RTI (Research Triangle Institute) bilan hamkorlik loyihasi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda AQSH Xalqaro
Taraqqiyot Agentligi (USAID) bilan hamkorlikda, O‘zbekiston Respublikasidagi
Trayangl tadqiqot institutining filiali (“RTI International”) tomonidan amalga
oshirilayotgan “O‘zbekiston Barkamollik uchun ta’lim dasturi” (UEEP)
doirasida Cambridge University Press nashriyotining 5-11-sinflar uchun
Informatika va axborot texnologiyalari fani hamda 1-11-sinflar uchun Ingliz tili
fani darsliklari va o‘qituvchilari uchun qo‘llanmalari ishlab chiqildi.
“O‘zbekiston barkamollik uchun taʼlim dasturi”
loyihasi 2019-dekabrdan
2023-yil dekabr oyiga qadar davom etadi.
Ushbu o‘quv-metodik majmualardan samarali foydalanishni tashkil
etish maqsadida yuqorida keltirilgan fan o‘qituvchilari uchun, A.Avloniy
nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda treninglar tashkil etilmoqda.
Malaka oshirish kurslarini tashkil qilish maqsadida
50
nafar (30 AKT /
20 Ingliz tilidan) asosiy trenerlar (master trainers) jamoasini shakllantiriladi, va
ular oʻz navbatida
1000
nafar (600 AKT/400 Ingliz tilidan) viloyatdagi trenerlar
(regional trainers) jamoasini kaskad usulida yangi darsliklardan foydalanish
mahoratlarini oshirishadi. Viloyatdagi trenerlarni malakasini oshirish treninglari
Hududiy malaka oshirish markazlarida boʻlib oʻtishi rejalasjtirilgan. Treninglar
iyun va avgust oylarida tashkil etiladi.
“Edu-Action” nodavlat ta’lim tashkiloti bilan oʻzaro hamkorlik
memorandumi
Joriy yilning 21-yanvar kuni A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti
hamda “Edu-Action” nodavlat ta’lim tashkiloti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik
memorandumi imzolandi.
Mazkur kelishuvdan asosiy maqsad xalq ta’limi tizimidagi (ingliz tili)
oʻqituvchilarining malakasini oshirish, xalqaro darajadagi imtixonlar (IDP IELTS,
Cambridge English Assessment, CELTA va TKT)ga tayyorgarlik koʻrishlarida
koʻmaklashish va mazkur imtizonlarni oʻtkazishda oʻzaro hamkorlik qilishdan
iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |