Demodulyaciya � bu modulyaciya qilingan signalni (balki aloqa kanalidan o�tish paytida halaqitlar bilan buzilgan signalni) modulyaciya qiladigan signalga teskari o�zgartirishdir.
Zamonaviy modemlarda ko�pincha modulyaciyaning uchta turi ishlatiladi:
�chastotali - FSK (Frequence Shift Keying);
� fazali � PSK (Rpake Shift Keying);
� kvadraturali amplitudali � QAM (Quadrature Amplitude Modulation).
Chastotali modulyaciyada modulyaciya qilinadigan signalning (uzatilayotgan ma�lumotlarning) joriy qiymatlariga mos ravishda fizik signalning (odatda sinusoidali) chastotasi o�zgaradi, bunda uning amplitudasi o�zgarmaydi. Еng sodda holda ma�lumotlar bitining 1 va 0 qiymatlariga, ma�lumotlarni uzatishning birinchi bayonnomalari V.21 da qabul qilingani kabi, chastotaning ikkita qiymati mos keladi, masalan, 980 Gc va 1180 Gc. CHastotali modulyaciya holaqitlarga juda turg�undir, uzatishda signalning faqat amplitudasi buziladi.
Fazali modulyaciyada modulyaciya qilinadigan kattalik bo�lib signal fazasi hisoblanadi, bunda uning chastotasi va amplitudasi o�zgarmaydi; faza-modulyaciya qilingan signalning halaqitlarga chidamliligi ham yuqoridir.
Signalning sof amplitudali modulyaciyasida uning halaqitlardan himoyalanganligi juda pastdir, shuning uchun halaqitlarga chidamliroq, lekin yanada murakkabroq kvadraturali amplitudali modulyaciya qo�llaniladi, bunda uzatilayotgan ma�lumotlar taktida bir vaqtning o�zida signalning ham fazasi, ham amplitudasi o�zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |