Mirzaraximova Dilafruzning "Yordamchi Tarix"


Download 29.07 Kb.
bet1/6
Sana25.12.2022
Hajmi29.07 Kb.
#1065402
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Мирзарахимова Д. эссе ёрдамчи тарих фани


Toshkent Davlat Sharqshunoslik Instituti
(MOXT) Tarix va Falsafa fakulteti
Dariy-Ingliz guruhi 2-kurs talabasi
Mirzaraximova Dilafruzning
“Yordamchi Tarix” Fanidan mustaqil ishi.
“Yordamchi Tarix Fani”
sohalarining umumiy tavsifi bo’yicha tushuncha.

Reja:

  1. Yordamchi tarix fanlarining maqsadi, vazifasi va metodologik asoslari.

  2. Paleografiya.

  3. Epigrafika.

  4. Numizmatika.

  5. Tarixiy toponimika.

  6. Tarixiy atamashunoslik.

  7. Tarixiy metrologiya.


Yordamchi tarix fanlarining maqsadi, vazifasi va metodologik asoslari.
Tarixiy tadqiqot bilan shug`ullanayotgan har bir olim yoki ilmiy izlanuvchi yordamchi tarix fanlarini chetlab o`ta olmaydi. Yordamchi tarix fanlari tadqiqot metodikasi va texnologiyasiga doir umumiy va xususiy masalalarni o`rganish, tahlil qilish, ishlab chiqish bilan chegaralanadi. Yordamchi tarix fanlarining har biri mustaqil tarix fani bo`lib, o`zining o`z tarixi va metod va uslublari mavjud. Har biri mustaqil fan sifatida shakllanish va rivojlanish yo`lini bosib o`tmoqda. Har bir yordamchi tarix fani umumiy va maxsus tarix fanlarini chuqur va keng hamda mufassal o`rganishga yordam beradi. Mustaqil fanlardan asosiy farqi shuki, yordamchi tarix fanlari nisbatan tor doiradagi maqsad va vazifalarni o`rganish bilan shug`ullanadi. Yordamchi tarix fanlarining har bir bo`limi alohida bir tarmoq bo`lib tarix fani oldidagi muammolarni, kamchiliklarni to`ldirish bilan birga o`zining alohida tadqiqot usuli va tadqiq ob’ekti, o`z yo`nalishlariga egadir.
Yordamchi tarix fanlari tadqiqot doirasi va usuli qanday bo`lishidan qat’iy nazar birinchi navbatda manbashunoslik fani bilan uzviy va chambarchas bog`liqdir. Chunki, yordamchi sohalarning hammasi manbadagi ma’lumotlarni har tamonlama o`rganish va mazmunini ochib berish bilan shug`ullanadi. Manba qo`lyozma, tanga, arxeologik topilma va boshqa ko`rinishlarda bo`lishi mumkin. Bundan tashqari geografiya, psixologiya, tibbiyot, ekologiya, O`zbekiston tarixi, jahon tarixi, arxeologiya va bosh-qa fanlar bilan bog`liq. Turli xil fan olimlari orasida yordamchi tarix sohalarining ayrimlarini tarixiy deb atash to`g`risida bahs munozaralar mavjud. Masalan, onomastika atoqli shaxs otlarini aniqlash bilan shug`ullanadi, ammo tilshunoslik fanining usul va uslubiyatlaridan foydalanadi va tilshunoslik fanining bo`limlaridan biri bo`lib hisoblanadi deb hisoblaguvchi olimlar bor. Yoki, tarixiy geografiyani-geografiya fanining tarkibiy qismi deb hisoblashadi. Shuni e’tibordan qochirmaslik kerakki, onomastika tilshunoslikning tadqiqot usullaridan foydalanib tarixiy voqealarning mohi-yatini tushunishda yordam bera oladigan tarixiy shaxsning ismini aniqlab beradi. Tarixiy geografiya kerak bo`lsa, geografiya fanining usullaridan foydalanib tarixiy chegara masalalariga aniqlik kirita oladi. Tarix fani hatto polebotanika fani usullaridan ham qo`llashi mumkin. Tibbiyot xodimlari qadimiy ma’lumotlar va dori darmonlar haqida ularning tarixiy ildizlari haqida tarix ma’lumotlaridan foydalanishlari mumkin. Masalan, mashhur Gippokrat qasamining zardushtiylikning “Avesto” kitobidan olin-ganligi, Ibn Sinoning ―Tib qonunlarining o`qilishi va fanga kiritilishi bu manbashunos tarixchi olimlarning ishi bo`lganidek, ushbu sohalar bir-biri bilan uzviy bog`liq va bir-birining tadqiqot usullaridan va to`plagan ma’lumotlar bazasidan foydalanishi mumkin. Ushbu o`quv qo`llanmada bo`lajak tarixchi olimlar uchun eng kerakli bo`lgan paleografiya, epigrafika, numizmatika, tarixiy toponomika, tarixiy onomastika, xronologiya, tarixiy metrologiya, sfragistika, geraldika kabi an’anaviy yordamchi tarix fan tarmoqlari bilan birga yangi paydo bo`lgan sohalar yoritib berildi. Bu fan sohalarini o`rganishda alohida ijobiy xususiyat shuki, biz Markaziy Osiyo mintaqasi tarixiga jiddiy e’tibor qaratish va bu sohadagi yutuq va kamchiliklarni ham ko`rsatib o`tishga intildik. G`arb olimlarining yordamchi tarix sohalariga doir tadqiqotlarini ko`rib chiqib shunday xulosa qilish mumkin; ular Markaziy Osiyo tarixini umuman o`rganishni yoki, bu hudud haqidagi ma’lumotlarni ilmiy adabiyot, tadqiqot mavzusiga kiritishni rejalashtirmagan. Yoki, bu mintaqa tarixini umuman o`rganishni xohlamagan va bilmaydi.



Download 29.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling