Kislota asos va tuzlarning dissosiyalanish nazariyalari. Tuzlarning gidrolizi pH. Suvning ion ko‘paytmasi. Amfoter elektrolitlar va ularning dissotsiyalanishi. Eruvchanlik ko‘paytmasi


Download 0.96 Mb.
bet4/8
Sana18.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1560285
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9-M (2)

Dissotsilanish darajasi quyidagi omillarga bog’liq:
a) Erituvchining dielektrik o’tkazuvchanligi qancha katta bo’lsa elektrolitlar shuncha kuchli dissotsilanadi .
b) Erigan modda tabiatiga. Masalan; sulfat kislota kuchli dissotsilangani holda sulfit kislota kuchsiz dissotsilanadi , shakar esa umuman dissotsilanmaydi.
d) Harorat oshirilganda kuchli elektrolitlarning dissotsilanishi kamayadi, kuchsiz elektrolitlarning dissotsilanishi 600C gacha esa ortadi. So’ngra kamayadi.
e) Eritma suyultirilganda elektrolitning dissotsilanish darajasi ortadi.
f) Bir xil zaryadli ionlarning bo’lishi yoki qo’shilishi dissotsilanish darajasini kamaytiradi.
Elektrolitlar dissotsilanish darajasiga ko’ra 3 ga bo’linadi:

  1. kuchsiz (α<3%), 2) o’rtacha kuchli (3<α<30) va 3) kuchli elektrolitlar (α>30%).

Kuchli elektrolitlarga : 1) ZnCℓ2, CdCℓ2, CdI2, HgCℓ2, Hg(CN)2, Fe(CNS)3 lardan tashqari barcha tuzlar;
2) Kompleks ionlarning tuzlari , Masalan; K4[Fe(CN)6] ; [Ni(NH3)6]Cℓ2;
3) Kuchli kislotalar: HI, HBr, HCℓ, HNCS va HMnO4; HCℓO4, HNO3 va h.z.
Kislorodli kislotalarning kuchli yoki kuchsiz kislota ekanligini aniqlash uchun quyidagi qoidadan foydalaniladi: kislota tarkibidagi kislorod atomlari soni bilan vodorod atomlari soni orasidagi ayirma 1 ga teng bo’lsa kuchsiz, 2 ga teng bo’lsa kuchli va 3 yoki undan katta bo’lsa juda kuchli kislota bo’ladi.
Masalan: H2SO3 da n0 – nH = 1 kuchsiz kislota; H2SO4 da n0 – nH = 4 - 2 = 2 kuchli va HCℓO4 da n0 – nH = 4 – 1 = 3 juda kuchli kislota.
4) Kuchli asoslar: LiOH, NaOH, KOH, CsOH, RbOH, Ca(OH)2, Sr(OH)2, Ba(OH)2 lar kiradi.


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling