Kirish,,O'rta asrlar tarixi haqida
Download 371 Kb.
|
O'rta asrlar tarixi haqida
Dehqonlarning birinchi salib yurishida qirilib ketishi qolganlarning ko'zini ochdi. Endi dehqonlar Papa va feodallar da'vatiga ishonmay qo'ydilar. Uzoqdan to'kin hayot izlash o'rniga feodallarga kuchliroq; qarshilik ko'rsatish yoki shaharga qochib ketish afzal edi. Shahar-* laming o'sishi ularga ish topish imkonini bera boshladi. Ritsarlar ham salib yurishlarida qatnashishdan bosh tortganlar* Chunki Yevropa davlatlari o'rtasida nizolarning kuchayishi ritsarlargi bo'lgan talabni oshirib yubordi. Shunday sharoitda ritsarlarga qirol qo'shinida xizmat qilish afzal bo'lib qoldi. Eng muhimi, Yevropada markazlashgan davlatlarning tashkil toj borishi katolik cherkovining oldingi qudratini yo'qqa chiqara boi Uning mavqei pasaya boshladi. Salib yurishlarining oqibatlari. Salib yurishlari o'zining asosiy maqsadiga erisha olmadi. Buning ustiga bu yurishlarda yevropaliklar katta talafot ko'rdilar. Shunday bo'lsa-da, salib yurishlari Yevropa uchun qator ijobiy natijalar keltirdi. Chunonchi, O'rta Yer dengizi orqali olib borilgan savdo-sotiq yanada jonlandi. Savdo-sotiqda yetakchilik Italiyaning Venetsiya va Genuya shaharlariga o'tdi. Yevropaliklar sharqliklardan tarvuz, limon, o'rik, shakarqamish, sholi kabi qator o'zlari uchun yangi dehqonchilik ekinlari yetishtirishni o'rganib oldilar. Bundan tashqari, shamol tegirmonidan foydalanish, shoyi to'qish, oyna (ko'zgu) yasashni ham o'zlashtirdilar. Shaxmat o'yini ham shu davrlarda Sharqdan kirib keldi. Bir so'z bilan aytganda, salibchilar Sharq madaniy hayoti Yevropanikidan ustun ekanligiga amin bo'ldilar. Eng muhimi, yevropaliklar Sharqda turli dinlarning bir-biri bilan o'zaro murosada yashayotganligini ko'rdilar. V bob. G'arbiy Yevropada markazlashgan davlatlarning tashkil topishi 22-§. Fransiyada markaziy hokimiyatning vujudga kelishi Tayanch tushunchalar Feodal tarqoqlik oqibatlari. Mamlakatni birlashtirish sabablari. Birlashtirish tarafdorlari va duskmanlari. Ichki siyosiy ahvol. IX asrda G'arbiy Yevropada feodal tarqoqlik yuz bergan edi. Buning natijasida davlatlar mayda-mayda bo'laklarga bo'linib ketgan. Ularning har biri deyarli mustaqil davlat (mustaqil mulk) edi. Oqibatda qirol hokimiyati zaiflashgan. Uning ta'sir doirasi o'ziga qarashli mulk chegarasidan nariga o'tmagan. Fransiyaning o'zi 14 ta yarim mustaqil mulkka (davlatga) bo'linib ketgan edi. Ularni boshqargan gersog yoki graflar o'zlariga qarashli mulkda aholidan soliq yig'ganlar, sud ishlarini amalga oshirganlar. Ba'zi feodallarning yer-mulki qirolnikidan ko'p edi. Binobarin, ular qirollardan boyroq va qudratiiroq bo'lgan. Gersog va graf (yirik feodal)lar ,,qirol tenglarning birinchisidir**. xolos, deb hisoblar edilar. Birlashish sabablari. X - XI asrlarda mamlakatda ishlal chiqaruvchi kuchlar yanada o'sdi. Bu o'z navbatida savdo-sotiqninj rivojlanishiga sabab bo'ldi. Savdo-sotiqning rivojlanishi mamlal viloyatlari o'rtasida mehnat taqsimotining vujudga kelishiga olil keldi. Yodda tuting Viloyatlar o'rtasidagi mehnat taqsimoti har bir viloyatning ishlab chiqarishning u yoki bu sohasiga ixtisoslashuvidir. Bir viloyatda temir rudasi, ikkinchisida oziq-ovqat mahsuloth uchinchisida esa movut ishlab chiqarish yetakchi sohaga aylang* Bu hodisa viloyatlarning o'zicha yashashi holatiga barham bergan. Ularni bir-biri bilan chambarchas bog'lagan. Hatto feodallar ham, krepostnoylar ham bu jarayonga tortilgan. Feodallar hunarmandchilik buyumlari hamda shahardan keltiriladigan boshqa tovarlarni sotib olish uchun tobora ko'proq pulga muhtoj bo'Ia boshlaganlar. Shu tufayli barshchina va obrokni ham pul to'loviga o'tkaza borganlar. Obrokni pul bilan to'lash krepostnoylarni bozor bilan bog'lab qo'ygan. Ular endi o'z chek yerlarida yanada ko'proq mahsulot yetishtirishga harakat qilganlar. Ortiqcha pulga ega bo'la boshlagan krepostnoy bora-bora pul evaziga o'z erkini sotib ola boshlagan. Shu tariqa krepostnoy qaramlikdan ozod bo'lib, erkin ishlab chiqa-ruvchiga aylangan. Bu esa mamlakatni birlashtirish uchun sharoit yaratgan. Mamlakatning bundan keyingi taraqqiyoti ishlab chiqaruvchi kuchlarning yanada o'sishi va savdo-sotiqning rivojlanishiga bog'liq bo'lib qolgan. Biroq mamlakatda davom etayotgan feodallar o'rtasidagi o'zaro urushlar taraqqiyot yo'lidagi asosiy g'ovga aylangan edi. Bu g'ovni faqat kuchli qirol hokimiyatigina bartaraf eta olar edi. Sunday hokimiyat mamlakatni yagona davlatga birlashtirish natijasidagina vujudga kelishi mumkin edi. Mamlakat birlashuvi dushmanlari va tarafdorlari. Mamlakat birlashuvining asosiy dushmani yirik feodallar edi. Ular hamma narsaning eskicha qolishini istashardi. Chunki birlashish mulk egalarini hamma imtiyoz va mavqelardan mahrum etar edi. Hunarmandlar, savdogarlar va ritsarlar markazlashgan davlat tarafdorlari edilar. Qirol feodallarga qarshi kurashda ularga tayanar edi. Shaharlar feodallarga qarshi kurashda qiroldan madad so'rardi. Qirol o'zboshimcha feodallarni kuchsizlantirish maqsadida shaharlarga o'z-o'zini boshqarish huquqini berardi. Buning eva¬ziga shaharlar qirolning mamlakatni birlashtirish yo'lidagi hara-katini pul bilan ta'minlardi. Qirol ixtiyoriga o'z qurolli kuchlarini yuborar edi. Birlashtirish harakatining boshlanishi. Fransiyani birlashtirish qirol Lyudovik VI davrida (1108 - 1137) boshlandi. Birlashtirish yo'lidagi eng katta to'siq Angliyaning Fransiyadagi mulklari edi. O'zboshimcha Normandiya gersogi Vilgelm Angliyani bosib olgan edi. Uning vorislari Fransiyaning yarmidan ortiq hududiga egalik qilardilar. Qirol Filipp II Avgust (1180 - 1223) Vilgelm vorislarining Fransiyadagi yerlarini musodara qildi. Ingliz qo'shinini tor-mor etib, hatto Normandiya gersogligining o'zini ham bo'ysundirdi. Shu tariqa mamlakatni birlashtirishda katta muvaffaqiyatga erishildi. Filipp n Avgust boshqaruv sohasida muhim islohot o'tkazdi. Unga ko'ra, mamlakat bir-biriga teng 20 ta okrug (viloyat)ga bo'lindi. Ular qirol tayinlaydigan gubernatorlar tomonidan boshqariladigan bo'ldi. Gubernatorlarga sud, soliqlarni yig'ish va qo'shin to'plash ishlari yuklatilgan. Fransiyani birlashtirish ishiga qirol Filipp IV katta hissa qo'shdi. Uning davrida (1285 - 1314) butun Fransiyaning 3/4 qismi birlash-tirilgan. Filipp IV tanga pul joriy etgan. Uning tarkibida oltin va kumush miqdori ko'p edi. Bu esa savdo-sotiqning rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo'lgan. Fransiyada shu tariqa markazlashgan qirol hokimiyati -markazlashgan davlat vujudga keldi.Mamlakatning barcha hududi qirol hokimiyatiga itoat etgan. Atamalar mazmunini bilib oling Imtiyoz - hamma uchun belgilangandan ortiq haq-huquq, sharoit. Markazlashgan qirol hokimiyati - mamlakat barcha hududining yagona qirol hokimiyatiga itoat etishi. 23-§. Fransiyada toifaviy monarxiyaning qaror topishi Tayanch tushunchalar Aholining toifalarga bo'linishi. Uch toifaviy General shtatlar. Toifaviy monarxiya. Aholining toifalarga bo'linishi. Fransiya aholisi uch |toifaga bo'lingan. Ruhoniylar birinchi toifani; dvoryanlar I (katta yer egalari) ikkinchi toifani; shahar boylari va kambag'allari, dehqonlar hamda hunarmandlar uchinchi toifani tashkil etishgan. Ruhoniylarning vazifasi ibodat qilish, gunohkorlarni xudo oldida himoya qilishdan iborat bo'lgan. Dvoryanlarning vazifasi esa qirol va uning fuqarolarini dushmanlar hujumidan himoya qilish bo'lgan edi. General shtatlarning chaqirilishi. Fransiyani birlashtirish uchun og'ir kurash olib borilayotgan bir sharoitda qirol Filipp IV General shtatlar chaqirishga majbur bo'ldi. Bu hodisa 1302- yilda ro'y berdi. Filipp IV hokimiyatining bo'linishini xohlamas edi, albatta. Shu sababli uning o'ziga qolsa General shtatlarni chaqirmagan bo’lardi. Ichki vatashqi dushmanlarga qarshi kurash katta-katta mablag'lar talab etayotgan bir sharoitda Filipp IV ning bundan boshqa iloji yo'q edi. Zarur mablag'ga ega bo'lish uchun qirol harbiy xizmatni o'tamayotgan yirik dvoryanlarni o'zlariga berilgan imtiyozni to'lov evaziga sotib olishga majbur etgan. Bundan tashqari, cherkov yerlariga ham soliq solgan. Qirolning bu tadbirlari yirik feodallar va Rim Papasi qarshiligiga uchragan. Rim Papasi qiroldan cherkovga qarashli yerlardan soliq olish to'g'risidagi farmonini bekor qilishni talab etgan. Ana shunday sharoitda qirolning General shtatlarni chaqirishdan boshqa chorasi qolmagan. Qirolning asosiy tayanchlari o'rta va mayda dvoryanlar hamda shaharlarning erkin fuqarolari edi. O'rta va mayda dvoryanlar gersog va graflarning o'zboshim-chaligidanjabr chekmoqda edi. Ko'plab shaharlar qirolning qo'llab-quvvatlashi tufayligina o'z-o'zini boshqarish huquqini qo'lga kiritgan edi. Shuning uchun ham shaharliklar qirolning ishonchli tayanchiga aylangan edi. Filipp IV aynan o'rta va mayda dvoryanlar hamda shaharliklar madadiga tayanib, yirik dvoryanlar va cherkovning qarshiligini sindirishga qaror qilgan. General shtatlar 8- aprel kuni Parijning bosh ibodatxonasida ish boshladi. Unda yuqori tabaqa vakillari bilan bir qatorda, har shahardan ikki nafardan vakil ham qatnashdi. Shaharliklar vakillari qirolni to'la qo'llab-quwatlashini ma'lum qilganlar. Bu madaddan foydalangan Filipp IV Rim Papasiga qarshi kurash olib borgan. Vafot etgan Papa o'rniga uning tazyiqi bilan fransiyalik ruhoniy saylangan. 1309- yilda Papa qarorgohi Rimdan Fransiyaga ko'chirilgan. Rim Papa-sining mavqei pasayib, qirol hpkimiya-tining obro'yi orta borgan. Qirol uchinchi toifaga tayanib, yirik dvoryanlarni yanada ko'proq cheklab qo'yishga erishgan. Shu tariqa Fransiyada toifaviy monarxiya qaror topgan. Yodda luting Toifaviy monarxiya - toifalar madadisiz mamlakatni idora qilish uchun yetarli darajada kuchli bo'lmagan qirol hokimiyati. General shtatlardagi ixtilof. Toifalar o'zaro murosaga erisha olmagan, Chunki dvoryanlar shaharliklar nufuzining o'sib borishidan qo'rqar edilar. Ularni tobora boyib borayotgan shaharliklarning bir kuni hokimiyatga da'vo qilishi tashvishga solar edi. Natijada dvoryanlar shaharliklarni o'z qatorlariga qo'shishni aslo istamaganlar. Shuning uchun ham shaharliklar qirol bilan kelishishni afzal ko'rgan. Dvoryanlar va shaharliklar o'rtasida ittifoq qaror topmaganligi General shtatlarning uch palatadan iborat bo'lganligida o'z ifodasini topdi. Yuqori palata ruhoniylar vakillaridan (arxiyepiskop, yepiskop va abbatlar), o'rta palata dvoryanlar vakillaridan, quyi palata esa shaharliklar vakillaridan iborat bo'lgan. Ular alohida-alohida majlis qilganlar. Palata vakillarining o'zaro kelisha olmaganligi General shtatlarning qirolga kuchli ta'sir ko'rsata oladigan hokimiyatga ega bo'lishiga imkon bermagan. General shtatlar muntazam chaqirilmagan. Buning ustiga u qonunlarni tasdiqlash huquqiga ega bo'lmagan. Uning vazifasi u yoki bu soliqni joriy etishga rozilik berish bilan cheklanib qolgan. Qirol Filipp IV General shtatlardan yangi soliq joriy etilishini do'stlarcha so'rash bilan birga, hukmdor sifatida ham talab qilardi. General shtatlar o'z huquqini oshirish uchun urinib ko'rgan, albatta. Chunonchi, 1357- yilda shunday qilingan. Bu paytda Angliya bilan urush davom etardi. Urushda Fransiya qo'shini mag'lubiyatga uchragan, qirol loann esa asir olingan edi. General shtatlar davlat amaldorlarini uquvsizlikda ayblagan va taxt vorisi oldiga 22 nafar amaldorni lavozimidan ozod etish talabini qo 'ygan. Ayni paytda General shtatlar o'ziga soliq yig'ish va soliqdan tushgan mablag'lar xarajatini nazorat qilish huquqi berilishini ham talab etgan. Taxt vorisi General shtatlar talabini qabul qilishga majbur bo'lgan. Biroq o'rta va quyi palata vakillari o'rtasida birlikning yo'qligi tufayli bu g'alabani saqlab qoiishning iloji bo'lmagan. Natijada qirol hokimiyati yana o'z mavqeini tiklab olishga muvaffaq bo'lgan. Atamalar mazrnunini bilib oling General shtatlar - Fransiyada mavjud bo'lgan uch toifa vakillarining kengashi. Toifa - otadan bolaga meros tariqasida o'tadigan huquq va majburiyatlarga ega bo'lgan kishilarning katta-katta guruhi, 24-§. Fransiyani birlashtirishni tugallash yo'lida Tayanch tushunchalar Yut yillik urush va uning sabablari. Inglizlar g'alabasi. Jakeriya qo'zg'oloni. Qo'zg'olonning yengilishi va oqibatlari. Siy&siy inqiroz- Yuz yillik urushning sabablari. Fransiyani yagona davlatga | birlashtirishni tugallash oson vazifaemas edi. Chunki biriashtirish siyosati nafaqat ichki, ayni paytda, tashqi to'siqlarga ham uchragan. Eng katta tashqi to'siq - Angliya edi. Fransiyaning Akvitaniya viloyati Angliya qo'l ostida edi. U bu viloyatni Fransiyaga qaytarib berishni istamagan. Buning ustiga, markaziy hokimiyatga bo'ysunmaslik uchun kurashayotgan Flandriya viloyati Angliya tomonidan qo'llab-quvvatlangan. Angliya qiroli Eduard III Fransiya qiroli Filipp VI (1328 - 1350) (qizining o'g'li)ning nabirasi bo'la turib, Fransiyaga qarshi siyosat yurita boshladi. Bu omillar Fransiya - Angliya munosabatlarini tobora keskinlashtirgan. Endi bu ikki davlat o'rtasida urush chiqishi muqarrar edi. Urushning boshlanishi uchun bir bahona kerak edi, xolos. Filipp VI vafotidan so'ng Eduard III Fransiya taxtiga da'vogarlik qilib chiqdi. Biroq Fransiya qonunshunoslari ayol tomonidan bo'lgan avlod qirollik taxtiga o'tira olmaydi, degan xulosani berdi. Bu esa urush boshlashga bahona bo'ldi.
Yodda fating Angliya - Fransiya o'rtasida boshlangan bu urush tarixga yuz yillik urush nomi bilan kirgan. U to 'xtab-to 'xtab 1453-yilgacha davom etgan. 1340- yilda Angliya floti katta g'alabaga erishdi. Bu g'alaba ingliz flotini dengizda hukmron flotga aylantirdi. 1346- yilda inglizlar quruqlikda ham g'alaba qozondilar. Fransiya qo'shinining umumiy safda turib jang qila olmasligi, inglizlarning esa 200 metr masofadan turib ham og'ir kamonlarda mo'ljalni aniq urishga qodir qo'shinga egaligi inglizlar g'alabasining asosiy sababi bo'ldi. Eng yirik jang 1356- yilgi Puate jangi edi, Bu jangda ham inglizlar g'alabaga erishdilar. Hatto Fransiya qiroli loann asir olindi. Shu tariqa Angliya G'arbiy va Shimoliy Fransiyaning katta qismini bosib oldi. Mamlakatdagi og*ir ichki vaziyat. Fransiya qiroli Lyudovik X 1315- yilda qirollik yer-mulklaridagi dehqonlarga haq to'lash sharti bilan ozodlik berish to'g'risida farmon chiqargan edi. Bu farmon kechagi qaram dehqonni erkin mayda tovar ishlab chiqaruvchiga aylantirishi kerak edi. Biroq erkinlikni sotib olish haqi juda baland bo’lgan. Bu esa dehqonlarni amalda sudxo'rlar sirtmog'iga ilintirib qo'ygan. Angliya - Fransiya urushi busiz ham ahvoli og'ir bo'lgan dehqonlarni xonavayron qilgan. Bu esaFransiya tarixiga , Jakeriya qo'zg'oloni" nomi bilan kirgan dehqonlar qo'zg'olonining yuz berishiga sabab bo'lgan. Jflkeriya qo’zg’oloni. Qo'zg'olon 1358- yilning may oyida Frajjsiyaning shimoli-sharqida boshlandi. Qo'zg'olonda 100 mingdan ortiq dehqon qatnashdi. Qo'zg'olonchilarning shiori barcha zodagonlarni bitta ha111 q°ldirmay qirib tashlash edi. Bunga zodagonlar va harbiylar-ning dehqonlarga o'tkazgan og'ir jabr-zulmlari sabab bo'lgan. Qo'zg'olonga Gilom Kal ismli dehqon rahbarlik qildi. Qjrol hokimiyati tez orada qo'zg'olonga qarshi katta qo'shin to'pladi- Qirol hatto Angliyadan yordam so'rashga majbur bo'ldi. Harbiy tayyorgarlik ko'rmagan va yaxshi qurollanmagan dehqonlar q°'shiniga qarshi tura olmas edi. Qo'zg'olon rahbari aldov yo'li bilan asir olindi. U boshiga qizdirilgan temir toj kiydirilib qatl etildi. rjehqonlarning dushmanlari Gilom Kalga qarata: , Jaklar qiroliga biz ana shunday toj kiydiramiz", - deb uni mazax qilganlar. yolboshchisiz qolgan, jang tartibini bilmaydigan dehqonlar q0'zg'oloni tor-mor etildi. Qariyb 20 ming dehqon qirib tashlandi. Ritsarlar qishloqlarga o't qo'ydilar. Dehqonlarning o'zlarini esa d^axtlarga va uylarning eshiklariga osdilar. no'zg'olonning oqibatlari. Qo'zg'olon yengildi, lekin izsiz ketntfdi- Dahshatli qo'zg'olon feodallarni qo'rqitib qo'ydi. Ular bun-dan $yin dehqonlarning majburiyatlarini yanada ko'paytirishga botina Dehqonlarni to'lov evaziga shaxsiy qaramlikdan ozod tezlatdilar. pehqonlar qo'zg'olondan keyin o'z xo'jaliklarini nisbatan muvaf-faqiyatliroq rivojlantirish imkoniga ega bo'ldilar. AngHya bilan sulh shartnomasining imzolanishi. Fransiya va Aneliy2 o'rtasida 1360- yilda sulh shartnomasi imzolandi. Uning s^arilari Fransiya uchun juda og'ir edi. Chunonchi, Fransiya hududining 1/3 qismi Angliya qo'liga o'tdi. Fransiya bunday og'ir shartni qabul qilishga majbur edi. Chunki Fransiyaning urushni davom ettjrjshga qurbi yetmas edi. Ertami-kechmi yana urush harakatlari i- Fransiya vaqtdan foydalanishga harakat qildi. Chunonchi, qirol Karl V o'ziga bo'ysunishni xohlamagan sepa-ratchi hukmdorlarni tor-mor etdi. Moliya sohasida islohot o'tkazdi. Natijada qirol xazinasi qator doimiy daromad manbalariga ega bo'ldi. Bu qirolga yaxshi harbiy ta'lim ko'rgan qo'shin tuzish imkonini berdi. 120 kemadan iborat harbiy flot tashkil etdi. Tarixda birinchi bor og'ir artilleriya - to'p ixtiro etildi. Bu o'zgarishlar tez orada o'z samarasini berdi. 1369- yilda qayta boshlangan urushda Angliya qattiq mag'lubiyatga uchradi. Angliya qo'lida bir necha sohilbo'yi shaharlari qoldi, xolos. Biroq Karl V vafotidan so'ng vaziyat yana og'irlashdi. Fransiyada siyosiy inqiroz - saroy nizolari davri boshlandi. Bu mamlakatda hokimiyat uchun kurash avj olganligini anglatar edi. Siyosiy inqiroz Fransiyani halokat yoqasiga keltirib qo'ydi. Atama mazmunini bilib oling Jakeriya - feodallar dehqonlarni masxaralab ,jaklar" deb atashardi. Bu atama dehqonlarni kamsituvchi laqab edi. Qo'zg'olonning nomi shu laqabdan olingan. 25-§. Fransiyani birlashtirishning tugallanishi Yangi urush va uning oqibati. Fransiyadagi og'ir ichki vaziyatdan foydalangan Angliya 1415- yilda yana urush harakatlarini boshladi. Tez orada Fransiya qo'shini mag'lub etildi. Oqibatda Angliya Fransiyaning butun shimoliy qismini egallab oldi. Bunga qanoatlanmagan inglizlar qo'shini mamlakat poytaxti Parij shahrini ham bosib oldi. 1420- yilda Angliya va Fransiya o'rtasida Fransiyani tahqirlovchi shartnoma imzolandi. Unga ko'ra Angliya va Fransiya yakka qirollikka birlashtirildi. Fransiya qirolining o'g'illari vorislik huquqidan mahrum etildi. Tez orada vafot etgan Angliya qiroli Genrix V ning hali go*dak o'g'li Angliya va Fransiya qiroli deb e'lon qilindi. Mustaqil Fransiya tarafdorlari bu holatga toqat qila olmaganlar. Shu tariqa Fransiya bir-biriga dushman ikki qismga bo'linib ketgan. 1428- yilda inglizlar qo'shini Orlean shahrini qamal qilishga kirishganlar. Orlean egallansa, inglizlar Fransiyaning janubini ham qo'lga kiritish imkoniga ega bo'lardilar. Yodda luting Fransiyaning keyingi taqdiri Orlean shahriga bog'liq bo 'lib qoldi. Janna d'Ark. Fransiya qo'shini g'alabagishonchni yo'qotdi. Taxt vorisi va uning a'yonlari dovdirab qolishdi. Shunday sharoitda fransuz xalqi tashabbusni o'z qo'liga oldi. Ular partizanlar uru-shini boshlashdi. Xalqning jasorati tu-fayli Orlean mustahkam qal'aga aylandi. Xalq ichidan chiqqan jasur vatanparvarlardan biri dehqon qizi Janna d'Ark edi. U o'zida mamlakatni inglizlardan xalos etuvchi kuchni topa oldi. O'zining xaloskorlik vazifasiga xudoi taoloning xohishi deb qaradi. 1429- yilda u Fransiya qiroli Karl VII bilan uchrashib, o'z fikrlarini bayon etdi. Ritsar qurol-aslahalarini taqib olgan Janna otda qirol qo'shinini aylanib chiqdi. Ularni urush harakatlarini Orlean yonida boshlashga da'vat etdi. Bu harakat albatta g'alaba keltirishini oldindan bashorat qildi. Tez orada Orlean uchun jang boshlandi. Janna d'Arkning jangdagi shaxsiy namunasi fransuz qo'shinini ruhlantirib yubordi. 1429- yil yuz yillik urushda burilish yasagan yil bo'ldi. Orlean to'qqiz kun ichida - 1429-yilning 5-may kuni butunlay ozod qilindi. Dushman qo'shini Fransiya shimoliga chekindi. Janna d'Ark ,,Orlean qizi" degan nom oldi. Uning jasorati, shon-shuhrati butun Fransiyaga yoyildi. Janna d'Ark kabi xalq qahramonlari obro'si hukmron tabaqalarni tashvishga solib qo'ydi. Endi Janna ularga kerak bo'lmay qoldi. Janna Angliya ittifoqchisi, Fransiya manfaatlariga xoinlik qilgan burgund-larga qarshi kurashda asirga tushib qolgan va katta pul evaziga inglizlarga sotib yuborilgan. Fransiya qiroli Karl VII Janna d'Arkni inglizlardan qutqarib olishni hatto xayoliga ham keltirmagan. Cherkov Janna d'Arkni jodugarlikda ayblagan va uni inkvizitsiya -cherkovning sud-tergov tashkilotiga topshirgan. U 1431- yilning 30-may kuni olovda kuydirib o'ldirilgan. Yuz yillik urushning tugashi. Fransuz xalqi ozodlik urushini davom ettirdi. Janna d'Arkning jasorati ming-minglab kishilarni yurt ozodligi uchun kurashga otlantirdi. Tez orada Angliyaning o'zida ham hokimiyat uchun kurash kuchaydi. Parijdabosqinchilarga qarshi qo'zg'olon ko'tarildi. Karl VII qo'shini bilan Parijga kirib keldi. Shu tariqa xalq bosqinchilar zulmidan xalos bo'ldi. Angliya bosib olgan hududlar birin-ketin ozod etila boshlandi. Nihoyat, 1453- yili yuz yillik urush Fransiyaning g'alabasi bilan yakunlandi. Angliya qo'lida Kale portigina qoldi, xolos. Yuz yillik urushda erishilgan g'alabaning eng yirik oqibati, ahamiyati Fransiyani birlashtirishning oxiriga yetkazilishi bo'ldi. Fransiya markazlashgan yagona davlatga aylandi. Butun mamlakat hokimiyatiga bo'ysundirildi. Fransiyaning markazlashgan davlatga aylanishi mamlakat xo'jaligining ravnaq topishida asosiy omil bo'ldi. Fransiyada mutlaq monarxiyaning qaror topishi. XV asr oxiriga kelib Fransiyani birlash-. tirish asosan nihoyasiga yetdi. Bu tarixiy voqea| mashhur siyosatchi qirol Lyudovik XI hukm-' ronligi davrida (1461- 1483) yuz berdi. U o'ta oqilona siyosat yuritdi. Mamlakatda doimiy | qo'shin tuzdi. Fransiya toifaviy monarxiyadan mutlaq mo- | narxiyaga aylandi. Qirol davlatning ichki va tashqi siyosatini yakka o'zi belgilagan. Davlat ishlarini xohlaganicha boshqargan. Urush e'lon qilish yoki sulh tuzish masalasini ham shaxsan o'zi hal etgan. Maosh olib ishlaydigan davlat amaldorlari unga so'zsiz itoat etganlar. Mamlakatni birlashtirishning oqibatlari. Mamlakatni birlash-tirish avvalo qirolning kuchli hokimiyatini vujudga keltirdi. Feodal tarqoqlikka butunlaiy chek qo'yildi. Feodallaraing qurolli | guruhlari shahar va qishloqlarni vayron eta olmaydigan bo'ldi. Chunk! endilikda ularda bunday guruhlarning o'zi yo'q edi. Savdogarlar butun mamlakat bo'ylab erkin savdo qilish imko-niga ega bo'ldi. Qaroqchilar hujumiga barham berildi. Qirolning o'zi shaharlarning o'sishi, savdo-sotiqning yanada kengayishiga homiylik qildi. Mamlakatda yagona pul, o'lchov va og'irlik birlik-lari joriy etildi. Mamlakatning katta savdo floti tashkil topdi. Bu esa chet davlatlar bilan olib boriladigan savdoning yanada o'sishini ta'minladi. Shu tariqa I mamlakat yagona iqtisodiy makonga aylandi. Uning bir qismi ikkinchi J qismisiz rivojlana olmaydigan bo'ldi. Atamalar mazmunini bttib oling Mutlaq monarxiya - huquqi mutlaqo cheklanmagan yakka hukmdor - qirol hokimiyati. Partizan - dushman bosib olgan hududlarda yurt ozodligi va mustaqilligi uchun kurashuvchi kishi. 26-§. Angliyada markazlashgan davlatning tashkil topishi Tayanch tushunchalar Normand gersogligi. Kuchli qirol hokimiyati. ,,Buyuk erkinlik xartiyasi". Parlament. Normandlar istilosi oqibatlari. Sizga ma'lumki, Fransiyaning Normandiya gersogligi 1066- yilda Angliyani istilo qilgan edi. Shu yili gersog Vilgelni Vilgelm I nomi bilan Angliya qiroli deb e'lon qilindi. Istilodan so'ng aksariyat mahalliy angl-caks feodallarining yer-mulki tortib olindi. Ular ritsarlarga bo'lib berildi. Cherkov yepiskoplari ham almashtirildi. Angliya yerlarining 1/7 qismini Vilgelm I o'z mulki qilib oldi. Istilochilarning Angliyani itoatda tutishlari uchun kuchli qirol hokimiyati zarur edi. Buni tushungan barcha yer egalari Vilgelm I ga sodiqlik haqida qasamyod qilganlar. Download 371 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling