Kirish yoʻl qurilishi ishlari


Harakatni tashkil etish va ularning asosiy tasniflari


Download 271.36 Kb.
bet9/10
Sana03.08.2023
Hajmi271.36 Kb.
#1664784
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
yol muhandisligi

Harakatni tashkil etish va ularning asosiy tasniflari
Transport vositalarini ma’lum darajada harakat qoidalariga itoat etishi va uni aniqlash, avtomobillarni ishlashida yuqori unumdorlik ta’minlashda qulay sharoitni yaratish, xavfsiz harakat qatnovini ta’minlash, harakatdagi transport vositalari va yo’l inshootlarini muddatdan oldin buzilishidan saqlash harakat qatnovini tashkil etishning asosiy masalasi hisoblanadi.
Aslida bu talablar va muammolarning hammasi barcha toifadagi yo’llarni loyihalash hamda qurish jarayonida bajarilgan bo’lishi lozim. Ammo, loyihalovchi hamda loyihani tasdiqlovchi mutaxassislarning doimo mos bo’lavermasligi, qurilish jarayonida yo’l qo’yilgan kamchiliklar va qolaversa yo’llarni foydalanishga topshirilganidan so’ng, uning ma’lum bo’laklaridagi hududlarida turlicha o’zgarishlar sodir bo’lishi tufayli bunday muammolarni vaqti-vaqti bilan amalga oshirishni taqozo qiladi.
Bunday masalalarni hal qilishdagi vazifalarga yo’lning eni bo’ylab yo’lovchi, velosipedchilar, poda kabi o’zga transport vositasi bo’lmasligini ta’minlovchi chora-tadbirlar ko’rish kiradi. Ular uchun maxsus yo’lkalar qurilishi lozim.
Yo’llarda harakatni tashkil etish ularning har biriga belgilangan toifasiga va ruxsat etilgan xavfsiz harakat tezligiga asoslanib, turlicha usullar qo’llanishi mumkin.

  1. Harakat qatnovini tartiblovchi belgilar o’rnatish.

  2. Aholi joylashgan manzillami aylanib o’tish,

  3. Yo’l qoplamalariga tegishli belgilar tushirish,

  4. Oqimdagi transport vositalarini to’xtashi kutiladigan joylarda tezlikni pasaytirib-tezlashtirib oluvchi qo’shimcha tasmalar va to’xtash maydonchalari bilan ta’minlash.

  5. Yo’nalishlarni boshqaruvchi to’siqlar o’rnatish.

  6. Yo’lning holati, harakatlanish imkoniyatlari va shartlari, yog’ingarchilik kabi ma’lumotlami ta’riflovchi kecha-yu kunduz birdek faoliyat ko’rsatadigan stend, tablo, ma’lumot vositalaridan foydalanish.

Ilgarilab boradigan yakka yo’l oqim uzunligi keyingilariga nisbatan ko’proq bo’lishi lozim. Aks holda, ishda qovushim bo’lmay, keyingi oqimda ishtirok etuvchilar to’xtab turishiga to’g’ri keladi.
Ayrim hollarda qurilayotgan yo’lni bir necha bo’laklarga bo’lib olinadi. Mahalliy sharoitni inobatga olib, barcha bo’laklarda birgina tashkilotning o’zi turlicha hajm va ko’rinishdagi ishlarni bajara boradi. Lekin, barcha bo’laklardagi ish bajaruvchilar qurilish ishlarini belgilangan muddatda bir vaqtda tugallashi lozim bo’ladi. Ish yuritish uslubi, boshqaruvchilar malakasi va tashkilot imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bo’limlardagi ish bajarish muddatlari o’zgarib tursada, tasdiqlangan muddatda (Tm) yakuniga yetkaziladi. Bunday hollarda, bir bo’limga boshqa bo’lim imkoniyatlari jalb qilinishi mumkin bo’lib, uzluksiz oqim usulida ish yuritishni anglatadi.Uzlukli oqimda bajariladigan ishning muddati ortishi, har bir bo’limning ishi umumbelgilangan muddatidan avval tugallangan deb hisoblanmasligi va ular tugallagan qismda harakat qatnovini ta’minlash imkoni yo’qligi, hamma bo’limlarda ham mexanizmlar ishidan bir tekis foydalanish imkoni bo’lmasligi kabi kamchiliklar namoyon bo’ladi.
Shuning uchun bunday usul, odatda, tog’li hududlarda, past toifali yo’llar va hashar bilan quriladigan yo’llarda qo’llanadi. Ayrim hollarda aralash usul qo’llanib, unda sun’iy inshootlar va yo’l poyi uzluksiz oqim usulida, yo’l to’shamasini qurish esa, uzluksiz oqimda tashkil qilinadi.



Download 271.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling