Kirish. Yuqori haroratli issiqlik qurilmalar


Download 21.04 Kb.
bet1/3
Sana09.04.2023
Hajmi21.04 Kb.
#1343466
  1   2   3
Bog'liq
Texnologik va energotexnologik agregatlar tuzilishi


Texnologik va energotexnologik agregatlar tuzilishi
Reja:
1. Kirish. Yuqori haroratli issiqlik qurilmalar.
2. Buyumlarga issiqlik bilan ishlov berish tasnifi.
3. Texnologik va energotexnologik agregatlar tuzilishi
4. Texnologik chiqindilarning klassfikatsiyasi.


Kirish. Yuqori haroratli issiqlik qurilmalar.
Turli texnologik jarayonlarning asosida material va buyumlarga issiqlik bilan ishlov berish yotadi: materialni qizdirish va eritish, g’isht va chinnini buyumlarni pishirish, bog’lovchi materiallar (tsement, oxak) va shishani olish va xokazo.
Material va buyumlarga issiqlik yordamida ishlov berish texnologik yoki energotexnologik agregatlar – sanoat pechlarida amalga oshiriladi; ularda material va buyumlarga yuqori haroratli sharoitda keyingi ishlovlar berish yoki tayyor mahsulot sifatida chiqarish uchun zarur bo’lgan xossalar beriladi.
Masalan: qizdirish pechlarida ishlov berilgandan keyin yarim mahsulotlar chigirib yoyish va bog’lash uchun zarur bo’lgan chizuvchanlik va oquvchanlikka ega bo’ladi.
Chuyan quyish vagrankalarida chuyan qattiq xolatdan suyuq xolatga o’tadi va bu xolatda u quyma qolip bo’shliklarini yaxshi tuldiradi.
Ba’zi termik pechlarda pulat buyumlar qizdiriladi, undan keyin esa, oldindan belgilangan tartibda sovitiladi, buning natijasida ma’lum mexaniq xossalarga ega bo’lishga erishiladi (yumshatish, bushatish, normalash, toblash).
Pulat buyumlarga kimyoviy- termik ishlov beriladigan pechlarda metal yuzasini karbon yoki azot bilan tuyinishi (tegishlicha: tsementitlash va azotlash)ni osonlashtirish uchun ular qizdiriladi va xokazo.
Pechlarda qator murakkab jarayonlar sodir bo’ladi- gazga aylanish va yoqilg’ining yonishi, ishchi bo’shliqda tutun gazlarining harakatlanishi, ishlov berilayotgan materialga alanga va tutun gazlaridan issiqlikning uzatilishi, issiqlikning buyum yuzasidan ichkari qatlamlariga o’tishi va xokazo. Bu jarayonlarning barchasi o’zaro bog’langan. Ular ichida eng muhimlari issiqlik uzatish jarayonlari xisoblanadi.

Download 21.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling