Mirzaraximova Dilafruzning "Yordamchi Tarix"


Download 29.07 Kb.
bet3/6
Sana25.12.2022
Hajmi29.07 Kb.
#1065402
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Мирзарахимова Д. эссе ёрдамчи тарих фани

Epigrafika


Epigrafika yunoncha “epi” va “grafika” so`zlaridan olingan bo`lib, “qattiq material yuzasidagi yozuv” degan ma’noni bildiradi. Epigrafika fani asosan tosh, sopol, metall, va boshqa qattiq buyumlarga bitilgan qadimgi va o`rta asr yozuvlarini o`rganuvchi fandir. Ushbu fan uyg`onish davrida qadimiylikka, chunonchi Qadimgi Sharq va qisman qadimgi “Bibliya”ga qiziqish kuchaygan paytda paydo bo`lgan. Epigrafika fanida dastlab Italiya, Yunoniston, Shimoliy Afrika va Falastindan topilgan oltindan bo`lgan yunon, etrusk, qadimgi yahudiy, finikiya yodgorliklarigagina ega edi. XIX asrning o`rtalaridan epigrafika ayniqsa, tez rivojlana boshladi. Epigrafika fani yordami bilan Kipr orolidan topilgan miloddan avvalgi XI-VIII asrlar tosh va idishlarga bitilgan yunon tilidagi yozuvlar, Livan, Suriya, Karfagen, O`rta yer dengizi orollari, Italiya, Fransiya, Ispaniya va Shimoliy Afrikadan topilgan Finikiya, Puni qadimgi yozuvlari, shuningdek miloddan avvalgi IV-III ming yilliklarda Fila oroli va Nil daryosidan topilgan qadimgi Misr petroglifik yozuvlari, miloddan avvalgi VI asrdagi janubiy va shimoliy arab yozuvlari, Dajla va Frot daryolari oralig‘i va Old Osiyoning qadimgi hududlaridagi miloddan avvalgi III ming yillikka oid mixxat matnlari, Ahamoniylar sulolasining o`rnatilishidan Artakserks III podsholigi (mil.avv. 358-338) gacha bo`lgan davrdagi qoyalar, saroy devorlari va oltin taxtachalarga bitilgan qadimgi Eron mixxatlari, slavyan, gruzin, arman, qadimgi turkiy, xitoy, shuningdek, Markaziy Osiyo va boshqa hududlardan topilgan ko`plab yozma yodgorliklar (bitiklar) topib o`rganildi. Epigrafikaning taraqqiyoti tufayli qadimgi xalqlarning qadimgi turmush tarzi, ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy va moddiy madaniyati, diniy mazhabi va umumiy tarixi haqidagi qimmatli ma’lumotlarni to`plash imkoni yaratildi va to`plandi. Harf shakllarining o`zgarishini ilmiy jihatdan o`rganish orqali arxeologik yodgorliklarning qaysi davrga mansubligi, qadimgi yozuvlarning rivojlanish darajasi aniqlandi. Enisey (Enasoy) dayorsi havzasi (Xakasiya A.V. va Tuva A.R.) dan topilgan Orxun-Enisey yozuvlari fanga ko`pgina qimmatli ma’lumotlarni to`plash imkonini berdi. Yumshoq buyumga yozilgan yozuv qo`lyozma hisoblanadi. Epigrafika fani qattiq buyumlarga yozilgan yozuvlarni o`rganadi. Qadimgi davrda qog’oz taqchil bo`lgan paytda qattiq materiallardan yozuv vositasi sifatida foydalanish juda keng tarqalgan. Yozuv uchun yumshoq materiallar teri, papirus, va pergamentlardan ham foydalanganlar. Lekin, bu yumshoq materiallar vaqt o`tishi bilan chirigan yoki yaxshi saqlanmagan shuning uchun qadimgi dunyo tarixini o`rganishda asosiy manbaa bo`lib epigrafik yodgorliklar maydonga chiqadi. Deshifrovka noma’lum yozuv bitilgan matnni o`qish demakdir. Buning uchun tatqiq etilgan yozuvdagi belgilarni o`sha belgilar bilan yozilgan tildagi so`zlarga o`xshatish, matnlashtirishdir. Noma’lum til yoki noma’lum yozuvni o`qish uchun qandaydir bir tayanch, asos bo`lishi kerak. Agar tayanch bo`lmasa, asos topilmasa, jiddiy natija chiqishini ham kutmaslik kerak.



Download 29.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling