Kislota asos va tuzlarning dissosiyalanish nazariyalari. Tuzlarning gidrolizi pH. Suvning ion ko‘paytmasi. Amfoter elektrolitlar va ularning dissotsiyalanishi. Eruvchanlik ko‘paytmasi


Download 0.96 Mb.
bet8/8
Sana18.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1560285
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9-M (2)

9.10. Eruvchanlik ko’paytmasi

Kam eriydigan elektrolitning to’yingan eritmasida cho’kma bilan eritmadagi elektrolit ionlari o’rtasida muvozanat o’rnatiladi. Masalan:



K = dan K ∙ = const bo’lib, u eruvchanlik ko’paytmasi deyiladi.
EK = ∙
O’zgarmas temperaturada EK o’zgarmas kattalikdir. Agar elektrolit juda kuchsiz bo’lsa, u holda uning to’yingan eritmasida ion kuchi 0 ga yaqinlashadi, ionlarning faolligi esa birdan kam farq qiladi. Shuncha o’xshash hollarda EK ni ifodalash uchun ionlarning faollik ko’paytmasini ularning konsentratsiyalariga almashtirish mumkin. Masalan: EK = [Ba2+] ∙ [SO ].
AmBn tipidagi elektrolitlar uchun umumiy holda EK = [An+]m ∙ [Bm-]n bo’ladi.
Masalalar
1. MgOH)2 ning eruvchanligi 180C da 1,7 ∙ 104- mol/dm3 ga teng. Bu temperaturada Mg(OH)2 ning eruvchanlik ko’paytmasini toping.
Yechish: 1 mol Mg(OH)2 eriganda har bir mol Mg(OH)2 dan 1 mol Mg2+ va 2 marta ko’p OH- ionlari hosil bo’ladi. Demak, to’yingan eritmada:
[Mg+2] = 1,7 ∙ 104- mol/dm3; [OH-] = 3,4 ∙ 104- mol/dm3 dan = [Mg2+] ∙ [OH-]2 = 1,7 ∙ 104- (3,4 ∙ 104-)2 = 1,96 ∙ 1011-.
2. 200C da qo’rg’oshin yodidning eruvchanlik ko’paytmasi 8 ∙10-9 ga teng. Berilgan temperaturada tuzning eruvchanligini hisoblang.
Yechish: Eruvchanlikni x bilan belgilab olsak, u holda to’yingan eritmada x mol /dm3 Pb2+ ionlari va 2x mol/dm3 yod ionlari (I-) bo’ladi. Bundan,
= [Pb2+] ∙ [I-]2 = x ∙ (2x)2 = 4x3, x = = 1,3 ∙ 103- mol/dm3. = 461 g/mol, u holda PbI2 ning eruvchanligi g/dm3 larda ifodalasak, 1,3 ∙ 103- ∙ 461 = 0,6 g/dm3.
3. Pb3(PO4)2 ning eruvchanligini hisoblang. Pb3(PO4)2 = 1,5 ∙ 1032- ga teng.
Yechish: Pb3(PO4)3 ↔ 3Pb2+ + 2PO43-; = [Pb2+]3 ∙ [PO ]2
AaBb tarkibli kam eriydigan tuzlar uchun eruvchanlik ga teng. U holda = = = 1,68∙ 107- mol/dm3; = 811g/mol. Pb3(PO4)2 ning eruvchanligi 1,68 ∙ 107- ∙ 811 = 1,37 ∙ 104-g/dm3.
4. Agar 0,5M MgCl2 eritmasiga 0,1M NaOH dan teng hajmda qo’shildi. Bunda Mg(OH)2 cho’kmasi hosil bo’ladimi ? = 5 ∙ 1012-.
Yechish: Teng hajmdagi eritmalar aralashtirilganda eritmaning hajmi 2marta ortadi, konsentratsiya esa 2 marta kamayadi, ya’ni MgCl2 ning eritmadagi konsentratsiyasi 0,5/2 = 0,25 mol/dm3, NaOH niki esa 0,1/2 = 0,05 mol/dm3 bo’ladi:
Mg2+ + 2OH- ↔ Mg(OH)2; = [Mg2+] ∙ [OH-]2 = 5 ∙ 1012-; [Mg2+] – [OH-] = 0,25 ∙ 0,052 = 6,25 ∙104-. Topilgan 6,25 ∙ 104- qiymatni = 5 ∙ 1012- bilan taqqoslab, ( dan ionlarning konsentratsiyalari ko’paytmasi qiymati katta) cho’kma hosil bo’lishini aniqlaymiz.
5. CrO42- ning konsentratsiyasi qanday bo’lganda 0,1 molyar Pb(NO3)2 eritmasidan PbCrO4 cho’ka boshlaydi ? J: 1,8 ∙ 1013- mol/l.
6. 100 ml 0,5 M NaCl eritmasi bilan 50 ml 0,5 molyar AgNO3 eritmalari aralashtirildi. Hosil bo’lgan cho’kmaning massasini aniqlang. J: 3,59 g.
7. Massa ulushi 5% bo’lgan 489 g Ca(HCO3)2 eritmasidan Ca+2 ionlarini cho’ktirish uchun qancha hajm 0,1 n Ca(OH)2 eritmasi kerak bo’ladi ? J: 3l.
8. 100 ml 0,2M H2SO4 eritmasiga 0,2n 100 ml BaCl2 eritmasi qo’shilganda BaSO4 cho’kmasi hosil bo’ladimi ? J: Ha.
9. 200C da temir (II) karbonatning eruvchanligi 3,5 ∙ 1011 ga teng. To’yingan eritmadagi tuzning molyar konsentratsiyasini aniqlang.
Yechish: Qiyin eriydigan FeCO3 tuzining erishi:
FeCO3 ↔ Fe2+ + CO
FeCO3 ning eruvchanlik ko’paytmasi:
E = [Fe2+] ∙ [CO ] = 3,5 ∙ 1011- dan [Fe2+] = = 5,92 ∙ 106-.
J: 5,92 ∙ 106- mol/l.
10. 250 C da BaSO4 ning eruvchanlik ko’paytmasi 1 ∙ 1010- ga teng. To’yingan eritmadagi tuzning konsentratsiyasini aniqlang. J: 1 ∙ 105- mol/l.
Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling