Kiritish qurilmasi. Kiritish qurilmalari bu asosan asosan protsessor tomonidan raqamli shaklda qayta ishlash uchun qabul qilinuvchi noelektr signallarni elektromagnit
Download 52.26 Kb.
|
KIRITISH CHIQARISH QURILMALARI (2)
Chiqarish qurilmalari.
VIDEONAZORATCHILAR Videonazoratnilar (videoadapterlar) bevosita monitorlarni va ularning ekraniga ma`lumotlarni chiqarishni boshqaradigan ichki tizim qurilmasidir. Videonazoratchi o`z ichiga quyidagilarni oladi: ENT ni boshqarish sxemasi, rastrli xotira (ekranda bo`lib o`tadigan ma`lumotlarni saqlovchi va AX da videobufer maydomini ishlatadigan xotira), DEQQ ning almashadigan mikrosxemalari (belgilar matricalari), kiritish-chiqarish portlari. Videonazoratchining asosiy tavsiflari: ish rejimlari (matnli va grafikli), ranglarning amalga oshirilishi (monoxromli va rangli), ranglar soni yoki nim ranglar soni (monoxromlida), o`tkazish qobiliyati (monitor ekranida gorizontal va vertikal bo`yicha adreslanadigan piksellar soni), buferli xotiradagi saxifalarning sig`imini va soni (saxlfalar soni - bu eslab qolinadigan matnli ekranlarning soni bo`lib, ularning istalgan biri bevosita adreslash yo`li bilan monitorda aks etgirishga chiqarilishi mumkin), belgi matricasining o`lchani (monitor ekranida belgini shakllantiradigan, matricaning satr va ustunidagi piksellar miqdori), tizimli shina bilan qiymatlar almashish tezligini belgilovchi qiymatlar shinasining razryadliligi va b. Videoxotira sig`imi - muhim tavsifdir, u xotirada saqlanayotgan piksellarning miqdorini va ularning atributlarini aniqdaydi. Piksel atribugining razryadliligi, o`z navbatida, xususan, pikselni aks ettirishda hisobga olinadigan nim ranglarning yoki rangli tuslarning mumkin bo`lgan maksimal sonini aniqdaydi (masalan, 65000 rangli tusni (High Color standarti) aks ettirish uchun har bir atribut ikki baytli xususiyatga, 16,7 mln ta rangli tusni aks ettirish uchun esa (True Color standarti) - uch baytli xususiyatga ega bo`lishi kerak). Videoxotiraning kerakli sig`imini atribut baytlari miqdorini ekran piksellari miqdoriga ko`paytirib taxminan xisoblab chiqish mumkin). Masalan, monitorning o`tkazish qobiliyati 800x600 piksellar bo`lganda va True Color standartida videoxotira sig`imi 1440000 baytdan kam bo`lmasligi kerak, o`tkazish qobiliyati High Color standartida 1280x 1024 bo`lganda esa 4 Mbayt atrofida bo`lishi lozim. Umumqabul qilingan standart quyidagi videonazoratchilarni shakllantiradi: - Hercules - monoxromli grafikli adapter; - MDA - monoxromli displeyli adapter (Monochrome Display Adapter); - MGA - monoxromli grafikli adapter (Monochrome Graphics Adapter); - CGA - rangli grafikli adapter (Color Graphics Adapter); - EGA - yaxshilangan grafikli adapter (Enhanced Graphics Adapter); - VGA - videografikli adapter (Video Graphics Adapter), ba`zida uni videografikli matrica (Video Graphics Array) deb ataladi; - SVGA - yaxshilangan videografikli adapter (SuperVGA); - PGA - professional grafikli adapter (Professional GA). Hozirgi vaqtda amadda faqat VGA va undan yuqori tipdagi videonazoratchilar ishlatilmoqda. Videonazoratchilarga misollar: - videoxotira sig`imi 1-2 Mbayt bo`lgan VESA (VESA video-kartalari) tipidagi SVGA videonazoratchilari nimranglar va rangli tuslar yaxshi uzatilganda 1280x 1024 o`tkazish qobiliyatini ta`ninlaydi; - Twin Turbo - 128 M2 videonazoratchisi (videokarta) 2 Mbayt sig`imli (4 Mbaytgacha oshirish imkoniyati bilan) videoxotiraga, ikkita 64 razryadli ma`lumotlar shinasiga (bu PCI lokal shinasi bilan mos kelib, rangli tuslarning ranglilik rejimi 256 tadan 65000 tagacha o`zgarganda qiymatlarni 128-razryadli uzatishni pasaymaydigan tezlik bilan tashkil etishni ta`minlaydi) ega, videokarta istalgan amaliy dasturda tasvirni ekranda oniy chiziqli masshtablash vazifasiga egadir. Monitor Kompyuter monitori(monitor) — grafik, matnli ma’lumotlarni ekranga chiqarib berish uchun xizmat qiladigan qurilmadir, ekranga chiqarish monitor displeyi orqali amalga oshiriladi. Raqamli signallar (0 va 1) videokarta orqali video signallarga aylantirilib, monitor orqali odamlar tushunadigan ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, monitor mashina va odam orasidagi bog‘lovchidir. Ma’lumotlarni ekranga chiqarish bo‘yicha monitor 2 xil ko‘rinishga ega: — raqam-yozuv, simvollarni ko‘rsatuvchi monitor. Bu monitor ekranga faqat yozuv yoki raqamlarni chiqarib beradi, grafikalarni chiqara olmaydi, misol qilib dastlab chiqarilgan monitorlarni, kalkulyatorlar, peydjerlarni olish mumkin. — grafik ko‘rinishda ko‘rsatuvchi monitor. Bu tur monitorlar raqam, yozuv, simvollardan tashqari grafikani ham namoyon qila oladi. Asosan monitorlar, ishlash texnologiyasi bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Elektrnurli trubka asosida ishlaydigan monitor(CRT, ЭЛТ monitor). Bu turdagi monitor elektrnurli trubkadan chiqayotgan elektronlar asosida ishlaydi, elektronlar lominoform bilan qoplangan sloyga ichki tomondan urilib, 3 ta asosiy rang(qizil, yashil, ko‘k RGB) asosida qolgan ranglarni chiqaradi. Hozirgi kunda bu turdagi monitor quyida keltirilgan kamchiliklari sababli, texnika bozorida o‘z o‘rnini yo‘qotdi: — katta hajmdaligi; — og‘irligi; — elektro-magnit nurlanishning kuchliligi; — elektr ta’minotni katta sarflashi. Shunday bo‘lsa ham, bunday monitor rasm va boshqa ob’yektlarni aniq va tiniq ko‘rsata oladi, shu sababli arxitektor, dizayner va shunga o‘xshash kasb egalari CRT monitoridan voz kechishganligi yo‘q. 2. Suyuqkristallardan tashkil topgan monitor(LCD — Liquid Crystal Display). Bu monitor to‘liq suyuq kristallardan tashkil topgan. Dastlab bunday texnologiya kalkulyatorlarda, kvars soatlarda qo‘llanib ko‘rilgan, keyinchalik monitorlarga ham ishlatila boshlangan. Asosi suyuqlik bo‘lganligi sababli, bu hildagi monitorning ko‘rish burchagi bo‘lib, monitordagi ob’yektlar har xil burchak ostida har xil(har xil rangda desa bo‘ladi) namoyon bo‘ladi. Hozirgi kunda bu turdagi monitor IT bozorini egallab olgan, bunga sabab: — hajmi kichik; — yengil; — elektro-magnit nurlanishlar kam; — elektr toki kam sarflaydi. 3. Plazmali monitorlar(PDP — gas-plazma display panel).Bu tur monitorning asosi gaz bilan to‘ldirilgan oynali paneldir. Bu tur monitorlar hali unchalik rivojlanmagan, sababi — qimmat; — energi sarfi ko‘proq. Shunday bo‘lsa ham, bu tur monitor keyinchalik butun bozorni egallashi kutilmoqda, afzalliklariga kelsak, eng asosiysi katta o‘lchamda mavjud va tasvirlar juda aniq ko‘rsatiladi. Bulardan tashqari yana, svetodiodlardan tayyorlangan LED(light-emitting diode) monitor, proyektor, lazer monitorlar ham mavjud, lekin bular unchalik rivojlanmagan(ko‘p ishlatilishi mumkin, lekin talab kam). Ko‘rsatishi bo‘yicha monitorlar ikki o‘lchamli(2D)yoki uch o‘lchamli(3D)bo‘lishi mumkin. Monitorlar har xil portlar orqali kompyuter yoki boshqa qurilmalarga ulanishi mumkin, bunday portlarga misol qilib: VGA, USB, DVI, HDMI,.. kiradi. Monitor ishlab chiqaradigan asosiy firmalar quyidagilar: — Acer; — Apple; — Asus; — BenQ; — Philips; — Samsung; — LG. Printer Printer — kompyuterda matn yoki grafik (rasm, sxema) tarzidagi maʼlumotlarni qogʻozga chiqarish (chop qilish) uchun moʻljallangan bosish qurilmasi. Maʼlumotlar qogʻozga (baʼzan, plyonkaga) oq-qora yoki rangli tarzda chop qilinishi mumkin. Shu jihatdan Printerlar bir-biridan farq qiladi. Ularning koʻp turlari mavjud, lekin matritsali, purkagichli va la-zerli turlari keng tarqalgan. Matritsali Printerlarda bosiladigan maʼlumotlar nuqtalar majmui (kombinatsiyasi)dan hosil boʻladi. Shu tufayli, ularning bosish sifati purkagichli va lazerli Printerlarnikiga nisbatan pastroq boʻladi. Purkagichli Printerlarda maʼlumotlar maxsus "siyoxdonlar" yordamida, yaʼni boʻyoq (siyoh) tomchilarini purkash yoʻli bilan qogʻozga bosiladi. Lazerli Printerlar maxsus lazerli qurilma yorda-mida oq-qora yoki rangli qilib bosish imkoniga ega. Bunday Printerda bosilayotgan nusxalar sifatli boʻlib chiqadi. Akustik tizim Akustik tizim – tuvushni ijro etish uchun mo’ljallangan qurilma. Bu tizim kolonkalrdan taskil topadi. O ’z navbatida kolonkalarda 1 tadan bir nechtagacha karnaylar o ’rnatilgan bo’lishi mumkin. Kolonkalarni qaysi materildan qilinganli akustik tizim ijro etadigan tovush sifatiga sezilarli ta ’si ko’rsatadi. Quyida bir necha materiallarni ko ’rib chiqamiz Plasmassa – bu material akustik tizimlarni ishlab chiqishda tobora ommalashmoqda, sababi maxsulotni tan narxni pasayishiga olib keladi, biroq bu materilni bir necha jiddiy kamchiliklari mavjud. Daraxt – bu material kolonkalarni ishlab chiqish uchun eng ideal xom ashyo sanaladi. Ammo butun daraxtdan kamdan kam foydalaniladi va faqtgina oily toifadagi akustik tizimlarni ishlab chiqishda foydalaniladi. Bunday material juda ko ’p mehnatni talab etadi, xom ashyo daraxt kesilis vaqtida ajratiladi, uzoq muddat tabiiy sharoitda quritiladi. Ko ’pgina jarayonlar qo’l mehnatini talab qiladi, shu sabali bu materialni arzonlashishi ancha qiyin. Faner – yuqori sifatli faner odatda 12 va undan ortiq qavatga ega, tovushni yutish qobiliyati yaxshi va shu bilan birga DSP va MDF ga nicbatan yengil. Kamchiligi qimmatliligi shu sababli Akustik tizimlarni ommaviy ishlab chiqarilishida foydalanilmaydi. Yuqori sifatli kolonkalarni ishlab chiqishda foydalaniladi. Download 52.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling