Kirish. Yuqori haroratli issiqlik qurilmalar


Buyumlarga issiqlik bilan ishlov berish tasnifi


Download 21.04 Kb.
bet2/3
Sana09.04.2023
Hajmi21.04 Kb.
#1343466
1   2   3
Bog'liq
Texnologik va energotexnologik agregatlar tuzilishi

Buyumlarga issiqlik bilan ishlov berish tasnifi
Alangali pechlarda issiqlik manbai bo’lib yoqilg’i: gaz, mazut, ko’mir, koks va boshqalar xizmat qiladi.
Yoqilg’i yoqilganda uning kimyoviy energiyasi issiqlikga aylanadi va u asosan yonish mahsulotlariga o’tadi.
Elektr pechlarida issiqlik elektr energiyasini o’zgartirish xisobiga olinadi.
Yuqori haroratli qurilmalardagi murakkab jarayonlarni kichraytirilgan modellarda o’rganish qulay bo’ladi. Bundan tashqari murakkab qurilmalarni loyixalash jarayonini modellash mumkin. Avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlari (ALOT) hisoblash, loyixalash ishlarni tez va oson bajarish imkonini yaratadi.
Yuqori haroratli jarayonlar: metall, mashina qismlari, kimyo mahsulotlari, qurilish va boshqa materiallar korxonasining asosi hisoblanadi. Bu jarayonlar sanoat pechlarida oxirigi mahsulot olish yoki kerakligicha ishlov berish amalga oshiriladi.
Bu jarayon yuqori haroratlarda: masalan, marten pechida po’latni eritish uchun 1800-1200° C, temirchilik pechlarida po’latni qizirish uchun 1500-1800 ° va yana yuqori harorat hosil qilish uchun elektr pechlar ishlatiladi.
Ma’lum texnologik jarayonni bajarish uchun, pechlar murakkab issiqlik energitika agregatlaridan tashkil topib ko’p miqdorda yoqilg’i iste‘mol qilinadi.
Yoqilg’i istimol qilinishi umumiy yoqilg’ining 60% tashkil qiladi, shuning uchun pechlarda yoqilg’idan to’g’ri foydalanish xalk xo’jaligi uchun asosiy masala hisoblanadi.
zavodlarga zamonaviy pechlar o’rnatilgan bo’lib, bu pechlarning ko’piligini foydali ish koeffitsienti past. Bir necha zavodlar eritish jarayonini intensivlash, korxonani yaxshi tashkil etish va issiqlik yo’qolishidan foydalanish hisobiga foydali ish koeffitsentini 40-50% oshiradi. Sanoat pechlaridan chiqayotgan gazlardan yuqori haroratli issiq havo olish, kombinatsiyalashgan energotexnologiyani qo’llash, yoqilg’idan to’g’ri foydalanish hisobiga nisbiy yoqilg’ining sarfini pasaytirish, yuqori foydali ish koeffitsenti beradigan pechlar ko’rish imkoniyatiga ega.
Turli texnologik jarayonlarning asosida material va buyumlarga issiqlik bilan ishlov berish yotadi: materialni qizdirish va eritish, gisht va chinnini pishirish, boglovchi materiallar (tsement, oxak) va shishani olish va hokazo.
Material va buyumlarga issiqlik yordamida ishlov berish texnologik yoki energotexnologik agregatlar – sanoat pechlarida amalga oshiriladi; ularda material va buyumlarga yuqori haroratli sharoitda keyingi ishlovlar berish yoki tayyor mahsulot sifatida chikarish uchun zarur bo’lgan xossalar beriladi.

Download 21.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling