Kiritish chiqarish va aloqa qurilmalari, ularning interfeyslari


Xabarlarni uzatish standarti


Download 221.5 Kb.
bet12/13
Sana11.02.2023
Hajmi221.5 Kb.
#1188846
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
kiritish chiqarish va aloqa qurilmal

Xabarlarni uzatish standarti

A4 Hujjatlarni yzatish vaqti (210x297),s

Ajratish qobiliyati, mm da nuqtalar

Analogli chastota - modulyacitalangan signallar

360 gacha

4tadan

Analogli ampletuda- modulyacilangan signallar

180 gacha

4tadan

Axborotni siqib raqamli kodlash

60 gacha

7-9

Yuqori tezlikni raqamli uzatish

5-10

16 gacha

Faksimil apparatlari ma’lumotlarni uzatish tezligini, agar qabul qilayotgan telefaks yoki aloqa kanali yuqori darajali xalaqitlarga ega bo’lsa, avtomatik o’rnatishi mumkin. Bu holatlarda odatda boshida maksimal o’rnatilgan uzatish tezligi, qabul qilayotgan telefaks tasdiqlagan axborotlarni ishonchli qabul qilishga erishmagunga qadar pasayadi (uzatish seansi boshida uzatayotgan telefaks maxsus signal yuboradi; qabul qilayotgan apparat bu signalni tushunganidan keyin, axborotni qabul qilganlik xabarini yuboradi).
Masalan, A4 o’lchamdagi matnli hujjatni uzatish vaqti, uzatish tezligi 9600 bit/s bo’lganda, 20 sekundni tashkil etadi, lekin aloqa kanalining sifati pastligi tufayli uzatish tezligi 4800 bit/s gacha pasaysa, hujjatni uzatish vaqti ikki marta ortadi, tezlik 2400 bit/s bo’lganda esa 4 marta ortadi, ya’ni hujjat 1 minutdan ortiqroq vaqt davonida uzatiladi.
Faksimil apparatlar ishlatadigan ajratish qobiliyati rejimlari:
• Standard — oddiy, ajratish qobiliyati 100x200 dpi;
• Fine (high) — sifatli (yuqori), ajratish qobiliyati 200x200 dpi;
• Superfine (super high) — yuqori sifatli (o’ta yuqori), ajratish qobiliyati 400x200 dpi;
• Halftone (Photo) — yarim ochiq, rangli (fotorejim), qo’l rangning 64 tagacha (darajasi).
Yuqorida aytilganlarni tushuntiramiz.
Faks-hujjatning to’la satri qog’oz varaqa eni 210 mm bo’lganda 1600 ta elementdan tashkil toptan, ya’ni faksning ajratish qobiliyati satr bo’ylab (gorizontal bo’yicha) deyarli har doim 1 dyuymga 200 ta element (nuqtalar) yoki 200 dpi (dot per inch — dyuymda nuqtalar; 1 dyuym 25,4 mm) — 1 ta element taxminan 1/8 mm joy oladi.
Oddiy rejimda qog’ozning siljish qadami 1/4 mm ni tashkil etadi (vertikal bo’yicha ajratish qobiliyati 100 dpi); sifatli rejimda — qadam 1/8 mm ni tashkil etadi (ajratish qobiliyati - 200 dpi).
Yukori sifatli rejim ishlatilayotgan faksapparatga bog’liq ravishda 300—400 dpi ajratish qobiliyatiga ega.
Yarim ochiq rangli rejim qo’l rang tuslarini uzatishni ta’minlaydi va kerak bo’lganda yarim ochiq rangli fyutoso’ratlarni yoki rasmlarni uzatish uchun ishlatiladi. «qo’l rangni darajalash» yarim ochiq rangni tasvirlash imkoniyatini belgilovchi muxim kattalikdir. Fotoso’ratlar, rasmlar, reprodukciyalar, rangli hujjatlar oq-qora tasvirda uzatilishi mumkin va telefaks qo’l rang shu darajalashni (yarim ochiq rang, tuslarni) qanchalik ko’p miqdorda shakllantira olsa, uzatilgan tasvirning sifati shunchalik yuqori bo’ladi.
Shuni inobatga olish kerakki, ajratish qobiliyatining qanchalik sifatli rejimi qabul qilinsa, hujjatdan o’qilayotgan nuqtalarning soni shunchalik ko’p bo’ladi va butun hujjatni o’qib chiqishga shunchalik ko’p vaqt talab qilinadi. Ma’lumotlarni fine rejimida uzatish standard rejimiga nisbatan uzatish vaqtini taxminan ikki marta uzaytiradi, superfine rejimi esa bu vaqtni 4 marta o’zaytiradi; halftone rejimida uzatish vaqti standart rejimga nisbatan eng kanida 8 marta kattadir.
Umuman olganda, bir varaq hujjatni uzatishga sarflangan vaqt bu varaqning o’lchamlari, undagi tasvir harakteri, uzatish tezligi va o’tkazish tezligi rejimiga bog’liq.
Faksimil aloqa, agar EHM faksmodem bilan jixozlangan bo’lsa, uzatilayotgan axborotni EHM ga avtomatik kiritish uchun ishlatilishi mumkin.
Faksimil apparat uchta asosiy qismdan tuzilgan:

  • qog’oz varag’idagi xabarni o’qish va uni apparatning elektron qismiga kiritishni ta’minlaydigan skaner;

  • xabarni oluvchiga uzatish va boshqa abonentdan xabarni qabul qilishni ta’minlaydigan uzatuvchi-qabul qiluvchi qims (odatda modem);

  • qabul qilingan xabarni rulonli yoki oddiy qog’oz varag’iga chop etuvchi printer.

Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan faksimil apparatlar tasvirlarni ifodalash turi, yoyish turi va ajratish qobiliyati bilan farqlanadi.
Tasvirlarni ifodalash turi bo’yicha (ishlatilayotgan printer turi bo’yicha) faksimil apparatlar quyidagilarga bo’linadi:

    • termografik (Xerox 7235, Canon Fax-T20, Panasonic KX-F130B);

    • ingichka oqimli (Panafax UF-305, Panafax UF-321);
      lazerli (Panafax UF-755, Canon Fax 850, Xerox 7041);

    • elektrografik (Panasonic KX-F1000B, Panasonic KX-F1100B);

    • fotografik (Neva);

    • elektrokimyoviy (Beryozka);

    • elektromexanik (SHtrix).

Ko’pchilik zamonaviy faksimil apparatlar termografik tipdagidir: ular qimmat emas va etarli yaxshi tavsiflarga ega: ajratish qobiliyati mm da 7—10 ta nuqta, 16—32 darajali qo’l rangni uzatishi mumkin, ko’pincha 9600 bit/s li modem bilan jixozlanadi; lekin ularda vaqt o’tishi bilan sarg’ayib ketadigan maxsus qimmat turadigan termoqogoz ishlatiladi.

Download 221.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling