Kislota va asoslarni titrlash metodining mohiyati va qo’llanilish sohasi. Indikatorlar nazariyasi Reja
Download 0.62 Mb.
|
kislota va asoslarni titrlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aqliy hujum
Faollashtiruvchi savol: Titrlash tartibi qanday amalga oshadi?
Hajmiy analizning neytrallash usuli bilan analiz qilganda aniq natijalar olish uchun faqat indikatorni to’g’ri tanlash kifoya emas, balki titrlashni ma’lum tartib bilan o’tkazish ham muhim ahamiyatga ega. Neytrallash usulida titrlashni «kislotadan ishqorga tomon», ya’ni kislota eritmasiga byuretkadan ishqor quyish yo’li bilan yoki, aksincha, «ishqordan kislotaga tomon» olib boriladi. Agar metiloranj (yoki metil-qizil) indikatori qo’llanilsa, buholda titrlash«ishqordan kislotaga tomon» tartibda olib boriladi ya’ni ishqor eritmasi byuretkadagi kislota bilan titrlanadi. Bunda indikator metiloranjning sariq rangi pushti tusga o’tadi. Ekvivalent nuqtasida metiloranjning rangi och-pushti bo’ladi. Sariq rangdan pushti rangga o’tish pushti rangdan sariq rangga o’tishga nisbatan ko’zga yaxshiroq ko’rinadi. Fenolftaleindan indikator sifatida foydalanilganda «kislotadan ishqorga tomon» tartibida titrlash qulaydir, chunki bunda rangsiz indikator olcha rangga kiradi. Ekvivalent nuqtasini puxtaroq aniqlash uchun titrlash «guvoh» ishtirokida olib boriladi. «Guvoh» eritma tayyorlash uchun boshqa konussimon kolba olinib, unga titrlash oxiridagi eritma hajmiga teng miqdorda distillangan suv olinadi, 1 tomchi indikator (misolda metiloranj) va byuretkadan 1-2tomchi HC1 eritmasi qo’shiladi. «Guvoh» eritma juda och, ammo sezilarli pushti rangga ega bo’lishi kerak. Aqliy hujum: Nima uchun “guvoh” eritma tayyorlanadi? U eritma nimaga “guvohlik” beradi? Tayyorlangan «guvoh» eritmadan titrlanadigan eritmadagi rangning o’zgarishini sezib olishda foydalaniladi, bunda titrlanayotgan eritma bilan «guvoh» eritmaning rangi bir xil bo’lishiga erishish zarur. Ekvivalent nuqtasini to’g’ri aniqlash qo’shilgan indikator miqdoriga ham bog’liq. Ko’p indikatorlar kislota yoki asoslardir, ularni titrlanayotgan eritmaga ko’p miqdorda qo’shish analiz xatosini oshirishi mumkin, chunki tekshirilayotgan eritmaning bir qismi indikator bilan bo’ladigan reaksiya uchun sarflanadi. Shuning uchun indikatorni qat’iy ko’rsatilgan miqdorda qo’shish shart. 10-15 ml analiz qilinayotgan eritmaga 1 tomchi, 25 ml ga esa 2 tomchidan ko’p indikator olmaslik kerakligi amalda isbotlangan. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling