Kirish. Yuqori haroratli issiqlik qurilmalar


Texnologik va energo texnologik agregatlar tuzilishi


Download 21.04 Kb.
bet3/3
Sana09.04.2023
Hajmi21.04 Kb.
#1343466
1   2   3
Bog'liq
Texnologik va energotexnologik agregatlar tuzilishi

Texnologik va energo texnologik agregatlar tuzilishi
Masalan: qizdirish pechlarida ishlov berilgandan keyin yarim mahsulotlar chigirib yoyish va bog’lash uchun zarur bo’lgan chizuvchanlik va oquvchanlikka ega bo’ladi.
Chuyan qo’yish vagrankalarida chuyan qattik xolatdan suyuq xolatga o’tadi va bu xolatda u quyma qolip bo’shliklarini yaxshi to’ldiradi.
Ba‘zi termik pechlarda po’lat buyumlar qizdiriladi, undan keyin esa, oldindan belgilangan tartibda sovitiladi, buning natijasida ma’lum mexaniq xossalarga ega bo’lishga erishiladi (yumshatish, bo’shatish, narmalash, toblash).
Po’lat buyumlarga kimyoviy- termik ishlov beriladigan pechlarda metal yuzasini karbon yoki azot bilan tuyinishi (tegishlicha: tsementitlash va azotlash)ni osonlashtirish uchun ular qizdiriladi va hokazo.
Pechlarda qator murakkab jarayonlar sodir bo’ladi- gazga aylanish va yoqilg’ining yonishi, ishchi bo’shlikda tutun gazlarining harakatlanishi, ishlov berilayotgan materialga alanga va tutun gazlaridan issiqlikning uzatilishi, issiqlikning buyum yuzasidan ichkari qatlamlariga o’tishi va hokazo. Bu jarayonlarning barchasi uzaro boglangan. Ular ichida eng muximlari issiqlik uzatish jarayonlari hisoblanadi.
pechlarda issiqlik manbai bo’lib yoqilg’i: gaz, mazut, ko’mir, koks va boshqalar xizmat qiladi.
Yoqilg’i yoqilganda uning kimyoviy energiyasi issiqlikga aylanadi va u asosan yonish mahsulotlariga o’tadi.
Elektr pechlarida issiqlik elektr energiyasini o’zgartirish hisobiga olinadi.
Yuqori haroratli qurilmalardagi murakkab jarayonlarni kichraytirilgan modellarda o’rganish qulay bo’ladi. Bundan tashqari murakkab qurilmalarni loyihalash jarayonini modellash mumkin. Avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlari (ALOT) hisoblash, loyixalash ishlarni tez va oson bajarish imkonini yaratadi.
Texnologik chiqindilarning klassfikatsiyasi.
Sanoat pechlardan chiqayotgan gazlar tarkibidagi changlar ikkiga bo‘linadi, yoqilg‘i yoki texnologik chiqindilarga: Gaz yoki mazut bilan ishlaydigan pechlarda yoqilg‘i chikitli bo‘lamaydi. Ko‘mir kukuni bilan ishlaydigan pechlarda ko‘mirdan chiqadigan kulga qarab o‘rtacha 10g/m3 yoqilg‘i chiqiti bo‘lishi mumkin.
Texnologik chiqindi quyidagicha bo‘lishi mumkin.
1) gaz oqimi bilan chikadigan yonmagan qattiq mahsulotlar.
2) gaz oqimi bilan chikadigan erigan mahsulot tomchilari yoki toshqollar
3) gaz bilan chiqadigan par holatga aylangan texnologik mahsulotlar yoki metallar.
Pechdan chikadigan chiqindilar o‘zining nisbiy og‘irligi, granulometrik tarkibi va formasi hamda pechdagi gaz oqimining tezligi bilan aniqlanadi.
Granulometrik materiallarni qizdirishda termik kuchlanish sodir bo‘ldi va u mayda bo‘laklarga bo‘linadi, bu esa gaz oqimi bilan pechni ishchi bo‘shlig‘idan chikib ketishiga sabab bo‘ladi. Bunday chiqindilar hamma texnologik pechlarda, umuman shaxtali pechlarda, qaynash pechlarida hamda qaytaruvchi pechlarda sodir bo‘lishi mumkin.
Tajribadan maʼlumki, atmosfera havosida ishlagandagi marten pechidan chiqayotgan gazdagi chiqindilar quyidagicha bo‘ladi.

0-10 mk chiqindi bo‘laklari 17-38%


10-30 mk chiqindi bo‘laklari 13-34%
30-60 mk chiqindi bo‘laklari 14-24%
6 mk chiqindi bo‘laklari 15-45%

Agarda shu pechga kislorod yuborilsa, unda chiqindi bo‘laklari quyidagicha bo‘ladi:

0-10 mk 65-70%
60 mk 6-9%

Pechdan keyin toshqol ushlanadi va regeneratorda gaz chiqindilarining katta bo‘laklari yana ushlanadi va undan keyingi qozon-utilizatorga juda mayda bo‘laklar aralash gaz keladi.


Bu qozon-utilizatorning quvurlarini tez ishdan chikishidan saqlaydi.
Chiqindi harorati xarakteristikasini gapirganimizda shuni aytish kerakki, uni aniqlashda xozirgi standart pirometrik konusdan foydalanish yetarli bo‘lmaydi, uni tajriba orqali chiqindining haroratga bog‘liqligini aniqlash kerak. Bu oxirgi metod quyidagi haroratni aniqlashda foydalaniladi.
t1 - boshlang‘ich suyuqlikning paydo bo‘lishi harorati;
t2 - intensiv yig‘ila boshlashdagi harorat;
t3 - erigan holatdagi harorat.

Bu usulda ko‘rilayotgan chiqindining erish harorati quyidagi taxminiy sonlar bilan xarakterlanadi. Masalan po‘lat eritadigan pechlarda


t1 = 900-1000S;
t2 = 1050 -11500S;
t3 - 1450 -15000S.
Qaytaruvchi temir eritadigan pechlarda
t1 = 750-8500 C,
t2 = 8500-9500S,
t3 -1100-12000S.
Shisha eritadigan pechlarda esa erish holati t3 = 800 - 8500S da boshlanadi.
Toshqoldan tozalashda konvektiv qizdirilayotgan gazni oldindan, chiqayotgan tutun gazni t2 haroratdan past haroratga sovitish kerak, agarda suyuq holatdagi toshqolni tozalashda shu zonada gaz haroratsi t3 haroratdan katta bo‘lishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. Щukin A.A. «Promыshlennыe pechi i gazovыe xozyaystvo” M,1973


2. Lishenko V.P. "Vыsokotemperaturnыe teplotexnologicheskiye protsessы i ustanovki" M, 1989 y.
3. Pod obщey redaksiyey YE.V. Ametistova. Osnovы sovremennoy energetiki. Sovremennaya teploenergetika. –M., MEI. 2004g. 375s.
4.Popov S.K., Morozov I.P. Raschetnoye issledovaniye teplotexnologicheskix protsessov i ustanovok. –M., MEI. 1998g.48s.
5. Doroxov YE.V. Upravleniye kachestvom v teploenergetike. –M., MEI. 2003g. 50s.
6.Aleksandrovskiy V.N. Elementы konstruksiy teplotexnicheskix ustroystv. –M., MEI. 2000g.40s.
7. Roslyakov p .v . Malotoksichnыe gorelochnыe ustroystva. –M., MEI. 2002g.60s.
8. Popov S.K. Razrabotka i raschet teplovыx sxem termodinamicheski idealnыx ustanovok. Teoriya i algoritmы. –M., MEI. 2005g.60s.
9. Amosov A.A., Dubinskiy YU.A., Kopchenova N.V. Vыchislitelnыe metodы dlya injenerov. –M., MEI. 2003g.596s.
10.Troyankin YU.V. Proyektirovaniya i ekspluatatsiya vыsokotemperaturnыx texnologicheskix ustanovok. –M., MEI. 2002g.320s.
11. Troyankin YU.V. Poverochnыy raschet metodicheskix pechey i puti ix modernizatsii. Metodicheskoye posobiye.36s. –M., MEI.
12. Troyankin YU.V. Raschet i optimizatsiya nadejnosti vыsokotemperaturnыx ustanovok. –M., MEI. 1986g. 54s.
Qo‘shimcha adabiyotlar:

13. Averin S.I. i dr. "Raschet nagrevatelnыx pechey", Xarkov, 1969g.


14. Nesenchuk A.P. i dr. "Ognetexnicheskiye ustanovki i toplivosnabjeniye", Vыsshaya shkola, 1982 g.
15. Krivandin V.A., Markov B.L. Metallurgicheskiye pechi.-M., Metallurgiya, 1977g.464s.
16. Mastryukov B.S. Teoriya, konstruksii i raschetы metallurgicheskix pechey. Tom 1. .-M., Metallurgiya, 1978g.364s.
17. Mastryukov B.S. Teoriya, konstruksii i raschetы metallurgicheskix pechey. Tom 2 . .-M., Metallurgiya, 1978g. 270s.
18. Jurnalы «Teploenergetika”, «Elektricheskiye stansii”, «Elektrik”, «Elektrichestvo”. Biblioteka jurnalov TashGTU.
19. www.energy.ru
20. www.energyjournals.ru
21. www.energyjournals.ru
22. www.tes3.ru
Download 21.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling