Mirzaraximova Dilafruzning "Yordamchi Tarix"


Download 29.07 Kb.
bet2/6
Sana25.12.2022
Hajmi29.07 Kb.
#1065402
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Мирзарахимова Д. эссе ёрдамчи тарих фани

Paleografiya

Paleografiya yordamchi tarixiy fanlar sohalaridan biri bo`lib, yozma yodgorliklarning yozuv tuzilishi, alifbosi yoki boshqa turdagi shartli chizma belgi va shakllarning genetik asoslari, ularning rivojlanish yullari va dinamikasi, yozuv asboblari, yozuv uchun foydalanilgan materiallar, xat turlari, dastxat shakllari, xususiy xat namu-nalari, yozuvning uslub turlari, husnixat sifatida me‘yoriy darajalarga yetgan namunalari, yozuvning bezaklari, umum savodxonlik va kotiblik kasbiy san‘ati turlari, matn tuzish tamoyillari, yozuv materiallari, yozuv matnlarining saqlanish holati kabi qator masalalarni o`rganib, kerakli ma‘lumotlar zahirasini manbashunoslik tadqiqotlari uchun tayyorlab beradi. Paleografiya yozma yodgorliklarning tashqi holatini tekshirish bilan shug‗ullanadi. Lekin, paleografik tadqiqot uchun jahonda yoki mintaqada qadimgi yozuvlar, ularning belgi tizimlari, harflarning qaysi tovushni yoki lug`aviy ma’noni ifodalashi va yozuv madaniyati masalalaridan xabardorlik talab qilinadi. Bu o`z navbatida dastlabki bosqichda qanday yozma yodgorlik bilan ish ko`rilayotgani to`g`risida farazni olg`a surish, va tekshirilayotgan yozma yodgorlik yozuvining qanday tizimga, qaysi davrga tegishliligini belgilash imkonini beradi.


“Paleografiya” atamasi yunoncha ikki so`z o`zagidan yasalgan bo`lib, palayos - “qadimiy”, grafo-“yozaman” demakdir. Ya’ni, paleografiya qadimiy va umuman o`tmishga oid yozma yodgorliklarni o`rganuvchi ilmiy sohadir. Yozma yodgorliklar paleografiyasi ustida ishlash birinchi galda tekshirilayotgan yodgorliklarning yozilgan vaqtini, makonini, qaysi yozuvdaligini, saqlanish ahvolini sinchkovlik bilan tavsif-lashdan boshlanadi. Markaziy Osiyodagi qadimiy yozuv yodgorliklarida ko`pincha sanalari maxsus ko`rsatilmaydi. Ularning qachon yozilgani masalasida aksariyat hollarda yo bilvosita manbalardan ma'lumotlar qidiriladi., yoki yozuvining paleografik rivojlanish shakllari tadrijidan ayni tekshirilayotgan yodgorlik yozuv shaklining o`rnini belgilashga to`g`ri keladi. Buni sug`d yozuvining qadimiy harflari qo`shib yozilmagan bosqichi bilan yuksak darajada kursiv (yugurik)-ulab, ravon va uzluksiz xat turida yozilgan shakllari o`rtasida joylashuvi namunalarni qiyoslash orqali hal etish misolida ko`rish mumkin, ya‘ni, sug`d yozuvi tarixida harflar o`zaro ulab yozilmagan (lapidar xat turi) bilan kursiv - ravon husnixat turi oralig`ida qariyib 700-800 yillik yozuv tarixi bor. Shunday qilib, paleografiya manbashunoslar u yoki bu yozma yodgorlikni o`qib tahlil qilishida asosiy yordamni yetkazadi. Manbashunos uchun o`z navbatida paleografik ish usullaridan xabardorligi va paleografik tadqiqotlar natijalaridan to`g`ri va unumli foydalana olish ko`nikmalari muhim ahamiyatga egadir.



Download 29.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling