Kirish. Yo‘l harakatini tashkil etishning maqsad va vazifalari


transport oqimining zichligi — transport-ekspluatatsiya xususiyati bo‘yicha bir xil yo‘l uchastkasining birlik uzunligiga to‘g‘ri keladigan, odatda, 1 km oraliqdagi avtomobillar miqdori


Download 1.43 Mb.
bet8/19
Sana21.09.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1683278
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
1-Mavzu

transport oqimining zichligi — transport-ekspluatatsiya xususiyati bo‘yicha bir xil yo‘l uchastkasining birlik uzunligiga to‘g‘ri keladigan, odatda, 1 km oraliqdagi avtomobillar miqdori;

harakat jadalligi — ma’lum vaqt (o‘rtacha bir soat yoki bir kecha-kunduz) oralig‘ida yo‘lning muayyan kesimidan o‘tadigan avtomobil va boshqa turdagi transport vositalari soni;

xavfsizlik mintaqasi — umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari uchun yo‘l qurilishiga ajratilgan yer tasmasi chegarasidan qizil chiziqqacha bo‘lgan masofa. Ko‘chalar uchun — qatnov qismi chetidan qizil chiziqqacha bo‘lgan masofa.

Avtomobillashtirish, uning O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy rivojlanishiga ta’siri

Avtomobil yo‘llarida harakat tartibsiz ravishda vujudga keladi. Har bir haydovchi o‘ziga qulay harakat rejimini tanlaydi, hamda o‘zining tanlangan harakat rejimining boshqa harakat qatnashchilariga ta’siri bilan hisoblashmaydi. Shuningdek, turli rusumli avtomobillarning har xil dinamik sifati harakatida avtomobillarning o‘zaro ta’siri harakat miqdori qancha ko‘p bo‘lsa shuncha ortib boradi.

Yo‘l harakatini tashkil etish

bu transport vositalari oqimini maksimal darajada yo‘lning geometrik o‘lcham va imkoniyatlaridan foydalanib, shuning bilan barcha uning murakab bo‘laklarida harakat rejimini va yuqori o‘tkazish qobiliyatini ta’minlashdir.

Harakatni tashkil etishni takomillashtirish, progressiv boshqarish (harakatni boshqarishning avtomatik tizimi; svetofor ob’ektlarini «Yashil to‘lqin», «Yashil ko‘cha» tizimi usulida ishlashi; tezlashuvchi-sekinlashuvchi, reversiv, rezerv bo‘laklardan foydalanish, ba’zi bir ko‘chalarni bir tomonlama harakatga o‘tkazish va h.k.) chorrahalarni har xil satxda o‘tkazish, shuningdek, transport vositalarining harakat marshrutini ratsional ravishda tanlash, yordamida erishiladi. Tig‘iz soatlarda harakatni tashkil etish maqsadida asosiy magistralning tirband yo‘l bo‘laklaridagi transport oqimining harakatini aylanma yo‘llar orqali o‘tkazishga intiladi. Yo‘l harakatini tashkil etishda quyidagi hujjatlarning ahamiyati kattadir: «Yo‘l harakati xavfsizligi» to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining qonuni; yo‘l harakati qoidalari; transport vositalarning konstruktiv xavfsizlik me’yorlari; yo‘l va ko‘chalar uchun SANOAT TEXNOLOGIYASI VA QURILISH me’yorlari va qoidalari. Shuningdek harakat xavfsizligi bo‘yicha soha me’yoriy hujjatlari.


Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling