Kislorod-oddiy modda” mavzusida 7-sinflarda bir soatlik Kosonsoy 2019 yil


Download 1.22 Mb.
bet4/5
Sana05.02.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1167324
1   2   3   4   5
Bog'liq
ochiq dars 7 sinf

Olinishi. Laboratoriyada kislorod quyidagi
usullar yordamida olinadi:

  1. Kaliy permanganatni qizdirib parchalash:


2KMnO4 = K2MnO4 + MnO2 + O2 .
2. Bertolle tuzini katalizator ishtirokida
qizdirib parchalash:
MnO2
2KClO3 ==== 2KCl + 3O2 .
3. Ishqoriy metallar nitratlarini qizdirib parchalash:

2NaNO3 = 2NaNO2 + O2.
4. Suvni elektroliz qilish (19-rasm) (bu usul bilan toza kislorod olinadi):
el. toki
2H2O ===== 2H2 + O2.
5. Vodorod peroksidni katalizator ishtirokida parchalash (20-rasm):
MnO2
2H2O2 ===== 2H2O + O2.
Sanoatda kislorod suvni elektroliz qilish orqali yoki suyuq havodan olinadi.
Kislorodni kaliy permanganatdan olish tajribasi animatsiyasi va slaydi ekranda ko’rsatiladi.



Kislorodning suv ustida yig’ish, xossalari animatsiyasi va slaydi ekranda ko’rsatiladi.



Y ig’ilgan kislorodda shamning yonish animatsiyasi ekranda ko’rsatiladi.

Kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiradigan va bu jarayonda o‘zgarmasdan, sarflanmay qoladigan moddalar katalizatorlar deyiladi. Katalizator ishtirokida boradigan jarayon kataliz deb ataladi.


Quyidagi reaksiyalarda MnO2 katalizator vazifasini bajaradi.
MnO2
2KClO3 ==== 2KCl + 3O2
MnO2
2H2O2 ===== 2H2O + O2.
Fizik xossalari. Kislorod molekulasi ikki atomdan iborat bo‘lib, oddiy modda sifatida O2 formula bilan ifodalanadi. Nisbiy molekular massasi 32 ga teng. Odatdagi sharoitda kislorod – rangsiz, ta’msiz va hidsiz gaz.
Havodan biroz og‘ir (1 l kislorodning massasi 1,428 g; 1 l havoning massasi 1,293 g). Kislorod suvda juda oz eriydi: 0°C da 1 l suvda 49 ml, 20°C da 1 l suvda 31 ml kislorod eriydi. 1500°C atrofida kislorod atomlarga ajray boshlaydi. -219°C da kislorod havorang suyuqlikka aylanadi. –183°C da qaynaydi. Suyuq kislorod magnitga tortilish xususiyatiga ega.
Kislorodning allotropik shakl o’zgarishlaridan biri ozon. Ozonning molekulyar formulasi O3.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling