Mirzaraximova Dilafruzning "Yordamchi Tarix"


Download 29.07 Kb.
bet5/6
Sana25.12.2022
Hajmi29.07 Kb.
#1065402
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Мирзарахимова Д. эссе ёрдамчи тарих фани

Tarixiy toponimika

Inson paydo bo`libdiki, uning hayoti muayyyan makon bilan bog`liq bo`lib kelgan. Makon tushunchasi keng ma’noda talqin etilsa, inson hayoti va faoliyati makro-dunyoning turli nuqtalari bilan uzviylikda kechadi. Odamzod o`zi yashayotgan, qadami yetgan yerlarga nom qo`yishi tabiiy hol, chunki u yoki bu voqeani odam o`sha voqea-hodisa sodir bo`lgan yerga bog`laydi. Qadimgi yunonlar bu sohaga umumiy nom qo`yishgan va fanda toponimika atamasi paydo bo`lgan. “Topos” – o`rin, joy; “onomos” – ism, ot demakdir. “Onima” varianti – nomlanish deb tarjima qilinishi mumkin. Joy nomlari bir tomondan geografiya uchun ob’ekt bo`lsa, ikkinchi tomondan ularning tuzilishi materiali leksik birliklar, ya’ni bir tilning ayrim olingan so`zi, qo`shma so`zi kabilardan iborat bo`lgani uchun filologiyaga, xususan tilshunoslikka aloqador. Tilshunos olim toponim usullarni tarkibiy tuzilishi yasalish usullarini til qonuniyatlari asosida o`rganadi. Geograf esa, joy nomlari asosida u yoki bu ob’ektning topografik o`rnini kartalashtirish, masafalarni aniqlash kabi, hududlarni belgilash, dunyo tomonlariga (shimol, janub, g`arb, sharq) munosabatini aniqlash kabi maqsadla-rini amalga oshiradi. Toponimikaning fan tarmog`i sifatidagi asosiy vazifasi geografik nomlarni o`rganish, ularning o`ziga xos xususiyatlarini aniqlash, shakllanish va rivojlanish (o`zgarish) bosqichlarini tekshirish, ilk ma’nolarini, keyingi davrlarda ularning ma’nolarida ro`y bergan siljishlar, toponimlarni shakllantirgan grammatik omillarni o`rganishdir.




Tarixiy atamashunoslik

Tarixiy atamashunoslik fani tarix fanining qadimgi davridan to hozirgi kungacha bo`lgan davr oraliqidagi tarixiy atamalarni o`z ichiga oladi. Tarixiy atamalarning ma’nosi yillar o`tishi bilan o`tmishning ma’lum davriga xos holda o`zgargani tez-tez kuzatib turilgan. Atamalarni maxsus fan terminologiya (atamashunoslik) o`rganadi. Ularning tarixga bog`liq tomonlarini esa tarixiy atamashunoslik (yoki tarix atamashu-nosligi) o`rganadi. Turli mamlakatlarda jamiyat va Sivilizatsiyalar rivojining turli bosqichlarida kishilik jamiyat hayotining yangi yoki, o`zgaruvchan bo`lsa shu mintaqa yoki mamlakatta xos tildagi tatamalar shunchalik ko`p tarqalgan. Keyinchalik ular xalqaro atamalarga aylanib borgan. Hozir (ba’zan o`tmishda ham) ularni turli mamlakatlarda ma’lum bir yoki aynan bir xil hodisalarni anglatuvchi atamalar sifatida qo`llashmoqdaki, ular xalqaro leksikaga kiritilgan.


Atama so`zi (termin-terminus) - marza, chegara so`zlaridan olingan. Qadimgi Rimda Termin xudosi bo`lib, u marzali toshda turgan. Yupiter ibodatxonasida ya’ni Kapitoliyda saqlangan. Zamonaviy ma’noda atama – so`z yoki so`z, birikmasi bo`lib, ijtimoiy - siyosiy hayotdagi, fan, texnika va san’atdagi biror bir ma’noni, tushunchani anglatadi. Oddiy so`zlardan farq qilib atamalar, o`zining aniq semantik chegaralariga ega. Atamalar hamma vaqt ham o`z ma’nosini anglatavermaydi. Har qanday ilmiy va texnik sohada ko`p miqdordagi omonim - atamalar va sinonim - atamalar mavjud.

Download 29.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling