Kislorod(O) Atom raqami 8 Koʻrinishi rangsiz, hidsiz gaz havo rang suyuqlik (past haroratda) Atom xossasi


Download 406.09 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.01.2022
Hajmi406.09 Kb.
#265164
Bog'liq
Kislorod



25.01.2021

Kislorod - Vikipediya

https://uz.wikipedia.org/wiki/Kislorod

1/3


Kislorod(O)

Atom raqami

8

Koʻrinishi



rangsiz,

hidsiz gaz  

havo rang

suyuqlik 

(past

haroratda)



Atom xossasi

Atom massasi 

(molyar massasi)

15.9994


m. a. b.

(g/mol)


Atom radiusi

n/a pm


Ionlashish

energiyasi 

(birinchi elektron)

1313.1(13.61)

kJ/mol (eV)

Elektron


konfiguratsiyasi

[He] 2s


2

 2p


4

Kimyoviy xossalari

Kovalentlik radiusi 73 pm

Ion radiusi

132 (-2e) pm

Elektrmanfiylik 

(poling boʻyicha)

3.44

Elektrod potensiali 0



Oksidlanish

darajasi


-2, -1, +2, +1,



Termodinamik xossalari

Zichlik

(-183 °C


da)1.149

g/sm³


Solishtirma issiqlik

sigʻimi


0.916 (O-O)

J/(K·mol)

Issiqlik

oʻtkazuvchanlik

0.027

Vt/(m·K)


Erish harorati

54.8 K


Erish issiqligi

n/a kJ/mol

Qaynash harorati

90.19 K


Qaynash issiqligi

n/a kJ/mol

Molyar hajm

14.0 sm³/mol



Kristall panjarasi

Panjara tuzilishi

kubik

Panjara davri



6.830 Å

Panjara/atom

nisbati

n/a


Debye harorati

n/a K


Kislorod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya



Kislorod  (lot.  Oxygenium,  yun.  oxys  —  nordon  va  gennao  —  tugʻmoq),  O  —

Mendeleyev  davriy  sistemasining  VI  guruhiga  mansub  kimyoviy  element.  Tartib

raqami 8, atom massasi 15,9994. Ilk bor shved kimyogari Kislorod Sheyele (1771)

selitra (KNO

3

, NaNO


3

)HH, marganets qoʻsh oksid (MpO2)ni va ingliz kimyogari

Kislorod Pristli (1774) simob oksid (HgO)HH, surik (R^O^ni qizdirish natijasida

bir-biridan  mustaqil  holda  ajratib  olishgan.  1775  yilda  Kislorod  Lavuazye  havo

azot  va  kisloroddan  iborat  ekanligini  aniqladi.  Kislotalar  tarkibida  Kislorod

borligidan Lavuazye uni oxygen, yaʼni "kislota hosil qiluvchi" deb atadi. Kislorod

tabiatda  eng  koʻp  tarqalgan  element.  Massasi  jihatidan  Yer  poʻstining  47%  ini,

suvning  85,82%  ni,  atmosfera  havosining  23,10%  ini  (hajm  jihatdan  20,95%  ni)

tashkil  qiladi.  Kislorod  juda  koʻp  (1400  tacha)  mineral  hosil  qiladi.  Tirik

organizmlarda  70%  atrofida  Kislorod  bor;  u  koʻpgina  organiq  (oqsillar,  yogʻlar,

uglevodlar)  va  anorganiq  birikmalar  tarkibiga  kiradi.  Fiziologik  jarayonlarda,

ayniqsa, nafas olishda juda muhim rol oʻynaydi. Odam organizmi tinch turganda

sutkasiga  300  l,  jismoniy  ish  qilganda  10—15  marta  koʻp  Kislorod  sarf  qiladi.

Sarflangan Kislorod miqdorini yashil oʻsimliklar tiklab turadi (qarang Fotosintez).

Kislorod yonish; achish; chirish jarayonlarida ishtirok etadi; mas, yoqilgʻilarning

yonishi uchun butun dunyoda har yili 9-10 t Kislorod sarf boʻladi.

Kislorodning  3  barqaror  izotopi  bor:  |6O(99,759%),  |7O(0,037%),  |8O(0,204%).

Kislorod atomining elektron kavati 2 ichki va 6 tashki elektrondan iborat boʻlib,

2s22p4  koʻrinishida  ifodalanadi.  Kislorod  atomining  tashki  qavati  toʻliq

boʻlmagani  uchun  kimyoviy  birikmalarda  Kislorod  atomi  boshqa  atomlardan

elektronlar  qabul  qilib,  manfiy  zaryadli  boʻlib  qoladi.  Kislorodning  elektron

yoʻqotadigan birikmalari juda kam.

Kislorod molekulasi 2 atom O2 dan iborat; havoga yoki Kislorodning oʻziga elektr

uchqunlari  taʼsir  ettirilganda  molekulasi  3  atom  Kislorod  dan  iborat  ozon  (O3)

hosil  boʻladi.  Kislorod  ioni  O2"  ning  radiusi  (qavslarda  koordinatsiyey  sonlar

keltirilgan)  0,121  nm(2),  0,124  nm(4),  0,126  nm(6)  va  0,128  nm(8).  Kislorod

molekulasi 1500° da toʻliq dissotsiatsiyalanadi.

Fizik  hossalari.  Kislorod  rangsiz,  hidsiz  va  taʼmsiz  gaz:  —  182,9°  da  zichligi  1,14

g/sm³ boʻlgan havorang suyuqlikka aylanadi, — 218,7° temperaturada esa qotib,

koʻk  kristall  hosil  qiladi.  Kristall  holdagi  Kislorod  bir  nechta  modifikatsiyaga  (a,

fS, u — shakl oʻzgarishiga) ega. Gaz holatidagi Kislorodning zichligi (0° va normal

bosimda) 1,42897 g/l. Kislorod 1 m³ suvda (20° va 1atm.da) 0,031 m\ 0° da esa

0,049 m³, etanolda 0,2201 m³, atsetonda 0,2313 m³ eriydi.

Kimyoviy  qossalari.  Kislorod  eng  faol  (ftordan  keyin)  metallmas  element,  yengil

inert gazlardan boshqa hamma elementlar bilan kimyoviy birikmalar hosil qiladi.

Koʻp elementlar bilan bevosita reaksiyaga kirishadi; ogʻir inert gazlar, galogenlar,

oltin  va  platina  bundan  mustasno.  Kislorod  boshqa  moddalar  bilan  reaksiyaga

kirishganda  —  oksidlanish  reaksiyalarida  issiqlik  ajraladi  (ekzotermik  reaksiya).

Odatdagi  temperaturada  Kislorod  vodorod  bilan  nihoyatda  sekin  reaksiyaga

kirishadi,  550°  da  esa  reaksiya  portlash  bilan  davom  etadi:  2N2+O2=2N2O.

Oltingugurt,  uglerod,  azot,  fosfor  bilan  normal  sharoitda  juda  sekin  reaksiyaga

kirishadi.  temperatura  oshirilganda  reaksiya  tezlashadi,  element  qizigach,  yona

boshlaydi.  Kislorodning  azot  bilan  reaksiyasi  endotermik  (issiqlik  yutilishi  bilan

boradigan) reaksiya boʻlib, faqat 1200° da amalga oshadi. Kislorod deyarli hamma

metallarni,  ayniqsa,  ishqoriy  va  ishqoriy-yer  metallarini  oson  oksidlaydi.

Kislorodning  moddalar  bilan  reaksiyaga  kirishishida  suv  muhim  rol  oʻynaydi.

Mac, kaliy oʻta faol metall boʻlishiga qaramay, suvsiz sharoitda (quruq) Kislorod

bilan  reaksiyaga  kirishmaydi,  lekin  ozgina  suv  bugʻlari  taʼsirida  odatdagi

temperaturada kaliy Kislorodda yona boshlaydi. Kislorod metallarni oksidlab, korroziyaga sabab boʻladi. Baʼzi metall

oksidlari  Kislorod  bilan  birikib,  peroksid  birikmalarni  beradi.  Katalizator  ishtirokida  ammiakning  Kislorod  bilan




25.01.2021

Kislorod - Vikipediya

https://uz.wikipedia.org/wiki/Kislorod

2/3


[yashir]

oksidlanishidan  azot  (P)-oksid  (NO2)  hosil  boʻladi  (nitrat  kislota  ishlab  chiqarishda  shu  jarayondan  foydalaniladi).

Muhim issiqlik manbai — uglevodorodlar (tabiiy gaz, benzin, kerosin) ning Kislorodda yonishi sanoat va turmushda

katta  ahamiyatga  ega.  Hujayralarda  oziq  moddalarning  Kislorod  bilan  oksidlanishi  tirik  organizmlar  uchun  energiya

manbaidir.

Kislorod olishda: kimyoviy, elektroliz va fizik (havoni parchalash) usullaridan foydalaniladi. Kimyoviy usul ancha ilgari

kashf qilingan. Bunda Bertole toʻzi (KSGO3) qizdirilganda parchalanib, toza kislorod O2 (1 kg toʻzdan 0,27 m³) ajralib

chiqadi. Bu usulda olingan Kislorodning tannarxi qimmat va kam samarali boʻlgani uchun faqat lab. da qoʻllaniladi.

Elektroliz  usulida  suvdan  oʻzgarmas  elektr  toki  oʻtkaziladi.  Elektr  oʻtkazuvchanlikni  oshirish  uchun  suvga  oʻyuvchi

natriy  (NaOH)  eritmasi  qoʻshiladi.  Bunda  suv  kislorod  va  vodorodga  parchalanadi.  Fizikaviy  usul.  Kislorod  hozirgi

vaqtda, asosan, havoni parchalash yoʻli bilan olinadi. Gazsimon havoni parchalash juda qiyin, shuning uchun uni oʻta

sovitib (—180°) suyultirish, soʻngra tarkibiy qismlarga ajratish kerak. Dastlab azot, keyin Kislorod bugʻlanib chiqadi.

Havoni membrana — toʻsiqdan saralaboʻtkazish (diffuziya) usuli bilan ham lab.da Kislorod olish mumkin. Sanoatda

texnologik (92—98% O2), texnik (1-nav 99,7% O2, 2-nav 99,5% O2 va 3-nav 99,2% O,) va suyuq (99,7% O2) Kislorod

ishlab  chiqariladi.  Bundan  tashqari,  davo  muolajalari  uchun  (tibbiy  Kislorod  99,5%  O,)  maxsus  Kislorod  ishlab

chiqariladi.  Gazsimon  Kislorod  poʻlat  ballon  va  ressiverlarda  150  yoki  420  atm.  bosim  ostida,  suyuq  Kislorod

metalldan yasalgan Dyuar idishlari yoki maxsus sisterna-tanklarda tashiladi va saqlanadi.

Metallurgiyada  (qarang  Konverter,  Kislorod  bilan  kesish  va  b.)  va  metallarni  gaz  alangasi  bilan  ishlash  jarayonida

payvandlash,  sirt  (yuza)ni  toblash,  shuningdek,  aviatsiya,  suv  osti  kemalarida  texnik  Kislorod  ishlatiladi.  Texnologik

Kislorod  esa  kimyo  sanoatida  sunʼiy  suyuq  yoqilgʻi,  surkov  moylari,  nitrat  va  sulfat  kislota,  metanol,  ammiak  va

ammiakli oʻgʻitlar, metall peroksidlari olishda qoʻllaniladi. Suyuq Kislorod portlatish ishlarida, reaktiv dvigatellarda va

sovituvchi  vosita  sifatida  lab.larda  ishlatiladi.  Sof  Kislorod  katta  balandliklarda,  kosmik  parvoz  paytida,  suv  ostida

nafas  olish  uchun  va  tibbiyotda  davolash  maqsadida  (qarang  Kislorod  bilan  davolash)  qoʻlaniladi.  Oʻrmonlarni

kesishni toʻxtataylik,yashil zonani koʻpaytiraylik. Kislrod taʼminotini oshirgan boʻlamiz shunda.

Razumovskiy KislorodKislorod, Kislorod — elementarnie formi i svoystva, Kislorod, 1979; Termodinamicheskiye

svoystva kisloroda, Kislorod, 1981.

Stalina Qosimova.

[1]


Kislorod - unsurlar davriy jadvalining 8 unsuri, gaz.

Dmitriy Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy sistemasi

Guruhlar

  1


2

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

  3 4 5 6



7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18

D

a

v

r

l

a

r

1 H


 

He

2 Li



Be

 

B C N O F Ne



3 Na Mg

 

Al Si P S Cl Ar



4 K

Ca

 



Sc Ti V Cr Mn Fe Co Ni Cu Zn Ga Ge As Se Br Kr

5 Rb Sr


 

Y Zr Nb Mo Tc Ru Rh Pd Ag Cd In Sn Sb Te I Xe

6 Cs Ba La Ce Pr Nd Pm Sm Eu Gd Tb Dy Ho Er Tm Yb Lu Hf Ta W Re Os Ir Pt Au Hg Tl Pb Bi Po At Rn

7 Fr Ra Ac Th Pa U

Np Pu Am Cm Bk Cf Es Fm Md No Lr Rf Db Sg Bh Hs Mt Ds Rg Cn Nh Fl Mc Lv Ts Og

8 Uue Ubn Ubu Ubb Ubt Ubq Ubp Ubh Ubs

 

Ishqoriy


metallar

Ishqoriy yer

metallar

Lantanoidlar Aktinoidlar Superaktinoidlar

Oʻtish

metallar


Yengil

metallar


Yarim

metallar


Qolgan

metallmaslar

Galogenlar Inert gazlar Xossalari

nomaʼlum


1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005)

maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Kimyoga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Kislorod&action=e

Adabiyot

Manbalar


25.01.2021

Kislorod - Vikipediya

https://uz.wikipedia.org/wiki/Kislorod

3/3


dit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.

"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Kislorod&oldid=2040010" dan olindi 



Bu sahifa oxirgi marta 19-Mart 2019, 15:13 da tahrir qilingan.

Matn Creative Commons Attribution-ShareAlike litsenziyasi boʻyicha ommalashtirilmoqda, alohida holatlarda qoʻshimcha shartlar amal qilishi



mumkin (batafsil).

Download 406.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling