Kirkazon-(aristolochia elegans) O'simlining xususiyatlari va respublikamiz sharoitida iqlimlashtirishning bioekologik xususiyatlari


Download 34.5 Kb.
bet1/3
Sana06.02.2023
Hajmi34.5 Kb.
#1169295
  1   2   3
Bog'liq
Maqola ( Boyqobilova)


KIRKAZON-(ARISTOLOCHIA ELEGANS) O'SIMLINING XUSUSIYATLARI VA RESPUBLIKAMIZ SHAROITIDA IQLIMLASHTIRISHNING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI
TOSHKENT DAVLAT AGRAR
UNIVERSITETI TERMIZ FILIALI
Agranomiya,o`simlikshunos va
dehqonchilik asoslari kafedrasi
Mengatova Umida
207-guruh talabasi
Boyqobilova Madina

Yer yuzidagi 500 mingdan ortiq o'simlik turining 350 minga yaqin turidan insoniyat kundalik extiyojlarida foydalanishadi. Tabiatda shunday o'simlik turlari borki ular insonda go'zallik xissini uyg'otadi, хush kayfiyat bag'ishlaydi va eng asosiysi inson salomatligiga ijobiy ta'sir korsatadi. Tropik va suptropik o'simliklar tabiatning betakror manzaralarini xona sharoitida mujassamlashtirish imkonini beradi. Bu o'simliklar o'ziga xos mikroiqlim xosil qilib atmosferani turli chang va zaharli kimyoviy gazlardan hamda kasallik quzg'atuvchi mikroplardan tozalaydi, havoni kislorod bilan boyitadi, namlik darajasini 50% gacha oshiradi. Jumladan O'zbekistonga kopgina tropik va suptropik o'simlik turlari yer sharining u yoki bu qit'asidan turli yo'llar bilan turli maqsadlarni ko'zlab olib kelingan va respublikamizda iqlimlashtirilgan.


Kirkazon-(lоt. Aristolochia elegans) Kirkazonovlar oilasiga mansub kop yillik o'simliklar. Tabiatda Aristolochia elegansning 350 turi uchraydi. Asosan tropik mintaqalarda, ba'zi turlari esa mo'tadil zonalarda tabiiy holda o'sadi. Barglari oddiy, yuraksimon shaklda. Gullari zigomorf bo'lib, barglarning bandlari asosidan ochiladi. Mevalari quruq sharsimon yoki nok shaklida yetiladi. O'sish surati ancha past bulib, dastlabgi yillarda sekin va yoshga qarab sezilarli darajada oshadi. Kirkazon entomofil ya'ni hashorotlar ( asosan pashshalar, qo'ng'izlar va chivinlar ) yordamida changlanadigan o'simlikdir. Kirkazon turlari asosan Amerika, Afrika va Osiyoning tropik mintaqalarida o'suvchi tropik o'simlik bulib, ba'zi turlari mo'tadil zonalarda iqlimlashtirilgan. Jumladan Rossiya 5 turi iqlimlashtirilgan. Hozirgi vaqtda koplab davlatlarda Aristolochia issiqxonalarda xam kopaytirilmoqda. Kirkazonlarning juda koplab turlari bezakli bo'lib, insonlarning estetik extiyojlarini qondirish maqsadida foydalaniladi. Bunday manzarali Kirkazon turlariga: Katta gulli (Aristolochia grandiflora) uzunligi 33 sm, diametri 27 sm; Katta bargli triskonlar (Aristolochia makrofilla) uzunligi 30 sm gacha bargli va naycha shakldagi gullari bor. Bundan tashqari Davr oqlangan (Aristolochia elegans) gullari uziga xos rang bergani uchun "chintz gul" nomini olgan. Aristolochia macrophylla bu tur ham manzarali turlar sirasiga kirib, daraxtsimon shaklda o'sadi. Barglari juda katta. Kirkazonning yana bir muxim biologik xususiyati shundaki juda kop turi tabobat olamida turli xil kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Bularga misol qilib: Kirkazon lomonosovid-(Aristolochia klemmatit), Ilonsimon Kirkazon-(Aristolochia serpentariyasi), Aristoloxin, Aristolochia manshurinses, Aristolochia chilensis, Aristolochia fimbriatta kabi turlarni keltirishimiz mumkin. Aristoloxin moddasi Kirkazon kimyoviy tarkibida mavjud bulib, ushbu modda quyidagi foydali xususiyatlarga egadir: Bakteritsid ta'sir, diaforetik harorat, diuretik ta'sir, haroratni pasaytiradi, yallig'lanish jarayonlarini davolaydi, qon tomirlarni kengaytiradi, yurak urishini tezlashtiradi, markaziy asab tizimini faollashtiradi, ritmik nafas olishni ta'minlaydi, teri yallig'lanishi, oshqozon-ichak muomolari, siydik yo'li infeksiyalari, genekolog muommolar, safro stazisi, siydim va tuqimalar faoliyatini yaxshilaydi. Ammo kirkazon damlamasini keragidan ortiqcha meyordagi dozasi salbiy ta'sir qilishi mumkin.
Masalan, nafas yo'llari falaji, oz miqdorda kuyishlar, allergik reaksiyalar, og'riqlarga olib kelishi mumkin. Homilador ayollar va 7 yoshgacha bulgan bolalarga, gastrit, buyrak va jigar kasalliklarida Aristolochia damlamalarini iste'mol qilish tavsiya etilmaydi. Aristolochia o'simligining ba'zi bir turlari borki ular o'zining zaharki biologik xususiyatlari bilan ajralib turadi (Manchu Kirkazoni). Ammo bu o'simlikning o'ziga xos xususiyati shundaki tanadagi jiddiy patalogik o'zgarishlarni yengishga yordam beradi.
Bundan tashqari dekarativ o't barglari bog' hududini loyihalashda foydalaniladi.
Ochiq sharoitda o'sishi uchun Aristolochia organik birikmalarga boy bo'lgan unumdor, nam va bo'shashgan tuproqni talab qiladi. Qum va gumus 1:1 nisbatda cho'l, kompost, loy va mineral o'g'itlarga boy tuproq talab qiladi. Namlikni yaxshi ko'rgani sabab, uni suv havzalari, suv omborlari, daryolar, oqar suvlar yaqinida ochiq holda o'stirish yaxshi samara beradi. Iqlimlashtirish uchun qulay joy 50 sm chuqurlikda va kenglikda tuproq kovlanib, gumus va qum sepiladi. Har bir tup o'simlik bir-biridan 80 sm masofada joylashtirish lozim. Aristolochia asosan urug'idan kopayadi. Bundan tashqari ildizlarni kesib shuningdek ildizlardan yangi kurtaklar xam berishi mumkin. Kuzda to'plangan urug'lar 2-3 oy davomida tayyorlangan tuproqda ekiladi. Kirkazon atrofidagi yerlar ildizlarga zarar bermagan holda muntazam ravishta yumshatilib turiladi. Kirkazon kamdan-kam hollarda zararkunandalarga va kasalliklarga chalinishi mumkin. Ammo o'rgamchakkana va uning zarralari uning asosiy dushmanidir.
Aristolochia o'sishi uchun eng qulay joy tanlashda quyosh nurlari tushib turadigan biroz gumusli tuproqlarni tanlash maqsadga muofiqdir. Aristolochia tabiatning tashqi ta'sirlariga juda chidamli o'simlikdir. U shovqindan, changdan, ifloslangan muhit yoki biroz soyali va namlik miqdori yuqori bo'lgan sharoitlarda ham yashovchanlik xususiyatini yo'qotmaydi. Kirkazon har qanday sharoitga xam moslashuvchanligi yuqori. Shuning uchun ham bizning Respublikamizda iqlimlashtirish ortiqcha qiyinchiliklar va harakatlar talab qilmaydi. Aristolochia tropik o'simlik bo'lib, havosi issiq ammo namlik yuqori bo'lgan mamlakatlarda, jumladan Amerika, Kavkaz orti, Korea, Turkiya kabi mamlakatlarda juda ko'p navlari ekib o'stirilmoqda. Shu sababli bizning mamlakatimizning tog'li hududlarida Andijon, Farg'ona, Toshkent viloyatlarida hamda Surxondaryo viloyatining tog'li hududlarida ( Boysun, Denov, Oltinsoy va Sariosiyo) iqlimlashtirish o'simlik uchun qulay sharoit yetarli mintaqalar hisoblanadi.
Aristoochia elegans o'simligini mamlakatimizda iqlimlashtirishdan asosiy maqsad tibbiyot va farmaseftikada dorivorlik xususiyatlaridan foydalanish bo'lsa, uning yana boshqa tarafdan inson estetik go'zalliklaridan bahramand bo'lishdir. Chunki bu o'simlik nihoyatda go'zal va noyob turdir. Shu sababdan Aristolochia o'simligini iqlimlashtirish, undan dori-darmon olish va xiyobonlar, ko'chalar hamda hovlimiz bog'larini estetik bezatish uchun chora-tadbirlar, izlanishlar olib bormoqdamiz. Farmaseftikada aristolochianing dorivorlik va biologik xususiyatlaridan foydalanib yangi dori vositalari ishlab chiqarish va turli kasalliklarni davolash bundan tashqari Aristolochianing ildiz, barg va generativ organlaridan turli damlamalar tayyorlab kopgina kasalliklarning oldini olish va tabiiy holda davolash ishlarini yo'lga qo'yish asosiy ko'zlangan maqsadimiz hisoblanadi.

Муаллифнинг Ф.И.Ш.:


Илмий даражаси, унвони:


Ташкилот номи:


Лавозими:




Телефон рақами:


Электрон почта манзили:




Тезис номланиши:




Шўъба йўналиши:


Сана:









Download 34.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling