tezlashuvchi-sekinlashuvchi, reversiv, rezerv bo‘laklardan foydalanish, ba’zi bir ko‘chalarni bir tomonlama harakatga o‘tkazish va h.k.) chorrahalarni har xil satxda o‘tkazish, shuningdek, transport vositalarining harakat marshrutini ratsional ravishda tanlash, yordamida erishiladi. Tig‘iz soatlarda harakatni tashkil etish maqsadida asosiy magistralning tirband yo‘l bo‘laklaridagi transport oqimining harakatini aylanma yo‘llar orqali o‘tkazishga intiladi. Yo‘l harakatini tashkil etishda quyidagi hujjatlarning ahamiyati kattadir: «Yo‘l harakati xavfsizligi» to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining qonuni; yo‘l harakati qoidalari; transport vositalarning konstruktiv xavfsizlik me’yorlari; yo‘l va ko‘chalar uchun SANOAT TEXNOLOGIYASI VA QURILISH me’yorlari va qoidalari. Shuningdek harakat xavfsizligi bo‘yicha soha me’yoriy hujjatlari.

Avtomobil transportining ishini, haydovchi mehnatini, yo‘ldagi transport vositalarining va piyodalarning harakatini tashkil qilishni bir-biridan farqlash lozim. Birinchi ikkita masalalar bilan asosan avtokorxonalar, keyingisi bilan esa yo‘l xo‘jaliklari, davlat avtomobil nazorat organlari va hokimiyat vakillari shug‘ullanadilar.

Avtomobil transportining ishini, haydovchi mehnatini, yo‘ldagi transport vositalarining va piyodalarning harakatini tashkil qilishni bir-biridan farqlash lozim. Birinchi ikkita masalalar bilan asosan avtokorxonalar, keyingisi bilan esa yo‘l xo‘jaliklari, davlat avtomobil nazorat organlari va hokimiyat vakillari shug‘ullanadilar.

Yuqorida keltirilganlardan kelib chiqib yo‘l harakatini tashkil qilishning asosiy maqsadi deb, har xil transport vositalarining yuqori tezlik bilan yo‘lning turli bo‘lagidan yilning har qanday ob-havo sharoitlarida xavfsiz o‘tkazilishi tushiniladi.

Harakatni tashkil qilishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • transport vositalarining harakat tartibini belgilash va ta’minlash;
  • avtomobillarning yuqori samaradorlik bilan ishlashini ta’minlash va eng yaxshi yo‘l sharoitlarini vujudga keltirish;
  • harakat xavfsizligini ta’minlash;
  • atrof-muhitni bulg‘amaslik;
  • transport vositalarining va yo‘l inshoatlarining tez ishdan chiqmasligini ta’minlash.

  • Download 1.43 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling