Kislorod-oddiy modda” mavzusida 7-sinflarda bir soatlik Kosonsoy 2019 yil


Download 1.22 Mb.
bet3/5
Sana05.02.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1167324
1   2   3   4   5
Bog'liq
ochiq dars 7 sinf

I. Darsning tashkiliy qismi:
1. O‘quvchilar bilan salomlashish.
2. Navbatchilikni o‘tkazish va davomatni aniqlash.
3. Sinfni darsga tayyorlash
4. Ta’limdagi yangiliklarni o‘quvchilarga o‘rgatish.
II. Juma o‘z-o‘zini boshqarish kuni bo‘lganligi sababli darsni 9-,11-sinf o‘quvchilari o‘tishi mumkin. O‘tilgan mavzuni so‘rash va baholash.
O‘quvchilarga tezkor savollar beriladi.
Baholash mezoni quyidagicha belgilanadi:
5- Au
4-Ag
3-Cu
Dublyor o‘qituvchi o‘quvchilarni ism-sharifini to‘liq bilmasligi mumkinligini hisobga olib, sinf sardori baholash mezonida yordam beradi.
Tezkor savollar dublyor o‘qituvchi tomonidan o‘qiladi.

  1. Jami elementlar soni nechta?

  2. Indeks nimani anglatadi?

  3. Koeffitsient nimani anglatadi?

  4. Tarkibning doimiylik qonunini kim kashf etgan?

  5. Avogadro qonuni qanday moddalarga taalluqli?

  6. Massaning saqlanish qonuni kim kashf etgan?

  7. Kislorodning molekulyar formulasi?

  8. Kislorodni birinchi marta kim kashf etgan?

  9. Avogadro doimiysi nechaga teng?

  10. Suvning molekulyar massasi nechaga teng?

O‘quvchilarga javoblariga qarab Au, Ag, Cu lar beriladi.
O‘quvchilarga kartochkalar tarqatiladi va ularning javoblariga qarab baholar belgilanadi. Baholarni sinf sardori quyidagi jadval asosida belgilab boradi:



O‘quvchilarning familiyasi, ismi

Olgan bahosi

Au

Ag

Cu

1.













2.













3.













O‘quvchilarga 10 ta test topshiriqlari beriladi va testni ko‘p bajarganlar rag‘batlantiriladi. Test monitorda ko’rsatiladi.


1. Kimyo fani nimani o‘rganadi?
A. Moddalarning tuzilishini.
B. Moddalarning bir-biriga aylanishini.
C. Kimyoviy qonuniyatlarni.
D. Moddalarning xossalarini, tuzilishlarini va bir-biriga aylanishlarini.
2. Atom-molekular ta’limotning asosiy holatlari:
A. Modda uning kimyoviy xossalarini o‘zida saqlovchi eng kichik zarralar bo‘lgan molekulalardan tashkil topgan.
B. Molekulalar atomlardan tashkil topgan. Molekula va atomlar doim harakatda bo‘ladi.
C. Molekulalar fizik hodisalarda o‘zgarmay qolsa-da, kimyoviy hodisalarda parchalanib ketadi.
D. Yuqoridagilarning barchasi.
3. Molekula nima?
A. Moddaning kimyoviy xossalarini o‘zida namoyon qiluvchi uning eng kichik bo‘lagi.
B. Moddaning fizik xossalarini namoyon qiluvchi eng kichik bo‘lagi.
C. Moddani tashkil qiluvchi atomlar guruhi.
D. Moddani tashkil qiluvchi elektronlar uyushmasi.
4. Kimyoviy element nima?
A. Atomlarning muayyan turi. B. Molekulani tashkil etuvchi bo‘lak.
C. Atomni tashkil etuvchi qism. D. Moddani hosil qiluvchi bo‘lak.
5. Nisbiy atom massa nima?
A. Element atomi massasi uglerod atomi massasidan qancha og‘irligini ko‘rsatuvchi kattalik.
B. Element atomi massasi uglerod atomi massasining 1/12 qismidan qancha og‘irligini ko‘rsatuvchi kattalik.
C. Element atomi massasi uglerod atomi massasining 1/24 qismidan qancha og‘irligini ko‘rsatuvchi kattalik.
D. Element atomi massasi uglerod atomi massasining 1/3 qismidan qancha og‘irligini ko‘rsatuvchi kattalik.
6. Allotropiya nima?
A. Bir element atomlaridan turli oddiy moddalarni hosil bo‘lishi.
B. Bir molekuladan turli oddiy moddalar hosil bo‘lishi.
C. Bir murakkab moddadan turli oddiy moddalar hosil bo‘lishi.
D. Ikki element atomlaridan turli oddiy moddalar hosil bo‘lishi.
7. Kimyoviy formula nima?
A. Modda tarkibini kimyoviy belgilar va (zarur bo‘lsa) indekslar yordamida ifodalanishi.
B. Modda tarkibining kimyoviy belgilar yordamida ifodalanishi.
C. Modda tarkibining indekslar yordamida ifodalanishi.
D. Modda tarkibining atomlar yordamida ifodalanishi.
8. Kimyoviy reaksiyalarda quyidagi parametrlardan qaysi biri doimo o‘zgarmay qoladi?
A. Bosim. B. Hajm. C. Harorat. D. Massa.
9. Kimyoviy reaksiya natijasida:
A. Reaksiyada ishtirok etayotgan moddalar massalari yig‘indisi o‘zgarmay qoladi.
B. Reaksiyaga kirishayotgan moddalar tarkibidagi atomlar saqlanib qoladi.
C. Reaksiyaga kirishayotgan moddalar tarkibidagi atomlar soni yig‘indisi hosil bo‘lgan mahsulotlar tarkibidagi atomlar soni yig‘indisiga teng bo‘ladi.
D. A, B, C javoblar to‘g‘ri.
10. Avogadro doimiysining son qiymati nechaga teng?
A. 6,02·10 23 . B. 101,325. C. 1,66·10 -27 . D. 8,314.
3 ta o‘quvchi doskaga chiqib, kim ko‘p kimyoviy atama biladi mavzusida doskada joylashtirilgan qog’ozga atamalarni yozadi. Belgilangan vaqt ichida.
Doskaga dublyor o‘qituvchi mavzuni, rejani yozadi. Sanani va yilni kimyoviy belgilarning tartib raqamlari asosida belgilab yozadi. Masalan, 6-dekabr 2019-yilni quyidagicha yozadi. C-Mg Ca K


Mavzu: Kislorod-oddiy modda.


Reja:

  1. Kislorodning laboratoriyada olinishi

  2. Kislorodning sanoatda olinishi

  3. Katalizator haqida tushuncha

  4. Ozon

  5. Xulosa

Dublyor o’qituvchi yangi mavzuni o’quvchilar bilan savol-javob asosida boshlaydi. Quyidagi ma’lumot monitorda ko’rsatiladi.

  • Kislorodning kimyoviy belgisi – O.

  • Oddiy modda formulasi – O2.

  • Nisbiy atom massasi 16.

  • Nisbiy molekular massa 32.

  • Birikmalarida valentligi asosan 2 ga teng ekanligi o‘quvchilar tomonidan takrorlanadi. O‘qituvchi kislorodni laboratoriyada va sanoatda olinishi va katalizator ta’sirini tushuntiradi.


Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling