Kis-21-05 Tajiboyev Jasurbek


Download 205.92 Kb.
bet2/3
Sana17.12.2022
Hajmi205.92 Kb.
#1025583
1   2   3
Bog'liq
5.Tajiboyev Jasurbek KIS 21-05 Topshiriq~5

2.1.3. C++ tarixi.
Key point. C++ - umummaqsadli, ob’yektga yo‘naltirilgan dasturlash tili.
C, C++, Java va C# o‘zaro bog‘liq tillar. C++ C dan olingan. Java C++ dan keyin ishlab chiqilgan. C# C++ ning ichki tizimini o‘zlashtirgan holda, Javaning ba’zi imkoniyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Agar mazkur tillarning bittasi o‘rganilsa, qolganlarini o‘rganish qiyin bo‘lmaydi.
C BCPL (Basic Combined Programming Language – Asosiy kombinatsiyalanuvchi dasturlash tili) asosida ishlab chiqilgan B tilida yaratilgan.
C++ 1983-1985-yillar davomida “Bell Laboratories”da Bjarne Stroustrup tomonidan kengaytirilgan C ko‘rinishida ishlab chiqilgan. Bunda C++ning eng muhim jixati shundan iboratki, u ob’yektga yo‘naltirilgan dasturlashda sinf (class)lardan foydalanish imkonini beradi. Ob’yektga yo‘naltirilgan dasturlash orqali dastur tuzish, uni qayta qo‘llash va rivojlantirish mumkin. C++ C dasturlash tili bilan mustaxkam bog‘liqlikda tuzilgan. C dastur kodini C++ kompilyatorida ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri mashina tiliga o‘girish mumkin. C++ dasturlash tilini o‘rgangan dasturchi C tilini ham yaxshi tushuna oladi.
Key point. C++ dasturi main funksiyasidan bajariladi.
C++ da oddiy dastur sifatida konsolda ekranga Welcome to C++! xabarini chop qiladigan dasturni qaraymiz. (Konsol so‘zi eskirgan kompyuter terminidir. Bu matnni kiritishga va tasvirlashga tegishli kompyuter qurilmasidir. Konsolli kiritish klaviaturadan kiritishni va konsolli chiqarish monitorga chiqarish uchun muhitni anglatadi.) Dastur kodi quyida keltirilgan:
Welcome.cpp

1
2
3
4
5
6
7
8
9
10

#include
using namespace std;


int main()
{
//Konsol oynaga “C++ tiliga xush kelibsiz” jumlasini chiqarish
cout<< “C++ tiliga xush kelibsiz!”<

return 0;
}

C++ tiliga xush kelibsiz!
Satr nomerlari dastur qismi hisoblanmaydi, balki mos yozuvlar uchun ko‘rsatiladi. Shu sababli, dasturingizda satr nomerlarini kiritmang.
Dasturdagi birinchi satr
#include
konsolli kiritish va chiqarishni qo‘llab-quvvatlash uchun kerak bo‘ladigan, iostream kutubxonasini bu dasturga qo‘shishni kompilyatorga xabar qiladigan, kompilyatorning preprotsessor direktivasidir. C++ kutubxonasi C++ dasturlarini ishlab chiqarish uchun oldingan aniqlangan kodlardan tashkil topgan. iostream ga o‘xshash, kutubxona, C++ da sarlavha fayl deb nomlanadi, shu sababli ular odatda dasturlarning boshida qo‘shiladi.

Download 205.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling