Kirish yoʻl qurilishi ishlari


Mavzu: Yo’l to’shamasini qurish ishlarini tashkillashtirish


Download 271.36 Kb.
bet4/10
Sana03.08.2023
Hajmi271.36 Kb.
#1664784
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
yol muhandisligi

MavzuYo’l to’shamasini qurish ishlarini tashkillashtirish.
Reja:
1.Meneral bog’lovchi ashyolar bilan kuchaytirilgan qumli yirik donali va soz tuproqli asos qoplamasini qurish.
2.Noorganik bog’lanma xom-ashyolar bilan ishlangan toshli xom-ashyolardan asos va qoplama qurish (texnologiyasi) usuli. Foydalanilgan xom-ashyolar va ularni qo’llash uchun tayyorlash.
3.Noorganik bog’lanmalar bilan ishlangan toshli xom-ashyolardan asos va qoplamalar qurishi bo’yicha sifatini nazorat qilish.
Bayoni:
Toshli ashyolarga noorganik bog’lovchilar bilan ishlov berib qoplama qurish.Mahalliy ashyolardan unumli foydalanish va ish jadalini kuchaytirib, jarayonlarni osonlashtirish maqsadida to’shama qatlamlarini qurish uchun toshli ashyolarga noorganik bog’lovchilar bilan ishlov berish usuli ham keng qo’llana boshladi. Bunday qatlamlar Toshkent, Samarqand kabi viloyat yo’llari va aeroportlarda 1967-yildan boshlab qurilib, sezilarli naf berdi.
Bu usulning qo’llanishi mahalliy ashyolardan shag’al, uncha mustahkam bo’lmagan ashyolar. chaqilgan tosh yetishtiruvchi zavodlar, manbalar, tosh, maydalashdan chiqqan mayda chiqindilarni keng qo’llashga imkon beradi.
Bunday qorishmalar ishlov berilgandari so’ng jipslashib kristallashgan turdagi turkuhi hoiatiga o’ta oladi. Bunday mayda qorishmalarga seymon beton ishlov berilsa, yaxjit bo’lak holiga o’tadi. Qorishmalarda, mayda zarralar kabi yirik zarra va donalardan ham unumli foydalanish imkoni bor.
Bunday ashyolardan qurilgan qorishmalar (qatlamlar) yuqori qattiqlik, siljishga chidamlik va qulay taqsimlanishlik xossalariga ega. Shunga qaramay ular mo’rt bo’lib, ostki qatlamlarda qo’llangani ma’qul va ular ustidagi qatlamlar yuqori yopishqoqli ashyolardan qurilgani ma’qul. Chunki, bu holda ta’sir kuchi so’nishi ta’minlanadi.
Bunday qatlamlarni qurishda, asosan, ikki usuldan foydalaniladi, ya’ni toshli ashyolarni noorganik bog’lovchilar bilan yotqizish joyining o’zida aralashtirib va tayanchli qurilmalarda avval tayyorlanib, so’ng yo’lga transport vositalarida tashib kelish va yotqizishdir. Ko’pchilik holda birinchi usul qo’llanadi.
Qatlamlar tannarxi, asosan, ashyolar narxiga bog’liq bo’ladi. Bunday qatlamlarni qurish va undan foydalanishdan olingan ma’lumotlarga asosan organik bog’lovchili qatlamlarga nisbatan afzalligi bilan ustun bo’lib, yuqori iqtisodiy ko’rsatkichlarga ham ega. Ishlov berish uchun tabiiy va saralab olingan shag’al qorishmalari, chaqilgan tosh-qum shag’alli qorishmalar, chaqilgan tosh va uning qorishmalari va chaqilgan toshli kuyindi qorishmali aralashmalar qo’llanadi.
Seymon bilan qotirishda, asosan, qirrali (tishli) ashyolarning mayda zarralarida ko’proq fizik-mexanikaviy xossalari o’zgarishi ro’y beradi. Shuning uchun qatlamga kerakli mustahkamlikni ta’minlash uchun ashyolar tarkibi me’yoriga yaqinlashmogi zarur.
Agar ashyo tarkibini seymon bilan to’ldirib ish bajariladigan bo’lsa, bog’lovchi sarfi ortib ketadi. Bu chegaralab qo’yilsa, uncha mustahkam bo’lmagan, suv ta’siriga chidamsiz glovakli qatlam hosil bo’ladi.
Seymon bilan qotirishda me’yor tarkibli shag’al va chaqilgan toshli qorishmalar tanlanib, ularning farqlanish miqyosi 0,6— 0,8 ni tashkil qilishi lozim.
Qorishmaning mustahkamligi toshli ashyolardagi ma’danli tarkiblarga bog’liq. Zarralar yuzasida 20—30 mk qalinlikdagi seymon toshli mustahkam qatlam vujudga keladi. Mustahkamlikni ortib borishi, asosan, kvars, labradoritlarga seymon bilan ishlov berilganda va oraliq bo’shliqlari mayda ponalash usulida to’ldirilganida vujudga keladi. Bunday ashyolami qo’llashga doim imkon bo’lmay, iqtisodiy nafi sezilarsiz.
Noorganik bog’lovchilar bilan qotirishda yuqori samaralisi kuyindi va chaqilgan tosh-kuyindili qorishmalarni qo’llashdir. Kuyundilarning o’zi seymonlanish xususiyatiga ham ega bo’lib, bog’lovchi sarfini tejashga imkon beradi.
Toshli ashyolami qotirishda seymon va ohak qo’llanadi. Ohakka nisbatan seymon qo’llanganda yuqori ko’rsatkichlarga erishilib, qatlam qurish birmuncha arzonga tushadi. Ashyolami qotirishda umumstandart talablariga mos portlandseymonlar va kuyindili portlandseymonlar qo’llanadi.
Seymon miqdori qorishmalar mustahkamligiga va ularning tejamli nafiga ta’sir qiladi. Qatlamlar qurishda seymon qorishma vaznining 4—6 % miqdorini, asos qatlamlarida esa 3—5 % ni tashkil qiladi. Qorishmalar mustahkamligi undagi namlikka bog’liq bo’lib, tosh bilan seymon birikuv jarayonida asosiy o’rin tutadi.
Yirik zarralarni suv ushlab qolish qobiliyati quyidagicha aniqlanadi: 5/15 kg toshli ashyo olib elakdan o’tkaziladi va mayda zarralari saralanadi. Yirik zarralari nam o’tkazuvchi qopga solinib, ikki soat suvda saqlanadi. Undan chiqarib olingan ashyo namligi lining nam ushlab qolish qobiliyatini belgilaydi.
Toshli ashyolarni seymon bilan birgalikda qotirishda qo’llanadigan suvga bo’lgan talab gruntlami seymon bilan qotirishdagidek bo’ladi. Talab qilinadigan suv miqdori laboratoriya aniqloviga asosan belgilanadi.
Toshli ashyolarga seymon bilan ishlov berib, qorishma tayyorlash va undan qatlamlar qurishdagi ish jarayonlari quyidagilardan iborat: asosni tayyorlab olish, toshli ashyolarni ish joyiga olib kelish, freza yoki avtogreyder bilan toshli ashyoni qatlam eni bo’yicha yoyish yoki Д—370 qorishtirgichi bilan aralashtirilsa ashyoni bir ko’rimli chel holiga keltirib olish, seymon va suvni ish joyiga tashib keltirish, seymonni Д-343А turidagi tarqatgich bilan qo’shish, Д—370 yoki Д-468 qorishtirgichlari yordamida aralashtirib ashyolarni chel holiga keltirib olish, freza yoki qorishtirgichlarning tarqatgich tizimi orqali toshli ashyoni seymon bilan aralashtirib bir vaqtning o’zida suv bilan namlash, avtogreyder yordamida seymon aralashmali tayyor qorishmani tarqatib yoyish va tekislash, qatlamdagi qorishmani zichlash, qatlamni parvarishlab turish. Asosni tayyorlab olish, bog’lovchi va suvni tashib kelish, qatlam eni bo’yicha taqsimlashdagi ish jarayonlari qora chaqilgan toshli qatlam qurishdagidek bajariladi.
Qorishma tayyorlashdagi javobgarlik ish jarayoni toshli ashyo bilan bog’lovchini aralashtirish hisoblanadi. Bu ishni bir vaqtning o’zida seymon uzatuvchi tizimi bilan ishlaydigan Д-370 turidagi qorishtirgich bajarganida yuqori darajali ish sifati ta’minlanadi. Bundagi qorishmani namlash qorishtirgichning tarqatuvchi tizimi orqali bajariladi va bundagi ish sifati freza yoki avtogreyder bilan tayyorlangan qorishmalarnikiga nisbatan yuqori bo’ladi. Toshli ashyolarga seymon qo’shilib tayyorlangan qorishmali qatlamni zichlash, avval, damlangan rezina kovushli katoklarni bir izdan 3—4 martadan o’tkazib, soiig temir yassi yuzali katoklarni 4—6 martadan yurgizib bajariladi. Rezina kovushli katoklar bo’lmay qolganida yassi temir yuzali katoklarning yengil yoki o’rta vaznlilari bilan 4—6 maita oikazilib, so’ng esa, ogirlari bilan o’tish sonini 6—8 ga yetkazib bajariladi. Yuqori nafga erishishlik shibbalash boshlanishida tebranma katoklar bilan bajarilganida erishiladi.
Qorishma tayyorlashda namlash, qorishtirish va zichlash oraliqlari 0,5—1,0 soatdan oshmasligi kerak. Aks holda, aralashtirish qiyinlashib, qorishma mustahkamligi susayadi. Shuning uchun aralashtirish tugallanishi zahotiyoq joylashtirish va zichlashga o’tish kerak. Zichlangan qatlamni parvarishlash yupqa parda tashkil qiluvchi suyuq ashyoni sepib chiqish yoki vaqti-vaqti bilan yuzaga suv sepib turishdan iborat bo’ladi.



Download 271.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling