MAMATQULOVA MARXAMAT kelajakda yoshlarga ta`lim tarbiya jarayonida barcha o’rnak bo’la oladigan yoshlarni tarbiyalab yetkazib bera oladi deb ishonamiz.
Ushbu dars ishlanma viloyat miqyosida ommalashtirish uchun tavsiya etilsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi.
28-maktab O’IBDO’: G’. Boltaboyeva
Metodbirlashma raisi: H. G’aniyev
Mavzu: Kislorod-oddiy modda
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad: O`quvchilarga “Kislorod, kislorodning olinishi, katalizator, ozon ” haqida tushunchalar berish. DTS talablarida bilim, ko`nikma va malaka hosil qilish: laboratoriyada kislorod olish tajribalarini amalda qo‘llay bilish.
FK : Kislorodning tabiatda tarqalishi va havoning tarkibi o’quvchilar bilishi.
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish kimyoviy tajribalar o‘tkazish natijasida kasbiy ma’lumotlar berish. Kasb yo‘naltirish.
TK ; Atrofdagilar bilan muloqot chog`ida odob -axloq qoidalariga rioya qilish.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni kislorod va uning tabiatda aylanishi, havoning tarkibi, laboratoriyada hosil bo’lish jarayonini tajriba asosida o’rganishlarini va tafakkurini o’stirish, dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
FK- O`rganganlarini o`quv vaziyatlarda qo`llay olish
Metod: kreativ, interfaol usullardan foydalanish, suhbat,savol-javob.
Jihoz: AKT. Slaydlar, tarqatmalar, darslik, “Kimyodan masala va mashqlar yechish usullari” (M.A.Bahodirova, K.G’. Gopirov)
Kompetensiya turi: axborot texnologiyalari. O’z-o’zini boshqarish
Dasrning turi: an’anaviy, noan’anaviy dars elementlaridan foydalanish
Darsning tipi: yangi bilimlarni beruvchi bahs munozarali nazariy mashg’ulot.
Darsning jihozi: proyektor, ekran, klasterlar, tezkor savollar, test savollari, kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi, internet ma‘lumotlari
Do'stlaringiz bilan baham: |