Kiritiladigan masalalar


“Britaniya Kengashi” (British Council) bilan hamkorlikdagi loyihalar


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/36
Sana18.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1213819
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Bog'liq
2022-yil birinchi chorak

 
“Britaniya Kengashi” (British Council) bilan hamkorlikdagi loyihalar 
Oʻzbekistondagi Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda “Future English in 
Uzbekistan” loyihasi doirasida jami 3000 ga yaqin mahalliy ingliz tili 
o‘qituvchilari maxsus malaka oshirish kurslarini tashkil etish rejalashtirilgan. 
Loyiha 3 qismdan iborat boʻlib, har bir qismida 1000 nafarga yaqin ingliz tili 
oʻqituvchilarini qamrab olish rejalashtirilgan.
Hozirda loyihaning II-qismi (fevral-aprel oylarida) amalga oshirilmoqda. 
Malaka oshirish kurslari “English for teaching” va “Classroom language 
instruction” kurslarini Britaniya Kengashi tomonidan ishga tushurilgan “Online 
Teacher Community” (OTC) platformasida olib borilmoqda.
Loyiha doirasida ishtirok etayotgan maktab ingliz tili oʻqituvchilariga OTC 
platformasidan foydalanishda yordam berish, kurslarda faol qatnashishlarini 
taʼminlash va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni bartaraf etish 
maqsadida 30 nafar fasilitatorlar tanlab olingan boʻlib, ular 2 haftalik 
treninglarda ishtirok etishgan. 
Mazkur loyiha doirasida joriy yilning 17-20-may kunlari Shimoliy 
Irlandiyaning Belfast shahrida “Ingliz tilini xalqaro til sifatida oʻqituvchi 
oʻqituvchilarning xalqaro assotsiatsiyasi” tomonidan tashkil etilayotgan 55-xalqaro 
yillik IATEFL konferentsiya va koʻrgazmada Oʻzbekiston Respublikasi 
vakillarining ham ishtirok etishlari rejalashtirilgan.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi nomidan A.Avloniy 
nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti rahbari A.Radjiyev hamda “Future English in 
Uzbekistan” loyihasida faol ishtirok etgan ingliz tili oʻqituvchilari
H.Burhonxoʻjayeva (Toshkent sh. 195-maktab), S.Abduazimova (Sirdaryo v. 
Yangiyer sh. 9-maktab), N.Davlatov (Fargʻona v. Quva t. 49-maktab) hamda 
S.Xoʻdjayeva (Fargʻona v. Quva t. 40-maktab)lar ishtirok etishadi.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling