Kirish,,O'rta asrlar tarixi haqida
Download 371 Kb.
|
O'rta asrlar tarixi haqida
Mana shu davrda Songai davlati mustahkamlandi. Mamlakat zodagonlari 500 dan 1000 gacha tobe aholisi bo'Igan qishloqlarga egalik qilishardi. Tobe aholi yer-mulk egasiga obrok, davlatga esa soliq to'lashardi. Ozod jamoa a'zolari ham zodagonlarga qaram bo'lib qolishardi. XVI asr o'rtalarida Songai zaiflasha boshlagan. Hukmdorning oliy martabalarni egallagan qarindoshlari taxtni egallash uchun fitna uyush-tiraredilar. Shaharlardagi musulmon zodagonlar (qozilar, ruhoniylar, savdogarlar) hukmdor bilan deyarli hisoblashmay qo'ygan edi. Ichki janjal va nizolar davlatni zaiflashtirgan. XVI asr oxirida Marokash sultonligi Songaini bosib olgan. Gvineya ko'rfazi sohillarida ham bir qancha davlatlar vujudga kelgan. Bulardaneng kuchlisi Benin edi. Undan janubroqda XIII asrda Kongo davlati tashkil topdi. Afrika xalqlari madaniyati. Afrika xalqlarida ko'pgina qadimiy afsona va ertaklar saqlanib qolgan. Ular qimmatli tarixiy manbalar bo'lib ham xizmat qiladi. Ayniqsa, G'arbiy Sudan xalqlari madaniyati rivojlandi. Islom qabul qilinganidan key in bu yerda arab mamlakatlari me'morlari machitlar, saroylar, qasrlar, jamoat binolari (kasalxona, hammom, istirohat bog'lari va boshqalar) qurganlar. Musulmon maktab, madrasalari ishga tushirilgan. Tombuktu madrasasida ilohiyot bilan birga tarix, fiqh (qonunchilik), matematika, astronomiya ham o'qitilgan. Afrikaliklar san'atda katta muvaffaqiyatlarga erishganlar. Yog'och va jezdan yasalgan haykallar va niqoblar ifodaviyligi bilan kishilarni hayratga solgan. Benindagi shoh saroyi zallari va galereyalarida podsholaru a'yonlarning jez lavhalarga ishlangan bo'rtma rasmlari topilgan. Bu lavhalarda ov, urush, saroy hayoti sahnalari aks ettirilgan. Atamalar mazmunini bilib oling Freska - devoriy surat. Lama - tuyasimonlar oilasiga mansub o'rkachsiz hay von turi. Relef - bo'rtma surat. MUHIM TARIXIY SANALAR IV - VI asrlar - Yevropada xalqlarning buyuk ko'chishi. 476- yil - G'arbiy Rim imperiyasi quladi. 486- yil - Franklar davlati tashkil topdi. 570 - 632- yillar - Muhammad (s.a.v.) yashagan yillar. 589- yil - Xitoyda Suy imperiyasi vujudga keldi. 610- yil - Muhammad (s.a.v.) ning payg'ambarlik faoliyati boshlandi. 618- yil - Xitoyda Tan imperiyasi tashkil topdi. VII asr - Hindistonda Xarsha imperiyasi tashkil topdi. 630- yil - Arab qabilalari yagona davlatga birlashtirildi. 632- yil - Arab xalifaligi tashkil topdi. 661- yil - Xalifalikda umaviylar sulolasi hokimiyat tepasiga keldi. 750- yil - Xalifalikda abbosiylar sulolasi hukmronligi o'rnatildi. 800- yil - Buyuk Karl imperiyasi tashkil topdi. 829- yil - Angliya yagona davlatga birlashtirildi. 843- yil - Verden shartnomasi imzolandi. 875 - 884- yillar - Xitoyda Xuan Chao boshchiligida dehqonlar qo'zg'oloni bo'lib o'tdi. 882- yil - Kiyev Rus davlati tashkil topdi. X asr - Chexiya va Polsha davlatlari vujudga keldi. 962- yil - Muqaddas Rim imperiyasi tashkil topdi. 998- yil - Rusda xristian dini qabul qilindi. XI asr - Yevropada shaharlar jamiyat taraqqiyotida muhim omilga aylanishi jarayoni boshlangan. 1038- yil - Saljuqiylar davlati tashkil topdi. 1054- yil - Xristian cherkovi ikkiga bo*linib ketdi. 1096- yil - Birinchi salib yurishi boshlandi. XII asr - Inklar davlati tashkil topdi. XII asr - Yaponiyada imperator hokimiyati vujudga keldi. XII asr - Rusda feodal tarqoqlik boshlandi. 1204- yil - Salibchilar Konstantinopol shahrini ishg'ol qildilar. 1206- yil - Hindistonda Dehli sultonligi tashkil topdi. 1206- yil - Yakka mo'g'ul ulusi davlati vujudga keldi. 1215- yil - Angliyada ,3uyuk erkinlik xartiyasi" qabul qilindi. 1224- yil - Mo'g'ullar imperiyasi to'rt ulusga bo'lindi. 1237- yil - Mo'g'uilarning Rusga bosqini boshlandi. 1240- yil - Kiyev knyazligi taslim bo'ldi. XIII asrning 40- yillari - Oltin O'rda xonligi tashkil topdi. 1265- yil - Angliyada parlament joriy etildi. 1279- yil - Xitoyda yuan sulolasi hukmronligi o'rnatildi. 1291- yil - Salibchilar Sharqdagi barcha mulklaridan ajraldilar. 1302- yil - Fransiyada General shtatlar chaqirildi. XIV asrning 20- yillari - Usmonli turklar davlati tashkil topdi. 1337- yil - Yuz yillik urush boshlandi. 1368- yil - Xitoyda min sulolasi hukmronligi o'rnatildi. 1381- yil - Angliyada Uot Tayler boshchiligida dehqonlar qo'zg'oloni bo'lib o'tdi. XIV asr so'nggi choragi - Mo'g'ullar imperiyasi barham topdi. 1380- yil - Kulikovo jangi bo'lib o'tdi, 1380- yil - To'xtamish Oltin O'rda taxtini egalladi. 1395- yil - To'xtamishxon qo'shini Amir Temur qo'shini tomonidan tor-mor etildi. 1402- yil - Mashhur Anqara jangi bo'lib o'tdi. 1453- yil - Yuz yillik urush tugadi. 1453- yil - Vizantiya imperiyasi quladi. XV asr oxiri - Fransiya markazlashgan davlatga aylandi. Mamlakatda mutlaq monarxiya o'rnatildi. XVI asr boshlari - Oltin O'rda xonligi quladi. MUNDARIJA I bo'lim. Jahon xalqlari o'rta asrlarning birinchi davrida (V - XI asrlar) I bob. V - XI asrlarda Yevropa xalqlari 1-§. Xalqlarning buyuk ko'chishi va uning oqibatlari..... ...... ....2 2-§.Franklar davlatining tashkil topishi..................................... 3 3-§. Franklar imperiyasi............................................................. 4 4-§. Muqaddas Rim imperiyasi.... .............................................. 16 5-§. V - XI asrlarda Angliya................ ........................... ...........20 6-§. VI -XI asrlarda Vizantiya imperiyasi.................... ............ .22 7-§. Slavyan davlatlarining tashkil topishi.................... ....... .....25 8-§. Kiyev Rus davlati..., ....... ....................................................28 9-§. V -XI asrlarda Yevropa xalqlari madaniyati....... ...............31 II bob. VI - XI asrlarda Osiyo xalqlari 10-§. Islom dinining vujudga kelishi......... .............................. ...36 1 1-§. Arab xalifaligi va uning istilochilik siyosati......................39 12-§. Arabxalifaligimamlakatlarimadaniyati................,...........42 13-§. IV -XI asrlarda Hindiston................... ........................... -46 14-§.V-XI asrlarda Xitoy........................,...........-....................50 II bo'lim. Jahon xalqlari o'rta asrlarning ikkinchi davrida (XI - XV asrlar) III bob. Hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivoji. Shaharlarning yuksalishi 15-§. Yevropada o'rta asrlar shaharlarining vujudga kelishi. .......54 16-§. Tovar xo'jaligi vasavdo-sotiq...... .............................. .......58 17-§. Yevropa shaharlarihayoti. Osiyo shaharlari......... ........... ..62 IV bob. Xristian cherkovi va salib yurishliirj 18-§. Xristian cherkovining jamiyatdagi o'rni................ 19-§. Salib yurishlari................................................... 20-§. Dastlabki salib yurishlari vaoqibatlari................. 21-§. Keyingi salib yurishlari vaoqibatlari.................. V bob. G'arbiy Yevropada markazlashgan davlatlarning tashkil topishi 22-§. Fransiyada markaziy hokimiyatning vujudga keli^ 23-§. Fransiyada toifaviy monarxiyaning qaror topishi. 24-§. Fransiyani birlashtirishni tugallash yo'lida............ 25-§. Fransiyani birlashtirishning tugallanishi................ 26-§. Angliyada markazlashgan davlatning tashkil topi 27-§. Angliyaning XIV-XV asrlardagi iqtisodiy va ijhtaraqqiyoti.......................................................................v 28-§. G'arbiy Yevropaxalqlarimadaniyati........................ 29-§. G'arbiy Yevropadasan'at vaadabiyot. Gumanizm... VI bob. Yevropada feodal tarqoqlikning davom CK 30-§.XII-XVasrlardaGermaniya................................. 31-§. Rusda feodal tarqoqlik va uningoqibatlari..,...... 32-§. Chetel bosqinchilariningRusgahujumi............. 33-§. Rusning mo'g'ullar zulmidan ozod bo'Iishi...... 34-§. Saljuq vaUsmonliturklardavlatlari........................ 35-§. Mo'g'ullar davlati va uning istilochilik urushlari... 36-§. Oltin O'rda xonligi.....,..................................... 37-§.XIII-XV asrlarda Xitoy..................................... 8-§. O'rta asrlarda Yaponiya........................................... 39-§- XI-XVasrlardaHindiston.................................. 40-§-Amerika va Afrika xalqlario'rta asrlarda.............. Download 371 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling